Uyda jamoat ila shom uqishdagi qiroat
Assalomu alaykum! Bugun jiyanim bilan uyda shom namozini o‘qidik. Men imomlikka chiqdim, ikki kishilik jamoat ila namozni boshladik. Men esa qiroatni namoz bo‘yi ovoz chiqarmay qiroat qildim. Lekin namozda yonimda jiyanim eshitarli darajada pichirladim balandroq. Shom xufton va bomdod namozini ovoz chiqarib qiroat qilish vojib asr va peshinda esa aksincha ovoz chiqarmaslik vojib ekanini o‘qiganman. Iltimos menga qiroatni ovoz chiqarib yoki chiqarmay qilishning barcha hukmlarini aytsangizlar. Tepadagi gapim ya’ni vojiblik faqat masjidda o‘qiganda tegishlimi yoki uyda o‘qisa ham imomlikka o‘tsa hisob vojibga aylanadimi? Bizning namozimiz durust bo‘ldimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Namoz durust, qaytarishga hojat yo‘q. Lekin vojibni tark qilish bilan ado qilingan. Masjid degan bilan ajramaydi yolg‘iz o‘qish yoki jamoat bilan o‘qish degan so‘z bilan ajraydi. Jamoatning eng kami imomdan tashqari yana bir kishi bo‘lish. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 05:16 | Savol-javoblar | 154 | Namoz