Mahrni noto‘g‘ri belgilash

Assalomu alaykum! Ishxonamda bir tanishimning nikohini o‘qiyotganda domla “mahrga nima berasiz?” deb so‘rasa, tanishim topganimiz o‘rtada depti va domla nikoh o‘qib qo‘yipti. Shu bo‘lgan ish to‘g‘rimi? Mahrga topganimiz o‘rtada deb mahr bergan bo‘lsa buni hukmi qanaqa bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! To‘g‘ri, mahr ayolni shaxsiy mulki bo‘lgan moddiy narsa bo‘lishi kerak. Kelishib olsinlar. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 14:55 | Savol-javoblar | 201 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar