Mayyit qanday yuviladi?

Assalomu alaykum! Hurmatli azizlar mayyitni yuvishlikni uziga hos amal va qoidalari, yuvish jarayonida uqiladigan duolari bormi yoki tirik inson g‘usl qilgani kabi yuviladimi? Bu ishni qilish uchun shu ish bilan shugullanib yurgan insondan kurib yuvish jarayonida qatnashib o‘rganish joizmi?

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom!
Shu ish bilan shug‘ullanib yurgan insondan o‘rganish kerak.G‘uslga ketadigan narsalar:1).
Mayyitni g‘usl qildirish uchun uni etqiziladigan taxta. Bu asosan qabriston va masjidlarda topilpdi. Agar u bo‘lmasa, qanday bo‘lsamin o‘likni ustiga yotqizib yuvishga yaraydigan narsa kifoya qiladi.2). Cho‘miltirish uchun suv idishi. Zaruratga qarab ikki yoki uchta chelak kifoya qiladi.3). Bir dona cho‘mich.4). Istinjo qildirish uchun 3 yoki 5 ta kesak yoki hojatxona qog‘ozi.5). Paxta (ehtiyojga qarab)6). Atir sovun7). Atir8). Sidr bargi, lo‘bon, kofur (agar topilsa)9). Lo‘ngi, mayyitning kindigidan tizzasigacha berkitib turadigan mato. Oppoq yupqa bo‘lmay, avratni ko‘rsatmaydigan bo‘lgani ma’qul. Rangli mato bo‘lsa ham mayli.10). Qo‘lqop. Ikki dona. Toza qalin matodan qilib olsa ham bo‘ladi.
MAYYINI G‘USL QILDIRIShNING BATAFSIL YO‘LI
Avvalo mayyitni yotqizilib yuviladigan taxtani uch yoki besh yoki etti bor lo‘bon (xushbo‘y tutatqi) bilan xushbo‘ylantiriladi va taxta ustiga mayyitni yotqiziladi. Mayyitning o‘ng tomoni qibla tarafiga bo‘lgani afzal. Buning imkoni bo‘lmasa, imkoni boricha yotqiziladi.So‘ng mayyit ustidan kiyim(ko‘ylak, ishton va ich kiyim)lari echib olinadi. Avrat joyidagi kiyimini echishdan avval suv tekkanda avrat namoyon bo‘lmaydigan, kindigidan tizzasigacha yopib turadigan matoni ustiga tashlanadi.Masala: Kindik ostidan tizzasiigacha mayyitning a’zosiga nazar qilish, qo‘lqopsiz qo‘lini tekkizish joiz emas. Mayyitni istinjo qildirish va g‘usl qildirishda qo‘lga qo‘lqop kiyib yoki biror lattani o‘rab olib qilinadi. Chunki tirikligida qarash, qo‘l tekkizish joiz bo‘lmagan joylarga vafot etganidan keyin ham qo‘lqopsiz qo‘l tekkizish hamda qarash joiz emas.Masala: G‘uslni boshlashdan avval mayyitni bir oz o‘tirishga yaqin qilinadi va qornini ohista silab, ichidagi (bavl va boshqa chiqindilar) chiqariladi. Kesak yoki suv bilan istinjo qildiriladi. So‘ng tahorat qildiriladi. Avvalo suv bilan mayyitning qo‘li yuviladi. So‘ng biror bir lattani xo‘llab, lab va milklariga suv uch bor etqaziladi. Keyin lattani xo‘llab burin teshiklari uch marta artiladi. Lekin g‘usl vojib yoki hayz-nifos holatida vafot etsa, og‘zini ochib suv quyiladi va lattaga shimdirib olinadi. Burniga ham shunday qilinadi.So‘ng burun, og‘iz va qo‘loqlarga suv kirib ketmasligi uchun paxta tiqib qo‘yiladi. Keyin yuzini uch bor yuviladi. So‘ng ikki qo‘lini chig‘anoqlari bilan qo‘shib uch bor yuviladi. So‘ng boshga mash tortiladi. So‘ng uch bor oyoqlarini yuviladi.Tahorat qildirib bo‘lingach, boshi (erkak kishi bo‘lsa, boshi bilan birga saqoli)ga guli xayr yoki xitmiy yoki ular bo‘lmasa xushbo‘y sovun surtib yuviladi.So‘ng mayyitni chap tarafga yonboshlatib, iliq suv bilan suv etgan joylarigacha uch bor yuviladi. So‘ng o‘ng tarafga yonboshlatib, qolgan joylarini uch bor yuviladi.Undan keyin agar g‘uslning avvalida qornidagi chiqindilar chiqarib yuborilmagan bo‘lsa, bir oz o‘tirishga yaqin qilinadi va qornini ohista silab, ichidagi (bavl va boshqa chiqindilar) chiqariladi. Kesak yoki suv bilan istinjo qildiriladi. Qilingan tahorat va g‘uslni qayta qilishga hojat yo‘q. Chunki ichidan chiqqan nopok narsalar mayyitning ttahorat va g‘uslini ketkazmaydi.So‘ng mayyitni chap tarafga yonboshlatib, ustidan kofur qo‘shilgan suvni boshidan oyog‘igacha suv etgan joylarigacha uch bor yuviladi. So‘ng o‘ng tarafga yonboshlatib, qolgan joylarini uch bor yuviladi. Keyin mayyitning badanini quruq mato bilan artiladi. Kindigidan tizzasigacha yopilgan lo‘ngini qurug‘iga almashtiriladi.So‘ng kafan yozilgan joyga olinadi. Uning batafsil bayoni kelgusida keladi.Masala: Yuqori bayonini qilingan g‘uslning uslubi sunnat amal bo‘lib, agar uch marta yuvishning imkoni bo‘lmasa, butun badanga bir bor suv etkazib chiqilsa ham g‘uslning farzi ado bo‘ladi.Masala: G‘usl qildirish tiriklarni vazifasi bo‘lgani uchun ham jasad yomg‘irda qolib yoki qandaydir yo‘l ila butun badani xo‘l bo‘lsa, g‘uslning o‘rniga o‘tmaydi. Alohida g‘usl qildirish farz bo‘ladi. Shuningdek suvga cho‘kib o‘lgan kishini ham g‘usl qildirish farzdir. Uning uchun jasadni suvdan chiqarib olishdan avval g‘usl qildirish. Vallohu a’lam!

21 Aprel 2022, 07:42 | Savol-javoblar | 274 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar