Talog‘ingni berishimni xoxlayapsanmi beraymi degan so‘zlar

Assalomu alaykum! Men ayolim bilan janjallashib qolganimda uni qo‘rqitish maqsadida “talog‘ingni berishimni xoxlayapsanmi beraymi” degan so‘zlarni bir necha bor ishlatganman. Shu taloqqa o‘tadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! “Kifoya” kitobida quyidagicha keladi:لِمَا رَوَى عَبْدُ الرَّزَّاقِ فِي  مُصَنَّفِهِ عَنِ ابْنِ مَسْعُودٍ  رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ إِذَا مَلَّكَهَا أَمْرَهَا، فَتَفَرَّقَا قَبْلَ أَنْ يَنْقَضِي شَيْءٌ، فَلَا أَمْرَ لَهَا Abdurrazzoq o‘zining «Musannaf» nomli kitobida Ibn Mas’ud roziyallohu anhudan keltirgan rivoyatda:
 «Qachon ayolga o‘z ishini topshirganda, bir narsa bo‘lishidan oldin joylaridan turib ketsalar, ayolning ixtiyori qolmaydi», deyilgan.
Bunga o‘xshash rivoyatlar Jobir ibn Abdulloh, hazrati Umar, hazrati Usmon va boshqalardan ham rivoyat qilingan.
Illo, «har xohlaganingda», «vaqtiki, xohlaganingda» va «qachonki xohlaganingda», desa, «agar xohlasang»ga xilof o‘laroq.
Ya’ni ayolning ixtiyori majlisga bog‘liq bo‘lmaydi, chunki bu lafzlar vaqt uchun umumiydir. Bularda «O‘zingni qay vaqt xohlasang, taloq qilaver» degan ma’no bor. «Agar xohlasang»da esa umumiy vaqtga dalolat qilmagani uchun, ayolning taloq qilish ixtiyori xabar unga etgandagi majlisiga bog‘liq bo‘ladi.
Va er tafviyzdan qaytmaydi.
Ya’ni taloq qilish xaqqini xotinining ixtiyoriga berib qo‘ygan er o‘sha gapidan qaytishi mumkin emas. Chunki tafviyz qasam bilan barobar. Qasam bajarilishi shart narsa bo‘lgani uchun undan qaytib bo‘lmaydi.
Agar ayoldan o‘zgaga tafviyz qilsa, majlisga bog‘liq bo‘lmaydi va qaytishi mumkin.
Ya’ni er o‘z xotinini taloq qilishni xotindan o‘zga kishiga topshirgan bo‘lsa, mazkur shaxs xohlagan paytida taloq qilaveradi. Uning taloq qilish haqqi bu haqdagi xabarni eshitganidagi majlisda bo‘lishi shart emas. Mazkur majlisdami yoki undan keyinmi, xohlagan vaqtida taloq qilsa bo‘laveradi. Chunki bunday shaxs vakil bo‘lib qoladi. Vakilning esa o‘zi istagan vaqtda amrni bajarishga haqqi bor.
Shuningdek, er gapini qaytarib olsa ham bo‘ladi. Chunki bu holatda u birovni o‘z foydasi uchun ish qilishga vakil qildi. Ishni xohlamay qolganida uni qilish topshiriq bergan odam uchun zarar keltiradi. Foydani ko‘zlagan narsada zarar ko‘rish esa mumkin emas.
Majlis turish, ketish, o‘tgan mavzuga oid bo‘lmagan gap yoki ishga kirishib ketish bilan o‘zgaradi.
Deylik, er o‘zi bilan o‘tirgan xotiniga «Taloq ixtiyorini o‘zingga topshirdim», dedi. Shunda xotin o‘sha zahoti «Men o‘zimni falon taloq qildim», desa, o‘sha taloq tushadi. Ammo erning gapidan keyin u indamay o‘rnidan turib ketsa, taloq qilish haqqidan mahrum bo‘ladi. Chunki uning o‘rnidan turishi bilan majlis o‘zgardi.
Er yurib ketayotgan xotinini to‘xtatib, unga «Taloq ixtiyorini o‘zingga topshirdim», dedi. Shunda xotin o‘sha zahoti «Men o‘zimni falon taloq qildim», desa, o‘sha taloq tushadi. Ammo erning gapidan keyin u indamay yurib ketsa, taloq qilish haqqidan mahrum bo‘ladi. Chunki uning yurishi bilan majlis o‘zgardi.
Deylik, er o‘zi bilan o‘tirgan xotiniga «Taloq ixtiyorini o‘zingga topshirdim», dedi. Shunda xotin o‘sha zahoti «Men o‘zimni falon taloq qildim», desa, o‘sha taloq tushadi. Ammo erning gapidan keyin u indamay taloqdan boshqa mavzudagi gapni gapirib yoki ishni qilib ketsa, taloq qilish haqqidan mahrum bo‘ladi. Chunki uning taloqdan boshqa mavzudagi gapni gapirib yoki ishni qilishi bilan majlis o‘zgardi.
Ayolning kemasi uyiga o‘xshaydi. Ulovining yurishi esa o‘zining yurishiga o‘xshaydi.
Kemada ketayotgan ayolga eri uning talog‘ini o‘ziga tafviyz qilgani haqida xabar etsa, kema uning uchun uy o‘rnida ko‘riladi. «Gapni eshitganingdan keyin kema yurdi, endi sening majlising o‘zgardi va taloqni ixtiyor qilish haqqing tugadi», deyish mumkin emas. Chunki kema ayolning ixtiyorisiz yuradi. Agar taloqning tafviyzi haqidagi xabar ayolga u ulov ustida turganida etsa va ulovi yurib ketsa, o‘zi yurib ketgani bilan barobar bo‘ladi va majlis o‘zgargan deb e’tibor qilinadi. Chunki ulov uning ustidagi shaxsning qistashi bilan yuradi.
Tafviyz niyati ila «Ixtiyor qil», deganda «Ixtiyor qildim», desa, faqat bir boin taloq tushadi. Vallohu a’lam!

21 Апрел 2022, 09:49 | Савол-жавоблар | 158 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar