Junublikning miqdori
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, ilmingizga Alloh baraka bersin. Jannatda olimlar darajasi ila mukofotlasin. Savolim, agar inson jinsiy aloqa qilmasdan xam maniy chiqib qolsa g‘usl qilish joizmi yoki kiyimini almashtirib taxorat olib namozini o‘qisa bo‘lveradimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Maniyligi aniq bo‘lsa g‘usl vojib bo‘ladi. 1-«Maniy» – shahvat shiddatlashgan paytda otilib chiqadigan suyuqlikdir. Erkak kishining maniysi quyuq va oq, ayol kishining maniysi suyuq va sarg‘ish bo‘ladi. «Maziy» – erkak kishining jinsiy a’zosidan jinsiy aloqani o‘ylagan yoki xotinini quchoqlagan paytda chiqadigan oq suyuqlik. (Kifoya). Maniy va maziy tomgan kiyimning tomchi miqdoriga qaraladi, agar maniy to‘rt gramm miqdoricha bo‘lsa, maziy esa kaftni tekislab, ichiga suv quyilganda qancha joyni egallagancha joyga tarqagan bo‘lsa u kiyimda namoz o‘qish makruhi taxrimiy bo‘ladi. Undan oshsa namoz o‘qish joiz bo‘lmaydi. Undan kam bo‘lsa makruhi tanzihiy bo‘ladi. 3-Maniyda qusl, maziyda tahorat vojib bo‘ladi. Vallohu a’lam!
21 Апрел 2022, 10:05 | Савол-жавоблар | 182 | Oila va turmush