BUZUK TASAVVUFGA ERGAShGANLARNING AKIYDALARI VA AMALLARI

BUZUK TASAVVUFGA ERGAShGANLARNING AKIYDALARI VA AMALLARIASSALOMU ALAYKUM VA RAXMATULLOXI VA BAROKATUXU!MUXTARAM USTOZ!Men forumga a’zo bulib kirganimdan beri agar e’tibor berib karagan bulsangiz kuprok tasavvuf va rux tarbiyasi, tazkiyatun nafs masalalarida kuprok savol beraman. Uzim xam tarikatga kizikkanim bois, bu masalada amallarimiz Kitob va sunnatga muvofik bulishligi tarafdoriman. Tarikatga kizikib, pirga kul berganimdan keyin bu toifaning ayrim e’tikod va amallari sunnatga xilof bulayotganligini, ularning tarikatga kur-kurona ergashayotganlarini guvoxi buldim va bu toifadan uzimni chetga oldim. Bu chetga chikishim bu toifadagi birodarlarimdan butkul uzildim degani emas, men ularni doimo Kitob va sunnatga amal kilishga chorlab kelmokdaman, lekin urinishlarim bekor ketmokda. Ular uz e’tikodlariga, ustozlari urgatgan amallarga maxkam yopishib olishgan. Allox barchamizga uz raxmatini ato kilsin! Amiyn!Yakinda uzimga-uzim buldi endi xech kim bilan tortishmayman, ularga Alloxni uzi insof bermasa meni xarakatlarim bexuda ekanligini tushunib, fakat uzimni tarbiyam bilan mashgul bulishga, ilmni yanada chukurrok egallashga xarakat kilishni maksad kilgan edim. Lekin yakinda bir tarikatchi bilan bulgan suxbat yana bu mavzuni kutarishimga sabab buldi.Kuyida siz azizlarga shu suxbat mazmunini kiskacha bayon kilib utmokchiman:VIDEO’HAT.NNM.UZ veb saxifasiga tasodifan kirgandim. Chatda «SHAYH» taxallusi ostida bir tengdosh yigit kirgan ekan. Yoshi 27 da. Uylanmagan, aytishi buyicha xech kaerda ishlamaydi. Aslida uni ismlari bilan oshkora kilmokchi xam buldim, lekin buni uzimga ep kurmadim. U yigit Toshkentda istikomat kilishini aytdi. Suxbat davomida kaerda va nima ish kilishini suradim. U aytdiki «uyda utirib kuf-suf bilan shugullanaman» deb javob berdi. Men suxbat jiddiyligini, undan xazillashmasligini suradim. U gapini xazil emasligini, chindan xam uyida dam solish bilan shugullanishini aytdi. Men kizikib, kanday oyat va duolar bilan dam solasiz deb suradim. U «Yasiyn» va «Muavvizatayn» suralari xamda «Kaxri kul», «Chilkof» duolari bilan dam uraman, deb javob berdi. Men unga aytdimki, Yasiyn va boshka Kur’on oyatlari, sunnatda kelgan duolar bilan dam solish joizligi, lekin «Kaxri kul», «Chilkof» duolarining asli yuk duolar ekanligini, bu masaladagi ulamolarimizning fikrlarini xam unga tushuntirdim. Lekin buni tushunishni istamadi, bu duolarni Shayx Abdulkodir Jiyloniy xazratlari ukiganlarini da’vo kilib, fikrida maxkam turib oldi. Bu duolarni ukish bid’at ekanligi, uyida utirib olib, jamiyatga foydasi tegmay shu ish bilan tirikchilik kilish xarom ekanligini tushuntirdim. U bulsa paygambarimiz (s.a.v)ning saxobalaridan birining bir kavm boshligini chayon chakib olganda dam urgani xakidagi xadisni dalil kilib, bu joiz ish ekanligini aytdi. Men unga dam solish fakat sunnatga muvofik bulishini, boshka bid’at ishlarni unga aralashtirmaslikni kattik tayinladim, lekin u yigit fikridan kaytishni istamadi.Bu xam mayli xammadan xam achinarlisi men kutargan mavzuga taallukli tasavvuf tugrisidagi suxbat buldi. U uz fikrlarida kat’iy turish bilan birga islomda xar xil yunalishlar borligini aytib, shariat, tarikat, xakikat va ma’rifat deb sanab utdi xamda utmish avliyolarni, jumladan Nakshband xazratlarini xam tilga olib utdi.Uning gaplariga karaganda yoshligida unga Allox tomonidan bir ilm berilgan ekan-u, lekin uni kurolmaydigan odamlar bu ilmni undan olib kuyishgan ekan. Bid’at duolarni ukib, kasidaxonlik kilishini Alloxning ne’mati, ilmi laduniy deb da’vo kildi. U uz suzida «Men fakat uzim kurgan, bilgan, sezgan narsalargagina ishonaman, uzim bilmagan, kurmagan narsani yuk deb bilaman» dedi. Men uning bu akiydasi juda xam xavfli ekanligini aytdim. Yana u kurgan tushini aytib berdi, tushida eshik takillaganmish, eshikni ochsa bir sokoli kuksiga tushgan kariya kirib kelibdi, uning orkasidan esa badbashara biri uzun buyli, bir pakana kishilar kirishibdi va unga tashlanishibdi. U bulsa ular bilan kurashib engibdi. Ulardan biri xatto ismini xam aytganmish. Tushidagi bu badbasharani «ShAYTON» deb aytdi. Bu tushini uzi ta’bir kilib aytadiki, kitobda yozilishicha, agar kishi tushida Shaytonni engsa, demak u tugri yulda bularkan, demak men Alloxning yulidaman, kilayotgan amallarim ayni savob. U yana shunday xikoya kiladi: «Bir kuni asr namozi vakti edi, xavo bulutsiz, ochik edi. Osmonga karasam bulut paydo buldi, bulutni ustida xuddi chanada utirganday shaklda bir maxluk kurindi. Keyin yonida yana bitta bulut paydo buldi. U uning kanotlari bulsa kerak. Men kurgan bu maxluk farishta ekanligi anik. Yana bir oz turib, bulutlar bilan yozilgan «Allox» va «Alxamdulillox» suzlari yozilib koldi».Men undan biror diniy kitob ukigan yoki ukimaganligini surasam, anik bir javob aytmadi. Biror akiyda kitobini ukiganmisan?-deb suradim. Akiyda nima?-deb javob berdi. Men: Akiyda – e’tikod kilinishi lozim bulgan zarur masalalar, dedim. U bilaman, 5 ta farz bor, bular asosiysi, degan javobdan nariga utolmadi. Biror xadis bilasanmi degan savolimga, xa bilaman fakat kerak bulgan paytdagina esimga keladi, deb xadis aytishni eplolmadi. Uning gapu-suzlariga karaganda diniy ta’lim kurmaganligi anik. Ilm oling birodar, Toshkentdek shaxarda bulsangiz, ayni ilm markazidasiz, biz vodiyda turib, u erlarga etishimiz oson emas, sizda esa imkoniyat bor. Tushunmaganingizni shayx xazratlarining xuzurlariga borib surang, desam «Menga Alloxdan ilmi laduniy berilgan» deb javob berdi. Lekin uzi bu ilmni nimaligini tushunmaydi. Kiskasi uning da’volari xar kanday uzini bilgan musulmon kishini xam jigiga tegib, xafsalasini pir kiladi. Suxbatning sunggida u pirga bay’at kilgani, tarikatdaligini aytdi. U Buvayda tumani, Okkurgon kishlogida katta shov-shuvlarga sabab bulgan pirning shaxid bulgan xalifalaridan biri Nasrullox doda degan kishiga (ularning kuzlari kur bulgan ekan) Toshkentga kelganlarida bay’at kilgan ekan. Bu ilmsiz murid bilan bulgan suxbat menga bir rivoyatni esimga soldi. Buni kupchilik eshitgan bulsa kerak, Rivoyat kilishlaricha Xasan Basriy xazratlarining bir omi muridi bulgan ekan. U bora-bora ustozining xuzuriga kam keladigan bulib kolibdi. Bundan xavotirlangan Xasan Basriy uning xolidan xabar olgani boribdilar. Xuzuriga nega kam borayotganligini suraganlarida murid xar kuni tunda Alloxni xuzuriga chikib, u bilan suzlashayotganini aytibdi. Shayx debdilarki, unday bulsa bugun gaplashgani chikkaningda mening xam nomimni zikr kilgin, debdilar. Murid tunda usha xol yana yuz berganda ustozini suzi yodiga kelib, «Xasan Basriy» degan ekan, muriddan u xol batamom yuk bulibdi. Karasa bir gungtepani ustida utirganmish. Uni xar kuni guyoki Alloxni xuzuriga olib chikayotgan shayton ekan. Shu-shu bulib bu murid ilm olishga kattik berilib, zamonasining mashxur zotlaridan bulib etishgan ekan. Bu bor yugi rivoyat xolos, lekin men guvoxi bulgan suxbatdagi yigitning xoli xam shunday bulib kolmasligidan xavotirdaman. U bilan suxbatni yakunlab, nasixat kilmokchi buldim yana. Unga kuprok Kur’on ukishini, paygambarimizdan vorid bulgan duolarni urganishini uktirdim. U yana sarkashlik kilib, xech kimsa Kur’on va sunnatni tagiga etib borolmaganki, men etib borsam, deb aytdi. Xar gapni orasida men Alloxdan kurkaman, iymonim soglom, derdi. Alloxdan kurksangiz nega Allox va Uni Rasulini yulidan yurmaysiz, nega sunnatga amal kilishga xarakat kilmaysiz desam. Alloxni aytganini tula bajara olmaymanku, sunnatga kanday amal kilaman, deydi. Video Chatdan chikib ketish oldidan u bilan yana munozaramiz davom etishini aytdim. Lekin u men boshka suxbatlashishni xoxlamasligini bayon kildi. Uning aytishicha, uni yuli boshka meni yulim boshka emish. Unga insof tilagan xolda chatni tark etdim. Muxtaram ustoz! Aziz forum ishtirokchilari! Bu buzuk tasavvuf tarafdorlari va targibotchilari xali xam oramizda, ularning e’tikod va amallari borgan sari islom shariatiga va sunnatga xilof bulib bormokda. Kilayotgan da’volari barcha ilm axlini tashvishga soladi. Undaylar bilan suzlashar ekanman ilm Alloxning ulug ne’mati ekanligini, uni xammaga xam beravermasligini anglab etdim va Uziga shukrlar aytdim. Birodarlar barchamiz bir bulib, shariatni va sunnatni tiriltirmogimiz, unga yot okimlarni kushilib kolishidan xazir bulmogimiz lozim! Muxtaram ustoz, shayx xazratlari yukoridagi yigitning xolati tugrisida, ya’ni tush, vaxm kabi va shunga uxshash da’volari, kilayotgan amallari xakida shariat va tarikat kitoblarida nimalar deyilgan? Sizga yana bir murojaatim tasavvuf mavzusiga ilgarigidan xam katta e’tibor karatish lozim. Bu soxada siz amalga oshirgan ishlar nixoyatda savobli buldi. Ayniksa «Ruxiy tarbiya» kitobidan baxramand bulib, kuplab foydalar olmokdamiz. Yukoridagi kabi kitob ukishdan begona bulganlar esa xali xam uz e’tikodlarida yurishmokda. Bu masalaga kuprok jamoatchilik, Uzbekiston Musulmonlari Idorasi raxbariyati, ulamo va imomlarimiz kattik e’tibor bermokliklari kerak. Masjidlarda, juma ma’ruzalarida kuprok bu mavzuda aloxida suxbatlar tashkil etilmogi lozim. E’tibor beradigan bulsak, bu mavzuda katta ishni amalga oshirayotgan fakat uzingiz. Boshka tomonlarning xarakati esa sezilmayapti. Jamiyat ichidagi katta dard kolib, e’tibor boshka tomonlarga karatilmokda. Sizdan iltimosim tasavvuf masalasini yana kengrok tagrib va tashvik kilsangiz, bu masalada barcha choralarni ishga solsangiz. Kolaversa bu ishga uz shogirdlaringiz va ommai ulamolarni jalb kilishingizni surayman. E’TIBORINGIZ UChUN RAXMAT!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Sizga ham katta tashakkur! Albatta, bu masalaga ehtibor qaratishi zarur. Biz qo‘limizdan kelganini qimoqdamiz. Alloh O‘zi yordamchimiz bo‘lsin!

21 Апрел 2022, 10:05 | Савол-жавоблар | 230 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar