Uylanmagan bola ajrashgan qizga uylanishi
Assalomu alaykum! Jiyanim, 1 yil ham yashamay ajirashgan, lekin farzandi yo‘q qizga uylanaman deb turib olgan. Hech kimni gapiga kirmay faqat o‘sha qizga uylanaman deyapti u qizni uyiga borib uyidagilar o‘g‘limizni tinch qo‘ying deb ham kelishdi. U qizni ham xabari yo‘q ekan. Ular sinfdosh ekan, bir sinfda o‘qishgan ekan, jiyanim sinfdoshlaridan ajirashganini eshitibdi. Shariatimizda shu kabi holatda uylansa bo‘laveradimi yoki bo‘ydoq bola qiz bolaga uylanishi shartmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Yigit muhabbat qilgan bo‘lsa, afzali unga nikohlashdir. عَنْ جَابِرِ بْنِ عَبْدِ اللهِ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ جَاءَ رَجُلٌ إِلَى النَّبيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَقَالَ يَا رَسُولَ اللهِ، عِنْدَنَا يَتِيمَةٌ قَدْ خَطَبَهَا رَجُلَانِ مُوسِرٌ وَمُعْسِرٌ، هِيَ تَهْوَى الْمُعْسِرَ وَنَحْنُ نَهْوَى الْمُوسِرَ، فَقَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ لَمْ يُرَ لِلْمُتَحَابِّينَ مِثْلُ النِّكَاحِ رَوَاهُ ابْنُ مَاجَهْ Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga bir kishi kelib: «Yo Rasulalloh! Bizning bir etim qizimizga ikki kishi – bir boy va bir kambag‘al sovchilik qildi. U kambag‘alni istayapti, biz boyni istayapmiz», – dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sevishganlar uchun nikohga o‘xshagani ko‘rilmagan», – dedilar». Ibn Moja rivoyat qilgan. ("Baxtiyor oila" kitobidan). Vallohu a’lam!
21 Апрел 2022, 10:06 | Савол-жавоблар | 174 | Oila va turmush