Bokira bo‘lib erga tegish
Assalomu alaykum! Men ikki misolni keltiraman. Birinchisi, boshqa dindagi qiz Islomni qabul qilgan. Keyin uni zo‘rlab qo‘yishgan. Hozir esa nikohlandi va bo‘lajak eriga bokira emasligini aytishi kerakmi? Uning onasi operatsiya bilan bokira bo‘lib, hech kimga aytmasdan erga tegishni maslahat bergan.
Ikkinchisi esa o‘z xohishi bilan zino qilib yurgan qiz, tavba qilib to‘g‘ri yo‘lga o‘tgach, bir iymonli bolaga nikohlangan. Bu bola qizning o‘tmishini bilmaydi. Bu qiz ham o‘tmishini aytishi kerakmi yoki yashirib, operatsiya yo‘li bilan bokira bo‘lib tegib ketishi kerakmi? Javoblaringiz uchun rahmat. Hozirgi vaqtda zinokorlik qilib yurgan qizlar erga tegish vaqtida shunaqa odobli va «bokira» qizga aylanib olib, turmushga chiqishlar juda ko‘payib ketdi. Buni bilmagan bolalarga rahmim keladi. Assalom alaykum
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh taolo “Nur” surasi 26-oyatida marhamat qiladi: الْخَبِيثَاتُ لِلْخَبِيثِينَ وَالْخَبِيثُونَ لِلْخَبِيثَاتِ وَالطَّيِّبَاتُ لِلطَّيِّبِينَ وَالطَّيِّبُونَ لِلطَّيِّبَاتِ أُوْلَئِكَ مُبَرَّؤُونَ مِمَّا يَقُولُونَ لَهُم مَّغْفِرَةٌ وَرِزْقٌ كَرِيمٌ Nopok xotinlar nopok erkaklar uchundir. Nopok erkaklar nopok xotinlar uchundir. Pokiza ayollar pokiza erkaklar uchundir. Pokiza erkaklar pokiza ayollar uchundir. Ana o‘shalar u(bo‘htonchi)lar aytayotgan narsalardan poklangandirlar. Ularga mag‘firat va karamli rizq bordir. Ushbu oyati karimada Alloh taolo islomiy jamiyat hayotidagi muhim bir asosni bayon qilmoqda. U ham bo‘lsa, nopok qalblar o‘zlariga o‘xshagan nopoklar bilan topishishi, o‘z navbatida, pok qalblar o‘zidek pokiza qalblar bilan topishib birlashishidir. Asli nopok insondan doimo nopoklik sodir bo‘ladi. U o‘ziga o‘xshagan nopoklarni yoqtiradi, ular bilan topishadi, doim birga bo‘ladi. Lekin pok kishilarga qo‘shila olmaydi. Shuningdek, pok odam ham doimo poklik bilan yashaydi. Pok kishilarni qidiradi, topadi, birga bo‘ladi. Er-xotin bo‘lishda ham shu. Pok xotinga pok er, nopok xotinga nopok. Agar nopok bilan pok birlashib qolsa, bu hamdamlik uzoqqa bormaydi. Chunki pok bilan nopokning birga bo‘lishlari amri mahol.("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
21 Апрел 2022, 10:51 | Савол-жавоблар | 156 | Oila va turmush