Hiyonat qilgan ayol bilan yashash
Ayolim soliha, hadis öqisa eglaydigan hatto meni namozlarimdagi hatolarim uchun tanbeh beradigan muslima sodda ayol edi.Hovlimiz yölga tushib buzilib ketganligi sababli ayolim avvaliga majburan, keyinchalik öz hohishi bilan uyida ketadigan bölib qoldi.Ösha uyidagi muhit sabab benamoz, beröza hattoki hijobni ham tashlaydigan bölgan.Bilsam, mendan könglini uzib boshqaga boglanib qolgan ekan. Bunga esa, ayolimning onasiz etimligi va uyidagi buvilari katta imkoniyat yaratib berishgani sabab bölgan. Bilishimcha, kelin oyisi, eri ikkinchi hotin olib olganiga, uni jiyanini ikki erli qilaman deb shayton söziga kirgan, ayolimni kosonga töyga olib borib yigitlarga tanishishiga sabab bölgan, ayolimni yigitlar bilan gaplashadigan teli va sim kartalarini ham kelin oyisi kompaniyadan öz pasportiga olib bergan, ayolim gaplashishga joy topa olmaganda uyida soatlab gaplashtirgan, yigitlar tel qilganda chaqirib qöygan va xo kazo. Ayolim shunda ham yigitlarning ichidan eng kambagalini, lekin eng iymolisi deb öylaganini tanlagan. Aslida esa adashgan. U bilan 1.5yil telda gaplashib yurgan. Lekin, kam körishgan. Bola kambagalligi uchun kafeda emas uni uchaskasida körishgan va hilvatda qolib, bir marta zino ham qilib qöygan.Buni bilib ayolimni boshiga shunday kunlarni soldimki, u kunlardan köra olgani ming alo edi. U Hozir afsusda. Hatosini tushunib etgan deb öylayman. Onam u bilan yashamaysan deyaptilar. Men esa, bir buzulib ketgan insonni islomga qaytarib shahidning savobiga erishishni hohlayman. Qolaversa qizlarimning onasi. U bilan ajrashsam qizlarimning kelajagiga ham tasir qiladimi deyman. Shariatimiz nima deydi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Ixtiyor sizda.
21 Апрел 2022, 11:23 | Савол-жавоблар | 209 | Oila va turmush
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Ixtiyor sizda.
21 Апрел 2022, 11:23 | Савол-жавоблар | 209 | Oila va turmush