Bu rivoyat tukimami?

Assalomu alaykum! Ushbu rivoyat haqiqatta bo‘lganmi yoki to‘qima rivoyatmi? ARShNI LARZAGA SOLGAN VOQEA Janobi payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) Hayit namozini o‘qib chiqayotganlarida ko‘chani chekkasida erga qarab yig‘lab o‘tirgan 4 yoshlardagi etim bolani ko‘rdilar. Boshqa bolalar tuyalarga minib, ota-onalari qo‘llarida shirinlik tutgan kunda haligi bola g‘amgin edi. Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) shu bolani oldiga bordilar va so‘radilar: – Nima uchun yig‘layapsan, ey bola? – Men etimman yo Rasululloh. Mening otam ham, onam ham, aka-opalarim ham yo‘q. Janob payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam bag‘irlariga bosib, peshonasini silab: – Yoshlikda men ham etimlikda o‘sdim, katta bo‘lgach qavmim meni sig‘dirmay boshqa shaharga hijrat qildim,–dedilar. Yana boladan so‘radilar: – Sen ota-onalik, aka-ukalik bo‘lishni hohlaysanmi? –Albatta hohlayman. Men ham boshqa bolalarga o‘xshab o‘ynashni hohlayman. Rasulluloh bolani qo‘llaridan ushlab, uylariga olib bordilar va bolaga dedilar: – Men Muhammad sollallohu alayhi vasallam seni otang bo‘lay. Oisha onang bo‘lsin. Ali sening akang-u, Xasan-Xusanlar ukang bo‘lsin. Fotima sening opang bo‘lsin. Bola xursand bo‘ldi. Yuvintirib, biroz narsa berib, qornilarini to‘ydirgandan keyin bola aytdi: – Men ham bolalarga o‘xshab ko‘chaga chiqib o‘ynagim kelyapti. Rasulluloh sollallohu alayhi vasallam bolani qo‘llaridan ushlab ko‘chaga o‘ynatgani olib chiqdilar. Boshqa bolalarni ko‘rgan haligi norasida: – Ey, otajon. Anavi bolalarni qarang, ular ota-onalar tuyaga mindirib qo‘yibdilar. Meni ham ota-onam bo‘lganida tuyaga mindirardilar, –dedi. Rasulluloh muborak qo‘llarini erga qo‘yib, tizzalari bilan yurib, etim xursand bo‘lsin deb Madina ko‘chalarida elkalariga mindirib yurdilar. Bola yana atrofga bolachalariga qarab: – Yo Rasulluloh, anavi bolalarning tuyalarining og‘zida jilovi bor ekan. Mening tuyamning jilovi yo‘q-ku! –dedi. Rasulluloh muborak sallalarini peshini olib, og‘zilaridan o‘tkazib, elkalaridan oshirib, bolaga berdilar. U bo‘lsa goh-gohida oyog‘ini silkitib qo‘yardi, jilovni tortardi. Ba’zi tuyalarning ovoz berib «aff-aff» deydigan odati bor edi. Haligi bola Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga: – Ey, otajon, bularning tuyasini qarang, ovoz berib, «aff-aff» deydi. Nega meniki afflamaydi, –dedi. Shunda Jabroil amin alayxi vassalam kelib: – Yo, Habibulloh! Alloh sizdan rozi bo‘ldi. Etimni xursand qildingiz. Alloh subhanahu va taolo amr qildiki, «Jamiki ummatimni gunohini avf qil» deya ikki bor «aff-aff» deng. Habibimiz sollallohu alayhi vasallam ikki bor «aff-aff» deganlarida, hazrat Jabroil (a.s) aytdilar: – Ey, Muhammad uchinchi avfni aytmang. Arshi a’lo larzaga tushdi. Uchinchi avfni qiyomatga qoldiring... 2)Durratul Voizin kitobini o‘qisa bo‘ladimi? Kitobdagi ma’lumotlar sahihmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Sahih emas. Vallohu a’lam!

21 Апрел 2022, 11:23 | Савол-жавоблар | 155 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar