Chaqaloqqa azon aytish sababi
Assalomu alaykum. Hazrat, har bir inson bolasi tug‘ilganida öng qulog‘iga azon, chap qulog‘iga iqomat aytiladi. Buni sababini ba‘zi ilmli kishilar:"Bu azon inson bolasini ölganida janozasi uchun aytiladi, chaqaloqqa azon aytish bilan uni ölimi orasida Allohga ibodat-bandalik bölishi uchun aytiladi" degan ma‘noda gapiradilar. Biz ham bilamizki azon bilan namoz orasidagi vaqt ulug‘, duo qabul böladigan vaqt deb.. Shuning uchun bu vaqtni qadrlaymiz. Inson bolasi ham tug‘ilganida azon aytilishida uning hayoti ushbu vaqt orasiga qiyos qilinishi tög‘rimi? Javobingiz uchun rahmat! Agar diynga tögri kelmaydigan savol bergan bölsak oldindan uzr söraymiz...
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu gaplar to‘g‘ri emas.Yangi tug‘ilgan bolaning qulog‘iga azon va takbir aytish ota-onaning burchi, bolaning haqqidir.Azon ilohiy madhiya ekanligi barchaga ma’lum. Bu ishning fazli qanchalar ulug‘ligini hamma yaxshi biladi. Azon aytilgan joyda baraka bo‘ladi, azon aytilgan joydan shayton qochadi. Shuning uchun ham, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yangi tug‘ilgan bolalarning o‘ng qulog‘iga azon, chap qulog‘iga takbir aytganlar va ummatlariga shunday qilishni tavsiya qilganlar. Yangi tug‘ilgan bolaning qulog‘iga azonu takbir aytishda go‘zal ramz va ma’no bor. Unda, bu bola yangi tug‘ildi, hali qulog‘iga hech qanday ovoz kirgani yo‘q. Uning qulog‘iga dastlab kiradigan ovoz «Allohu Akbar!» bo‘lsin, ilohiy madhiya bo‘lsin, toki bu bola doimo yaxshi ovozlarni, ulug‘ so‘zlarni eshitib yursin, degan orzu-umid bor.Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning O‘zlari bolalar¬ning qulog‘iga azon aytganlar.Abu Rofe’ roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi.«Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning Fotima roziyallohu anho Hasan ibn Aliyni tuqqanida uning qulog‘iga namozning azonini aytayotganlarini ko‘rdim».Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilishgan.Ushbu hadisi sharifga binoan, yangi tug‘ilgan farzandning o‘ng qulog‘iga azon, chap qulog‘iga iqoma aytmoq mandubdir. Yangi tug‘ilgan bolaning qulog‘iga kirgan birinchi narsa Allohning zikri bo‘lishi qanday ham yaxshi. Albatta, bu ulug‘ narsaning o‘ziga yarasha barakasi bo‘ladi.Bundan tashqari, bolaning qulog‘iga azon va iqoma aytishning yana bir hikmati bor.Husayndan rivoyat qilinadi:«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:«Kimning bolasi tug‘ilsa-yu, uning o‘ng qulog‘iga azon, chap qulog‘iga iqoma aytsa, unga Ummu Sibyon zarar etkaza olmas», – dedilar».Abu Ya’lo rivoyat qilgan.«Ummu Sibyon» bolalarga ziyon etkazadigan jin toifasidir. Uning qiladigan ishi go‘daklarga zarar etkazishdan iborat. Ammo, bolaning qulog‘iga azon va takbir aytib qo‘yilsa, mazkur jin bolaga zarar etkaza olmay qoladi. Buning ustiga, azon va takbir bolaning qalbiga, butun vujudiga yaxshi ta’sir qilishidan umidvorlik ham bor.
21 Апрел 2022, 11:24 | Савол-жавоблар | 366 | Bola tarbiyasi