Setevoy marketingda ishlash

Assalomu alaykum! Ustozlar, men setevoy marketing kompanyalarda ishlash gunoh puli harom degan javobilarni o‘qigandim. O‘zim uchun xulosa chiqargandim va tashagandim. Lekin bir tanishim ham ishlardi, yaqinda ketganimni eshitib “bekor tashabsiz menga o‘zaro qarindosh shayx hazratning jiyanlariyam SIEL degan setevoy kompanyasida ishlidila, man ham bu ishni boshlashdan oldin gunoh gunohmasligini surishtirib keyin boshlaganman hazrat ham bo‘ladi degan ekanlar, maxsulotni ustiga pul qo‘yib sotmasez bo‘ldi, xar oy beradigan oyligi halol” dedi. Shu rostmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! U odam bu ish borasida notug‘ri xulosa chiqaribdi, u kabi joylarda Hazrat rahimahullohning jiyanlaridan birortasi ham ishlamaydi. Mabodo ishlayotgan bo‘lsa ham Hazratimizning fatvolariga xilof ish tutibdi. Hazratga ba’zi bir kishilar ishlarini tafsilotini to‘liq bayon qilmagan holatlari ham bo‘lar edi. Bu tarmoqli marketingdagi 10ta yolg‘on borligi ma’lum bo‘la turib Hazratimiz ruxsat berishlari mumkin emas. Vallohu a’lam!

21 Апрел 2022, 11:24 | Савол-жавоблар | 132 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar