Maxr tugrisida
Assalomu Alaykum Ustoz!!!Maxr xakida imkon boricha anikrok ma’lumot bering. Ya’ni eng kamida kanday mikdorda bulishi kerak? Agar berilma
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
MAHR HAQIDA«Mahr» aqdi nikoh yoki eru xotin bo‘lish bilan er zimmasiga yuklanadigan xotinga berish lozim bo‘lgan moldir.Mahrni turli nomlar bilan nomlanadi, Qur’oni Karimda sadoq, sadaqa, ajr, fariyza, nihla ismlari ishlatilgan. Ba’zi ulamolar, mahrning o‘nta ismi bor, deganlar. Bizda «mahr» ismi mashhur bo‘lgani uchun shu ismni qo‘llaymiz.Alloh taolo «Niso» surasida: «Ayollarga mahrlarini chin dildan chiqarib beringlar. Agar ular undan biror narsani o‘z roziliklari ila bersalar. Bas, uni englar, osh bo‘lsin», degan (4-oyat).Ushbu oyati karima erga mahr berish vojib ekanini anglatuvchi to‘rtta oyati karimadan biridir. Aqdi nikoh bo‘lishi bilan mahr berish vojib bo‘ladi. Agar qovushmay turib ajrashadigan bo‘lsalar ham. Lekin, mahrni berish nikohning shart yoki ruknlaridan emas. Usiz ham nikoh bo‘laveradi, ammo oldi berdisi qachon bo‘lsa bo‘laveradi.Ushbu oyatdan er o‘ziga xotin bo‘lishga rozi bo‘lgan ayolga mahrni og‘rinib emas, chin ko‘ngildan chiqarib berishi lozimligi uqtirilmoqda. Mahr kelinning o‘z mulkiga aylanishiga ham ishora qilinmoqda. Ayol mahrni olganidan keyin nima qilsa, o‘zi biladi. Jumladan, ushbu oyatda zikr qilinganidek, eriga qaytarib bersa ham o‘zining ishi. Agar kelin o‘z ixtiyori bilan rozi bo‘lib, bergan mahrining hammasini yoki bir qismini qaytarib bersa, er uni bemalol olib, tasarruf qilsa bo‘laveradi.Imom Buxoriy, Muslim va Ahmadlar Sahl ibn Sa’d roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uylanmoqchi bo‘lgan kishiga «Agar bir temir uzuk bo‘lsa ham top», deganlar. U zot biror nikohni mahrsiz qo‘ymaganlari sobitdir.Musulmonlarning barchasi nikoh mahrsiz bo‘lmasligiga ijmo’ qilganlar.Mahrning ozi o‘n dirhamdir.O‘n dirham bir dinorga teng keladi. Bu nisobga etgan molning yigirmadan biri deganidir.Imom Bayhaqiy va Ibn Abi Hotimlar qilgan rivoyatda «O‘n dirhamdan oz mahr yo‘q», deyilgan. Agar o‘ndan ozni aytgan bo‘lsa ham o‘n dirham vojib bo‘ladi.Mahr pul bo‘lishi shart emas. Kiyim, taqinchoq yoki shunga o‘xshash mulk bo‘ladigan va halol narsa bo‘lsa joiz. Kuyov taraf o‘n dirham yoki uning qiymatidan oz miqdordagi narsani mahr deb aytgan bo‘lsa, bari bir o‘n dirham yoki uning qiymatidagi narsani berishi lozim bo‘ladi.Agar undan boshqani aytgan bo‘lsa, ikkovlaridan biri vafot etganda yoki sahih xilvat bo‘lganda atalgan narsani berish vojib bo‘ladi.Ya’ni, er taraf kelinga o‘n dirhamdan oz bo‘lgan mahrdan boshqani, o‘n dirham yoki undan ko‘pni mahrga berishni atagan bo‘lsa o‘shani birlari vafot etgan chog‘ida yoki ikkovlari sahih xilvatda qolganlaridan keyin berish vojibga aylanadi. Sahih xilvat nimaligini keyingi jumladan bilib olamiz.U hissiy, shar’iy va tabiiy jihatdan jinsiy yaqinlikni man qiluvchi narsa qolmasligidir. Misol uchun, jinsiy yaqinlikni man qiladigan bemorlik, Ramazon ro‘zasi, farz namoz, ehrom, hayz, nifos kabilar.Xilvati sahiyha deganda aqdi nikohdan keyin eru xotin bir joyda xoli qolib, ularni jinsiy aloqadan to‘suvchi hissiy, shar’iy va tabiiy mone’liklar bo‘lmasligi ko‘zda tutiladi.Xoli joy deganda, ikkovlari hamma tomoni yaxshi to‘silgan, ikkovlarining iznisiz oldilariga birov kira olmaydigan makon ko‘zda tutiladi.Hissiy mone’lik deganda, er bemorligi tufayli vaqtincha jinsiy aloqaga yaramay turgani ko‘zda tutiladi. Shuningdek, ayolning farjida to‘siq bo‘lib, jinsiy aloqaga mone’ bo‘lishi ham hissiy mone’likka kiradi.Shar’iy mone’lik deganda, ayolni hayzli yoki nifosli bo‘lishi, ikkisidan biri ro‘zador yoki ehromda bo‘lishi ko‘zda tutilgan.Tabiiy mone’lik deganda, eru xotindan boshqa shaxsni ular bilan birga bo‘lishi ko‘zda tutilgan.Ana o‘sha shartlar to‘liq bo‘lib xilvati sahiyha yuzaga kelgandan keyin erga mahrni to‘liq berish vojib bo‘ladi, agar xotin aybi bilan nikoh buzilsa ham. Misol uchun, qovushgandan yoki xilvati sahiyhadan keyin ayol dindan chiqib murtad bo‘lsa ham mahrni to‘liq olish haqiga ega bo‘ladi.Shuningdek, avval ham aytib o‘tilganidek, eru xotinning birining o‘limi bilan ham to‘liq mahr vojib bo‘ladi. O‘lim qovushgandan oldin sodir bo‘ladimi, keyinmi bari-bir. Jinsiy olat kesilgan bo‘lishi, jinsiy zaiflik va bichilganlik man qiluvchi omil emas.Bunday holatlarda kelin kuyov yolg‘iz qolasalar xilvati sahiyha hisoblanaveradi.Sahih xilvatdan oldingi taloq ila atalgan mahrning yarimi vojib bo‘ladi.Bu hukm Qur’onda kelgan. Alloh taolo «Baqara» surasida:«Agar ularga qo‘l tegizmay taloq qilsangiz va mahrni aniqlab qo‘ygan bo‘lsangiz, aniqlanganning yarmini berasiz, magar ayol yoki nikoh tuguni qo‘lida bo‘lgan kishi afv qilsa, bermaysiz», degan (237-oyat).Agar mahr atalmagan bo‘lsa, sahih xilvatdan oldin taloqda mut’a, undan keyingida mahri misl vojib bo‘ladi.Bu hukm Qur’onda kelgan. Alloh taolo «Baqara» surasida:«Agar xotinlarga qo‘l tekkizmay turib yoki ularning mahrni aniqlamay turib taloq qilsangiz, sizga gunoh bo‘lmas. Ularni boy boricha, yo‘q holicha yaxshilik ila foydalantiring. Bu yaxshilik qiluvchilar burchidir», degan (236-oyat).Bu oyatda nikohdan keyin, mahrni aniqlamagan holatda, duxuldan oldin taloq qilganda nima bo‘lishi haqida so‘z ketmoqda. Avvalo, shunday holatda taloq qilish gunoh emasligi bayon qilindi.«Agar xotinlarga qo‘l tekkizmay turib yoki ularning mahrni aniqlamay turib taloq qilsangiz, sizga gunoh bo‘lmas».Chunki insongarchilik yuzasidan turli holatlar bo‘lib turadi. Albatta, bu taloq kelin uchun, uning ahli uchun og‘ir bo‘ladi. Umid bilan nikohdan o‘tib, orzu-havas bilan yangi turmushni ko‘zlab turganida, oilaviy hayotni boshlamay turib taloq bo‘lishi katta musibat. Buning ustiga do‘stu dushman, yoru birodarlarning oldida nima degan gap bo‘ladi?! Ana shu holatlarni hisobga olib, mahrni ham tayin bo‘lmagani uchun, bu kelinga foyda (mut’a), deb nomlangan moliyaviy taqdirlash berishni shariatda ushbu oyati karima asosida joriy qilingan.Beriladigan mut’aning miqdori kuyov tarafga bog‘liq, imkoniga qarab ko‘proq narsa bersa, yaxshi bo‘ladi. Rivoyat qilishlaricha, Imom Hasan roziyallohu anhu mut’a uchun o‘n ming dirham bergan ekanlar. Ulamolarimiz o‘z vaqtlarining o‘lchovida mut’a beriladi; boy bir xizmatchi olib beradi, qambag‘al uch sidra kiyim bosh bersin, deganlar. Shunday qilinsa, kelin tarafga engil bo‘ladi. Ko‘ngillari taskin topadi. Do‘stu dushmanlarning gap-so‘zidan ham qutiladilar. Chunki shunchalik mol-dunyo berishlik qizda ayb yo‘qligining, yigit taraf uni hurmat qilishining, ammo noilojlikdan ajralayotganligining alomati bo‘ladi. Shu bilan birga, kuyov tarafni ham qiynab yuborish kerak emas. Oyatda:«Ularni boy boricha, yo‘q holicha yaxshilik ila foydalantiring» deyilyapti. Kuyov taraf «yaxshilik ila» harakat qilishi kerak. Shuningdek, kelin taraf ham. Oyatning oxirida foyda berish yuqori maqom ekanligini:«Bu yaxshilik qiluvchilar burchidir», deb yana bir bor ta’kidlanyapti.Mahri misl kelinga o‘xshash boshqa kelinlarga o‘sha yurtda, o‘sha zamonda odat bo‘yicha qancha mahr berish joriy bo‘lib turgan bo‘lsa, o‘sha miqdorda mahr berilishidir.Ibn Mas’ud roziyallohu anhudan bir ayolga uylanib, unga mahr tayin etmagan, u bilan qovushmay turib vafot etgan kishi haqida so‘raldi. Bas, u kishi:«U ayolga o‘z ayollari mahri mislicha mahr beriladi. Kam ham emas, ko‘p ham emas. Unga meros ham beriladi. Unga idda o‘tirish vojib bo‘ladi», dedilar. Shunda Ma’qil ibn Sinon al-Ashja’iy turib:«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Barva’a binti Voshiq haqida sen chiqargan hukmga o‘xshash hukm chiqargan dilar», dedi. Ibn Mas’ud bundan xursand bo‘ldi».Sunan egalari rivoyat qilganlar.Mahrni zikr qilmasdan, uni nafyi qilib, mol bo‘la olmaydigan narsa ila, jinsi yoki sifati noma’lum narsa ila qilingan nikoh durustdir.Bu jumlada mahrga bog‘lik besh xil holat haqida so‘z bormoqda;1. Mahrni zirk qilmay, u haqda biror og‘iz ham gapirmay tuzilgan nikoh joriy bo‘laverishi.Chunki Alloh taolo Niso surasida: «Bas, o‘zingiz xush ko‘rgan ayollardan ikki, uch, to‘rtini nikohlab oling. Agar adolat qila olmaslikdan qo‘rqsangiz, bittani», degan (3 oyat).Mahrni zikr qilmagan.2. Mahrni nafyi qilib, ya’ni, orada mahr yo‘q deya kelishilgan nikoh bo‘laverishi.Alloh taolo «Baqara» surasida:«Agar xotinlarga qo‘l tekkizmay turib yoki ularning mahrni aniqlamay turib taloq qilsangiz, sizga gunoh bo‘lmas», degan (- oyat).Mahr atalmagandagi taloq joiz bo‘lgandan keyin, mahr atalmay qilingan nikoh ham joiz bo‘ladi.3. Mahrga mol bo‘la olmaydigan narsani atab qilingan nikoh ham joizligi.Misol uchun, bir musulmon bir muslimaga uylanayotib mahrga xamr yoki cho‘chqa beraman degan bo‘lsa ham nikohlari o‘taveradi. Ular mahrga atash mumkin bo‘lmagan narsani atadilar. Bu xuddi hech narsa atamaganga o‘xshaydi. 4. Mahrga jinsi noma’lum narsani atab qilingan nikoh ham joizligi. Misol uchun, kuyov kelinning mahriga kiyim yoki taqinchoq beraman dedi. Qay turdagi kiyim yoki taqinchoqligi noma’lum. Bu ham hech narsa atamaganga o‘xshash bo‘laveradi.5. Mahrga sifati noma’lum narsani atab qilingan nikoh ham joizligi.Misol uchun, kuyov mahrga sigir beraman dedi-yu, qay sifatdagi sigir berishini aytmadi.Bu holatlarda avval o‘tganidek mahri misl vojib bo‘ladi. O‘sha narsalarning o‘rtachasi yoki qiymati miqdorida.Bunda narsani o‘zini yoki qiymatini berish kuyovning ixtiyorida. Kelin uning berganini olishga majbur.Agar qul erning xizmati atalgan bo‘lsa, o‘sha narsa vojib bo‘ladi.Ya’ni, mahrga qul erning xizmat qilib berishi atalgan bo‘lsa, o‘sha xizmatni qilib berish vojib bo‘ladi.Agar anavi qul yoki manavi qul deb atalgan bo‘lsa va mahri misl ikkisining o‘rtasida bo‘lsa, mahri mislni beradi. Agar mahri misl orzon quldan ozroq bo‘lsa, orzon qulni berish vojib bo‘ladi. Agar mahri misl qimmat quldan yuqori bo‘lsa, qimmat qulni berish vojib bo‘ladi. Agar xilvatdan oldin taloq qilsa, orzon qulning yarimini beradi.Albatta, bu masala o‘tgan zamonga xos. Hozir qulchilik bitirilgan. Ammo bu masaladan boshqa narsalarga taqqoslaganda foydalanish mumkin. Misol uchun, u markabni yoki bu markabni beraman degan bo‘lsa.Agar ayolni yurtidan chiqarmaslik sharti ila mingni atab nikohlab olgan bo‘lsa yoki muqim tursa ming, olib chiqsa ikki ming deyilgan bo‘lsa, aytganiga vafo qilsa yoki muqim tursa, mingni berish vojib bo‘ladi. Aks holda mahri mislni beradi. U ikki mingdan oshmaydi va mingdan kam bo‘lmaydi.Agar, ushbu ikki qulni beraman deb nikohlab olgan bo‘lsa-yu, ikkovidan biri hur bo‘lsa, ayolga faqat qulni beriladi. Agar u o‘n dirhamga teng bo‘lsa. Agar uning qiymati o‘n dirhamdan kam bo‘lsa, kami qo‘shib beriladi.Agar bikrlikni shart qilgan bo‘lsa-yu, juvon chiqib qolsa, mahrning hammasini berish lozim bo‘ladi. Chunki qizligi zinodan boshqa sabablarga ko‘ra ketgan bo‘lishi mumkin. Bu holda yaxshi gumon qilgan afzal.Fosid nikohda agar yaqinlik qilmagan bo‘lsa, hech narsa vojib bo‘lmaydi. Agar yaqinlik qilsa, yaqinlik qilgan vaqtidan boshlab nasab va atalgandan ziyoda bo‘lmagan mahri misl vojib bo‘ladi.Fosid nikohga opa-singilga birdaniga uylanish, guvohlarsiz uylanish, opasining iddasida singlisiga uylanish, boshqaning iddasida o‘tirgan ayolga uylanish va to‘rtinchi xotinning iddasida beshinchisiga uylanishlar kiradi. Kelinning mahri misli otasining qavmi e’tiboridan yoshga, jamolga, molga, aqlga, diyonatga, yurtga, zamonga, bikrlik yoki juvonlikka qarab bo‘ladi.Shuningdek, odob va axloqiga qarab bo‘ladi. Mahri mislni belgilashda mazkur omillarni hisobga olib kelinning mahri o‘ziga eng o‘xshash ota tomonidan bo‘lgan kelinniki miqdorida belgilanadi.Agar ularda-ota taraf qarindoshlarda bo‘lmasa, ajnabiylardan olinadi.Ya’ni, mahri mislini aniqlanishi lozim kelingga o‘xshash kelin uning otasining qarindoshlari ichidan topilmasa, begonalardan izlanadi va topiladi.Onasi tarafdan va uning qavmidan emas. Agar ona otaning qavmidan bo‘lmasa.Mahri misli aniqlanishi lozim bo‘lgan kelin qaysi kelinga teng ekanini belgilash uchun ikki er kishi yoki bir er va ikki ayol kishi ta’yinlanadi.Agar kelin kichkina bo‘lsa ham valiysi uning mahriga zomin bo‘lishi to‘g‘ridir.Chunki kichik yoshdagilarning bu kabi ishlarini valiysiamalga oshirishi ma’lum va mashhur.Mahrning erta va kechini ikkovlari ta’yin qilgan bo‘lsalar, o‘shandoq bo‘ladi. Agar ta’yin qilmagan bo‘lsalar, urfdagiga qarab bo‘ladi.Mahrni ikkiga bo‘lib to‘lash ham mumkin. Dastlabkisi avval beriladi va mahri mu’ajjal – erta mahr deb ataladi. Keyingisi keyin beriladi va mahri muajjal – kechiktirilgan mahr deb ataladi. Agar ikki taraf aqdi nikoh paytida erta mahr qancha va qachon beriladi, kech mahr qancha va qachon beriladi kelishib olgan bo‘lsalar, o‘sha kelishuvga binoan ish tutadilar. Aqdi nikoh paytida bundoq kelishuv bo‘lmagan bo‘lsa, o‘z qavmlarida mazkur miqdordagi mahrni kelinga o‘xshash kelinlarga qay tarzda berishga odatlangan bo‘lsalar o‘sha tarzda beriladi.Erta mahrni olishdan avval ayol jinsiy yaqinlikni va o‘zini safarga olib chiqilishini man qilishga haqli. Agar o‘z roziligi bilan bo‘lgan yaqinlikdan keyin man qilsa ham joiz. Bu holatda uning nafaqasi soqit bo‘lmaydi. Ya’ni, mahrini o‘z vaqtida berilmaganiga norozi bo‘lib kuyovni o‘ziga yaqinlashtimayotgan kelinning nafaqasi erga vojib bo‘lib turaveradi. Er xotinim meni o‘ziga yaqinlashtirmayapti, shuning uchun uning nafaqasini bermayman deyishga haqli emas.Shuningdek, u erning iznisiz hojat yuzasidan safar qilishga va tashqariga chiqishga haqli.Mahrni vaqtida bermagan er ayolni bu narsalardan man qilishga haqli emas.Ayol erta mahrni olganidan keyin uni boshqa yoqqa olib ketsa bo‘ladi. Uni safarga olib ketmaydi deganlar ham bor va fatvo shunga berilgan.Ulamolar orasida erta mahrni yoki to‘la mahrni bergandan keyin er xotining roziligisiz uni boshqa yurtga olib ketsa bo‘ladimi, yo‘qmi degan masalada turli gaplarni aytganlar. Olib ketishi mumkin emas deganlar ko‘proq zamonning fasodini e’tiborga olganlar. Olib ketishi mumkin deganlar Alloh taoloning «U(ayol)larga o‘zingizga maskan bo‘lgan joydan maskan bering», degan qavlini dalil qilib keltirganlar. Mana shunisi to‘g‘ri.Agar er unga bir narsa yuborgan bo‘lsa-yu, xotin uni hadya desa, er mahr desa, erning gapi qabul bo‘ladi. Illo emoq uchun tayyorlangan narsada uning gapi qabul qilinmaydi.
20 Апрел 2022, 19:27 | Савол-жавоблар | 265 | Oila va turmush