Yaxshi niyat bilan "Foreks" birjasida faoliyat yuritish
Men biznesda, tadbirkorlikda bir necha g`oyalar, foydali loyihalarim bor. Niyatim ezgu, men odamlarga, xalqqa foydasi tegadigan, iqtisodimizni rivojlantirib, qiynalagan insonlarga qo‘limdan kelgancha yordam berib, ularni farovon hayot kechirishlari uchun harakat qimoqchiman. Foydali biznes yaratib, bo‘sh ish o‘rinlari yaratmoqchiman. Lekin hammamizga ma`lumki, buning uchun iqtidordan tashqari mablag` ham kerak bo‘ladi. Men o‘rtahol oiladanman. Biznes ochish uchun bizda uncha pul topilmaydi. Tanish bilishlar ham yo`q. Shuning uchun ham bundan bir necha yil oldin bir ishni boshlagandim. Yaxshi niyatdagi biznesimni ochish pulni o‘z kuchim, bilimim bilan topmoqchi bo‘ldim va forex biznesini o‘rgana boshladim. Meni holatimda bu eng yaxshi yo`l deb o‘yladim. Menga bu borada hech kim yordam bermadi. Faqat o‘zim o‘z kuchim bilan bir necha yil deganda o‘rganib ozgina foyda ko‘rishni boshladim. Men shayx hazratlarini "forex birjasi mumkinmas" degan javoblarini ko‘rdim. Agar hozirgi gaplarim noo‘rin bo‘lsa iltimos meni kechiring. 2-3 yil oldin bir manbada forexga oid fikrni o‘qib qolgandim. Bir narsani arzon olib qimmat sotish mumkin, bu joiz (huddi birjadagidek), keyin yana, agar qilayotgan ishiz biror insonga zarar keltirmasa bu ishni ham qilsa bo‘ladi. Iltimos, menga aytsangiz bu ish (ya`ni forex biznesi) haqiqatdan ham musulmonlarga mumkin emasmi? Axir bu ham oldi-sotdiku? Yaxshi ish boshlash uchun ham mumkin emasmi? Javobingiz men uchun juda muhim. Shunki men musulmonman va xarom luqma topishni umuman istamayman. Oxiratim haqida qayg`uraman. Javobingiz muhimligining yana bir sababi, men bu biznesga 6 yil umrimni sarfladim. O`rgandim va menga madad berib turgan bir narsa bu - shu ishda muvaffaqiyatga erishib o‘z qo‘lim bilan, o‘z mehnatim bilan pul topib o‘z biznesimni boshlash orzusi bo‘ldi. Ishoning niyatim holis, insonlarga foydam tegsa, ularga yordam bersam diyman. Agar bu biznes mumkin bo‘lmasa meni shuncha yillik mehnatim bekor va o‘z biznesimni ochish orzusi sarobga aylanadi. Qimmatli vaqtingizni olgan bo‘lsam uzr. Javobingiz uchun oldindan katta rahmat!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- "Niyatning yaxshi bo‘lishi ish shariatga muvofiq bo‘lmasa ham joiz qiladi" degan gap yo‘q. Bir narsaning halol bo‘lishi uchun niyat ham, amal ham shariatga to‘g‘ri kelishi lozim. Misol uchun kambag‘allarga yordam beraman degan bohana ila aroq sotish mumkin emas. Siz aytgan birjaning ish uslubi shariatga to‘g‘ri kelmagani uchun ulamolar unda ish yuritishga ruxsat bermaganlar.
21 Апрел 2022, 12:09 | Савол-жавоблар | 173 | Moliya va tijorat