Go‘shti halolmi?
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, pingvin, jirafa va shu kabi boshqa yovvoyi hayvonlarning go‘shtini ist’emol qilsa bzladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Barcha oziq tishli yirtqich hayvonlar va changali tirnoqli qushlar halol bo‘lmaydi.
Bu hukm quyidagi hadisi sharifdan olingan:
Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi.
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam barcha oziq tishli yirtqichlardan va tirnoqli qushlardan qaytardilar».
Muslim va Abu Dovud rivoyat qilishgan.
Oziq tishli yirtqichlarga sher, yo‘lbars, qoplon, bo‘ri, chiyabo‘ri, tulki, fil, maymun, ayiq kabi hayvonlar kirishini ulamolarimiz o‘z kitoblarida zikr etganlar.
Tirnoqli yirtqich qushlarga esa burgut, lochin, qirg‘iy, tasqara kabi go‘sht eydigan qushlar kiradi va ularning barchasi harom hisoblanadi.
Yirtqich qush va hayvonlar turli harom-xarish narsalarni, xususan, o‘limtiklarni va shunga o‘xshash zararli narsalarni eydi. Shuning uchun o‘zlari ham o‘sha narsalarga o‘xshab iflos va zararli bo‘ladilar. Odamlarni mazkur zararlardan himoya qilish maqsadida yirtqich hayvonlarning go‘shtlari harom qilingan.
Eng asosiysi, yirtqich hayvonning go‘shtini egan odamga o‘sha hayvonning yirtqichlik sifati o‘tib qolishi turgan gap. Shuning uchun yirtqich hayvonlarning go‘shti harom qilingan.
Hasharotlar, xonaki eshaklar, xachirlar, chiyabo‘ri va qo‘shoyoq halol bo‘lmaydi.
Er yuzidagi chayon, ilon, sichqon, chumoli, suvarak, o‘rgimchak, ari kabi hasharotlarni eyish haromdir. Bularning barchasi iflos narsalardir. Iflos narsalarni shariat harom qilgan.
Xonaki eshakning haromligiga dalil:
Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam Xaybar kuni xonaki eshaklarning go‘shtidan qaytardilar va yilqining go‘shtiga izn berdilar».
Besh asl kitobda rivoyat qilingan.
Ulamolar jumhuri: «Chiyabo‘ri haromdir. Shariatimizda har bir yirtqich hayvonning haromligiga zarracha shubha yo‘q. Shuningdek, chiyabo‘rining yirtqich ekanligiga ham zarracha shubha yo‘q», deydilar.
O‘limtiklarni eydigan qarg‘a ham halol bo‘lmaydi.
Bunga quyidagi hadisi sharif dalil:
Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi.
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Beshta hayvon borki, ularning barchasi fosiqdir. (Hoji) ularni haramda ham o‘ldiraveradi: qarg‘a, kalxat, chayon, sichqon va qopag‘on it», dedilar».
Beshovlari rivoyat qilishgan.
O‘zi o‘lib qolmagan baliqdan boshqa barcha suv hayvonlari haromdir.
«O‘zi o‘lib qolmagan baliq» deganda suvda qorni osmonga qarab o‘lib yotgan baliq ko‘zda tutilgan.
Hanafiy mazhabi ulamolari suv hayvonlariga tegishli masalada jumhurga xilof qilganlar. Ular: «Baliqdan boshqa suv hayvonlari halol emas, chunki suv hayvonlarini o‘zi o‘lganidan keyin iste’mol qilinadi. O‘limtik esa haromdir. Baliqqa kelsak, uning o‘limtik bo‘lsa ham halolligi hadisda kelgan», deganlar.
Umuman, suv hayvonlari halolligi haqida har xil dalillar borligi uchun ulamolarimiz keng ijtihod qilganlar. O‘sha keng ijtihodning bir tomonini hanafiylarning ijtihodi tashkil etsa, ikkinchi tomonini «Suv hayvonlarining hammasi har bir holda, hattoki suv ichida o‘lsa ham halol», deganlarning ijtihodi tashkil etadi.(“Kifoya” kitobidan).
Ushbu qoidalarga asosan pingvin changali bilan ovlovchi hayvonlar qatoriga kirmaydi. Shuningdek jirafa ham oziq tishli hayvonlar qatorida emas. Vallohu a’lam.
21 Апрел 2022, 12:09 | Савол-жавоблар | 397 | Turli savollar