Ayollar mashina minishi haqida takroriy savol

Assalomu alakum! Aziz ustozlar, ming bor uzr sizlarni qimmatli vaqtingizni olayotgan bo‘lsam. Oldingi savolim ayollar moshina minishi to‘g‘risida edi. O‘sha savolni qidirish xizmatidagi barcha shunga oid javoblarni o‘qib keyin yollagandim. Bizda ikkilanish bor, u javoblarda to‘liq mumkin emas harom ham deyilmagan mumkin harom emas ham deyilmagan. Iltimos ustozlar, shu savolga iloji boricha javob bersangizlar. Men faqatgina bolalar ehtiyoji uchun mashina minsam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Javoblar to‘g‘ri berilgan. Bu borada ayol kishining holatiga qaraladi. Avvalo afzal emasligida shak-shubha yo‘q. Bu sharifa ayollarning ishi emas. Holatni taqazo qilishiga qaraladi. Hozirgi kunda ayollarni ozodlikka chiqardik deb zimmalariga erkaklar qiladigan hamma ishni yuklatib qo‘yilgan. Ayollar buni sharaf deb bilishmoqda. Shuni orqasidan ayol kishi oshxonada mast-alast kishilarga do‘q po‘pisalariga sabr qilib kelishmoqda. Axir ularga kulib xizmat qilishi, aroq va sigaretlarini tashib kelishi sharafmi?! Kunni qizig‘ida, oftobda asfalt yotqizishi sharafmi?! Nozik tabiatli, xilqati xushbo‘ylikni xush ko‘ruvchi ayollar hojatxonalarni tozalab yurishlari sharafmi?! Kunning issig‘ida badbo‘y terga botib ketmon chopishi, qop ko‘tarib bozorda savdo qilishlari sharafmi?! Undan ham qizig‘i ayollar g‘isht urib ustachilik qilishga ham o‘tishdi. Devorlarni kimyoviy zararligi aniq bo‘lgan bo‘yoqlarni ham ishlatishga o‘tishdi. Hatto o‘zini ota-onasiga ham qilmagan xizmatini, ya’ni chet elga borib pul uchun begona qari kampir va chollarni istinjo qildirib qo‘yishi sharafmi?! Chet ellarda cho‘chqa boqar bo‘lib ishlayotganlari qancha, bu ham sharafmi?! Bu ketishda erkaklar uyda ichib yotishdan boshqasini qilmay qo‘yishadi. Vallohu a’lam!

21 Апрел 2022, 12:24 | Савол-жавоблар | 169 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar