Eri bor ayol bilan munosobat qilsa bo‘ladimi?

Assalomu alaykum! Men bir erli ayol bilan xar kuni internetda gaplashaman, lekin oromizda umuman yomon niyatimiz yo‘q. Hurmat bor faqat, sizdan iltimos mani shu ayol bilan munosabat qilishim mumkinmi? Yoki noto‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Sizni xotiningiz bilan ham tez orada to‘g‘ri ko‘ngil bilan kimlardir opoq-chapoq bo‘lishni boshlaydi. Shunda to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini bilasiz. Bu kabi muomalalar qarz hisoblanadi, uni albatta to‘laysiz. Allohdan qo‘rqing va tezda tavba qiling. Nomahram bilan gaplashishni o‘zi katta gunohlardan. Vallohu a’lam!

21 Апрел 2022, 13:32 | Савол-жавоблар | 170 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar