Er va xotin munosabatlari
Assalomu alaykum! Oiladagi xotin namoz o‘qiydi, er esa o‘qimaydi. Er xotinini yotoqqa chaqirganda, xotini ming xil bohonalar bilan (oxirgisi uning namoz o‘qimasligini yuziga solib) kemasligi va alohida xonada yotishi qanchalik to‘g‘ri? Umuman shunaqa ishlar yoqmasligi va faqat shu ishlar uchun boshqa xotin olishini talab qilishi, va eriga itoat qilmaslikning oqibatlarini gunohlarini juda yaxshi bilib, uni inkor qilishi qanchalik to‘g‘ri? Xuddi eri namoz o‘qimasa, itoatsizlik gunohi unga ta’sir qilmaydi. Benamoz er chaqirganda kemaslik xuddi islom dini aytilgandek, kechasi bilan farishtalar la’natlanishi, namozi qabul bo‘lmasligi bo‘ladimi yoki benamoz erlarga itoat qilmaslik mumkinmi? Eri yotoqqa chaqirganda, xotinning xohishi bilan bo‘lishini talab qilishi ya’ni bugun emas ertaga ertaga emas keyin deyishi qanchalik to‘g‘ri? Oqibatlari: erining boshqa xotin olishga qurbi etmasligi va zinoga qo‘l urishi, oilaning barbod bo‘lishi xavfi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Bundan ko‘ra namoz o‘qishi oson. Xotinni ham to‘g‘ri tushunish kerak. Uning vijdoni qiynaladigan ishlarida yordam berish kerak. sigaret chekmaydigan, vino ichmaydigan, tishini doimiy yuvib yuradigan inson oldida bu ishlarni qilish albatta unga ozor beradi. Bu ozorlanish uning tarafidan beixtiyor sodir bo‘ladi. Vallohu a’lam!
21 Апрел 2022, 13:32 | Савол-жавоблар | 166 | Oila va turmush