Xotinni eriga xiyonati kechiriladimi?
Bundan ikki oy oldin men uzoqga uch kunga xizmat safari bilan ketgandim. Xotinim esa, bir begona erkak bilan telefon orqali gaplashib yurgan ekan. Men kelib bir oydan keyin sezib qoldim. Men kelgandan keyin ham gaplashishni to‘xtatmagan, o‘zim sezib qoldim va “nimaga bunday qilding” desam “o‘zimiz birga ishlaymiz, shunchaki suhbat” deb turib olgan. Erkak bilan gaplashganimda, u menga “xotiningni sevib qolganimni aytdim, bor gap shu” deb boshqa hech narsa aytmayabdi. Mumkin hech narsa bo‘lmagandir, qolgani Allohga ayon. Lekin oilani o‘rtaga qo‘yib qasam ichayapti. Nima qilay? Mana 15 kundan ortiqroq kunlar o‘tmoqda, lekin ko‘ngil joyidamas. Islomda bu haqida nima deyilgan? Iltimos yordam bering, ajrashay desam o‘rtada 4 yoshli farzandim bor.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Kechirish sizning ixtiyoringizda. Ammo bundan keyin mahkam bo‘ling.
20 Апрел 2022, 19:27 | Савол-жавоблар | 183 | Turli savollar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Kechirish sizning ixtiyoringizda. Ammo bundan keyin mahkam bo‘ling.
20 Апрел 2022, 19:27 | Савол-жавоблар | 183 | Turli savollar