Arafa kuni nafl ro‘zasini tutush

Assalomu alaykum! Arafa kuni nafl yoki qazo ro‘zani tutish mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Arafa kuni xalq tilida ikki kunga ishlatiladi. Birinchisi hojilar Arofatga chiqadigan kun. Ikkinchisi ikki haytdan avvalgi kun. Ramazonning arafa kunida ro‘za tutish farz, iftorlikdan oz vaqt oldin ochish ham qazo va kafforatni vojib qiladi. Xalq tilidagi “arafa kuni erta ochib yuborgan qizlarga yaxshi er nasib qiladi” degan gap din dushmanlarining gaplari. Bunday qilgan kishilar og‘ir gunohga qo‘l urgan bo‘ladilar va o‘sha ochib yuborgan ro‘zasining qazosi bilan birga ikki oy uzmasdan kafforatini ham tutib beradilar. Qurbon hayitining arafasi kuni ro‘za tutish joiz, farz emas. Vallohu a’lam!

21 Апрел 2022, 16:37 | Савол-жавоблар | 142 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar