Tiriklarning mayyitlarga amallar savobini xadya kilishi xakida
Assalamu Alaykum va Rahmatullahi va Barakatuh!Yakkaligiga shak shubha bo‘lmagan Allohga cheksiz hamdu sanolar bo‘lsin, sayyidimiz Muhammad Mustafo salallohu alayhi vasallamga durudu salovatlar, ahli oilalariga, sahobalari va ummatlariga Allohning rahmari bo‘lsin. Ammo baad...Alloh islom ilmidan bahramand etgan, Alloh qodir etgancha insonlarga ta‘lim berayotgan muhtaram Shayh janoblari, Alloh sizdan, ahli oilangizdan rozi bo‘lsin, Allohning O‘zi har bir amalingiz va niyatingizga kifoya qilsin! Man ancha oldin ushbu narsani olgandim, lekin bu maqolada shubham bor, shuning uchun ishonmagan edim, bu erda hadislar kelgan, shunday bo‘lsa-da qandaydir narsa bu maqolaga ishonishimdan to‘sib turgan edi. Shuni so‘rayman deb ancha yurgan edim, oxiri kecha tushimga siz kiribsiz, mani o‘z o‘quvchiligingizga olibsiz, sizning qanday inson ekanliginigiz tushimda ko‘rsatilgan, tahsinga sazovor edi, Alloh sizdan u dunyo-yu bu dunyo rozi bo‘lsin, shu narsani bilib bering, Alloh sizni manga tushimda ustoz qildi, ilohim o‘ngimda ham nasib aylasin, shu inet orqali bo‘lsada sizdan ilm o‘rganishlikka, sizga shogirdlik qilishlik nasib aylasin ilohim. Omin Ya Robbil a‘lamin! Maqola quidagicha :Tiriklarning mayyitlarga amallar savobini xadya kilishi xakidaImom Muslim uz «Saxix»ida (#1004) kuyidagi xadisni keltiradi: «Oisha roziyalloxu anxudan rivoyat kilinadi: «Bir kishi Paygambar () oldilariga kelib aytdi: «Ey Alloxning Rasuli, mening onam tusatdan vafot etib vasiyat koldirmadi. Menimcha, agar gapirishga kodir bulganida, sadaka bergan bulardi. Men sadakani uning nomidan bersam, savob buladimi?» Paygambar sollaloxu alayxi vasallam: «Xa» deb javob berdilar.Bu erda ulamolar orasida tiriklar sadakasi va badan bilan amalga oshiriladigan boshka ibodatlar (xaj, namoz, ruza, Kur’on tilovati)ning savobini mayyitlarga xadya kilsa buladimi, yukmi degan ixtilof mavjud.Mayyitning xakiga duo kilinsa, uning foydasi tegishiga axli sunnat val-jamoat ulamolari orasida ixtilof yuk (ba’zi faylasuf-bid’atchilar mayyitga xech narsa etib bormaydi deyishdi. Ibn Abil-Iyz Al-Xanafiyning «Akidatut-Taxoviya»ga yozgan sharxiga karang). Bunga «Xashr» surasining 11-oyati dalolat kiladi: «(Muxojir va ansor)lardan keyin kelgan kishilar, (o‘zlariga xam va boshka mo‘minlarga xam, nasixat kilib) aytishadi: “Ey Robbimiz, biz va bizdan oldin iymon bilan o‘tgan birodarlarimizni magfirat kil…». Bundan tashkari, janoza namozida ukiladigan duo va kabrni ziyorat kilganda mayyitlar xakkiga kilinadigan duo xam shunga dalil buladi. Shuningdek, axli sunnat olimlari orasida mayyitning urniga karzini karindosh yoki karindosh bulmagan kishi tulashi mumkinligida ixtilof yuk, chunki bu xakda saxix xadislar kelgan. Endi sadaka, xaj, ruzaga kelsak, xanafiylar va xanbaliylar bu amallarning savobi mayyitga etadi deyishdi. Imom Molik esa buni fakatgina mayyit vasiyat kilgan bulsa, joiz degan (Kurtubi tafsiri, 17/114). Boshka ibodatlarga kelsak, namoz, Kur’on tilovati va boshkalar xakida Navaviy Muslimning «Saxixi»ga yozgan sharxida kupchilik ulamolar bu amallar uchun savob mayyitga etishini rad kilishdi, dedi. Ibn Kasir uz tafsirida Shofi’iyning xam shunday fikrini aytib utdi. Shuningdek Navaviyning aytishicha, Imom Axmad Kur’on tilovatining savobi mayyitga etadi degan (lekin uning kabri oldida emas! – bu makolaning davomini karang). Bu shuningdek Iyz Abdussalomning fikri («Fatavo» 24/2). Zubaydiy «Sharxul-Ixyo»da bu (namoz va Kur’on savobi etib bormasligi) kupchilik xanafiy ulamolarning fikri ekanligini aytgan. Ular «Najm» surasining 41-oyatini dalil kilib keltirishdi: «Insonga fakatgina uning sa’y-xarakati foyda buladi». Bundan tashkari, Muslimning «Saxixi»da, Buxoriyning «Adabul-mufradi»da, Axmadning «Musnad»ida insonning vafotidan keyin uning amallari kesilishi xakidagi xadis keltirilgan. Bu xadisda fakatgina uch narsa kesilmasligi aytilgan: sadakai joriya (ya’ni kurgan masjidi, karvonsaroyi va shunga uxshash), boshkalarga foydasi bulib koldirgan ilmi va solix farzandi. Sadaka va xadjning mayyitga savobi tegishi xakidagi xadislarda surovchi mayyitning farzandi bulgan. Shuning uchun bunday amallarning savobi mayyitlarga tegishini rad kiladigan olimlar bu savobning tegishi fakatgina mayyitning farzandlariga xos deydilar. Chunki bu istisno yukorida keltirilgan «Najm» surasining 41-oyatidan kelib chikadi. Bundan tashkari, farzandlar ota-onalarning kasblaridan xisoblanadi. Bu xakda Abu Dovud (2/108) va boshka muxaddislarning xadisida aytilgan. Imom Termizi va Alboniy bu xadisni xasan deyishgan. Bu xadis boshka xadislar bilan kuvvatlanadi, ularni xam Alboniy xasan degan («Axkomul-janoiz»ga karang). Shuning uchun farzandlar amallarining savobi ota-onalar kasbidan xisoblanadi. Shavkoniy «Naylul-Avtor»da (4/79) bu xadislar yukoridagi oyatdan istisno deyishga xojat xam yuk, chunki farzandlar ota-onalar kasbidan xisoblanadi, degan. Endi Buxoriy va Muslimda Oisha onamiz, roziyalloxu anxudan rivoyat kilingan xadisga kelsak, unda mayyitning buynida kolib ketgan ruzani yakin karindoshlari kazosini utab beradi deb «ruza» mutlak lafz bilan kelgan. Lekin boshka xadislarda nazr ruzasi xakida aytilgan. Oisha va Ibn Abbos, raziyalloxu anxum, nazr ruzasi kazo kilinadi, (uzr bilan koldirilgan) farz ruzasi uchun esa miskinga taom beriladi, deyishgan. Va bu xukmda ularga saxobalardan boshkalar xilof kilishganini bilmaymiz. Ikki turli saxix xadislar bir-biriga zid kelayotgan bulsa, xadis ilmi koidalari buyicha ularni jamlashga xarakat kilish kerak. Xattoinki bu jamlash xakikatdan uzok deb tuyulsa. Kachonki jamlashga muvofik bulinmasa, «tarjix» koidasiga amal kilinadi, ya’ni bir turli xadislarga ustunlik beriladi. Agar buning ustiga xadislar tarixini bilsak, birini mansux desak buladi. Shuning uchun bu ikki turli xadislarni jamlab: fakatgina nazr ruzasi yakin karindoshlardan tutib beriladi deyish tugri buladi. Buning ustiga e’tibor beriladigan nukta – bu nazr ruzasi xar kanday odam tomonidan emas, balki yakin karindoshlari tomonidan kazosi utaladi. Bu Ibn Abbos va Oisha onamiz, roziyalloxu anxumlar va Imom Axmad, Lays, Isxok, Abu Ubaydning fikridir (ayniksa e’tiborli urin shundan iboratki, Oisha roziyalloxu anxo ruzaning mutlak lafz bilan kelgan xadisning roviysi bulgan). Ibn Xadjar «Fatx»da Oisha onamizning ruzaning umumiy ma’nodagi xadisi bilan nazr ruzasi xakidagi xadislar bir-birlariga zid emas, ular mustakil xadislar, dedi. Lekin bu Oisha onamizning ruzaning mutlak lafzi bilan kelgan xadisini Ramazonning farz ruzasi deb tushunish, Oisha va Ibn Abbos, roziyalloxu anxumlarning tushunishiga xilofdir. Saxobalardan birontasi bu masalada Oisha va Ibn Abbosga xilof kilishgani bizga ma’lum bulmasa, biz bu masalada saxobalarning ijmo’si xakida gapirsak buladi. Saxobalar xadislarga zid ravishda ijmo’ kilishmaydi (ayniksa usha xadislarning roviylari). Shuning uchun mutlak lafz bilan kelgan Oisha onamizning xadisini nazr ruzasi deb olsak, tushunmovchilik kutariladi. Farz namozni tiriklar mayyit urniga utay olmaganidek, (uzrsiz koldirilgan) farz ruzani xam uning urniga utay olmaydi. Nazr ruzasi esa mayyitning buynidagi karzi bulib kolgan, va u yakin karindoshlari tomonidan utay olinishi mumkin, xuddi moliyaviy karzi utay olinishi mumkinligi kabi. Shuningdek, uzrli sabab bilan koldirilgan Ramazon ruzasi Ibn Abbos, roziyalloxu anxumo, suzlariga muvofik xolda yakin karindoshlari tomonidan utay olinishi mumkin (xar koldirilgan kunga bir miskinning ovkatini berish). Oisha, roziyalloxu anxo esa yarim so’ (1300 g) ozik-ovkat berish kerakligi xakida aytgan. Uzrsiz sabab bilan koldirilgan farz ruzasi karindoshlar tomonidan kazo kilib utalmaydi. Bu baxs xakida batafsil ravishda Ibnul-Koyyimning «E’lomul-muvakki’in» (3/554) va «Taxzibus-sunna» (3/279-282) kitoblarida tanishsangiz buladi. Sadakani farzanddan boshka kishi mayyit nomidan bersa buladi deydiganlar, karzning begonalar tomonidan mayyit nomidan utalishini kiyos kilib olishadi. Lekin bu xato kiyosdir, chunki karz sadakadan kura xosrok tushuncha, va xosdan umumiyga kiyos kilinmaydi. Endi begonalarning Kur’on tilovati va boshka badaniy ibodatlar savobi mayyitga tegishi tarafdorlari Abu Muxammad Samarkandiy rivoyat kilgan xadisini dalil kilib keltirishadi. Bu rivoyatda kim «Ixlos» surasini un bir marta ukib savobini mayyitga bagishlasa, unga mayyitlar sonicha savob etadi deyilgan. Bu xadisni Alboniy «Silsilatul-axodisiz-zaifa»da mavzu’ (tukima) degan (7-jild, #3277). Buni Zaxabiy «Mezon»da, Ibn Xajar «Lison»da, Suyutiy «Zaylul-axodisil-mavzu’a»da, Ibn Irok «Tanzixish-shari’a»da kursatib ketishgan. Keyinrok Suyutiy bu xakda unutib «Sharx sudur»da bu xadisni keltirib u xakda indamay ketgan! Tugri, u usha joyda uning zaifligini kursatib ketgan, lekin tukima xadisga bu etarli emas. Bunga uxshagan xadis «Yosin» surasining ukilishi xakida kelgan. Uning xam tukima ekanligini Alboniy «Silsilatul-axodisiz-zaifa»da (3-jild, #1246) isbotlab bergan. Dorakutniydan rivoyat kilingan xadisda ota-ona urniga tutilgan ruza va ukilgan namoz yaxshilik deyilgan, lekin bu xam zaif xadis, uning zaifligini Muslim va Abdurraxmon Muborakfuriy «Tuxfatul-Axvaziy sharx Sunani Termiziy»da aytib utishgan. Mayyitga ibodatlarning savobini xadya kilish tarafdorlari «Najm» surasining 41-oyati bizning ummatga emas, balki Ibroxim va Muso alayximus-salomlar ummatlarigagina tegishli deyishadi. Lekin bunday cheklash uchun dalil kerak buladi. Chunki oldingi paygambarlarga buyurilgan narsa bizga xam buyurilgan. Allox Taolo «An’om» surasining 90-oyatida aytadi: «Mana bu (paygambar)larni Allox xidoyat kildi. Sen xam (ey Muxammad), ularning xidoyatiga ergashgin». Muslim (#1015) va Termiziy Abu Xurayra roziyalloxu anxudan rivoyat kilishgan xadisda: «Albatta Allox mu’minlarni rasullarni buyurgan narsaga buyurgan» deyilgan. Endi «Najm» surasining 41-oyati mansux bulgan degan da’voga kelsak, Kurtubi uz tafsirida (17/114) kupchilik mufassirlar bu oyat «muxkam» (ya’ni mansux bulmagan va ochik-oydin) ekanligini va birovning amali boshkaga foyda bermasligini aytishdi, degan. «Tur» surasining 22-oyatida jannat axlining farzandlari darajada ota-onalaridan pastrok bulsa xam, Allox Taolo ularning fazli bilan ota-onalariga yuliktirishi xakidagi oyat «Najm» surasining 41-oyatidan istisno buladi (Kurtubiyning tafsiriga karang 17/114). Bundan tashkari, mayyitga savobni xadya kilish tarafdorlari «Najm» surasining 41-oyati kofirga tegishli ekani, yoki savob xakida emas, balki adolat xakida ekani, yoki savob emas, balki jazo xakida ekanini da’vo kilishdi. Lekin bu ta’vilga uz da’vosini asoslash mumkin emas, chunki bunday ta’vil mufassirlarning ittifok kilgan ta’vili emas. Buning ustiga shunga uxshash ma’noli boshka oyatlar bor. Kim ularning xam mansux bulgani, yoki mu’minlarning savobiga tegishli emasligi, yoki bizning ummatga tegishli emasligi xakida aytgan? «Kim uzini poklasa, uz uchun poklabdi» (Fotir-18). «Xar kanday nafs uz kasbining garovidir» (Muddassir-42). «U (nafs)ning kilgan kasbi – uzining foydasiga, va uning kasbi – uzining zarariga»(Bakara-286). Agar mayyitga Kur’on ukish savobini xadya kilish mustaxab amal bulganida edi, Paygambar sollalloxu alayxi vasallam bu xakda aytgan bulardilar, yoki bunga ishora kilgan bulardilar. Ibn Taymiya aytadiki, agar Paygambar sollaloxu alayxi vasallamdan biron narsa xabar kilinmagan bulsa, u xakikatdan xam sodir bulmagandir. Chunki saxobalar ul zot sollaloxu alayxi vasallamni xatto xojatxonagacha kuzatib borishgan. Saxobalar va tobe’inlar xam Kur’onni ukib uning savobini mayyitga xadya kilishmagan. Bu xakda Imom Molik (Ibn Taymiyaning «Iktido» kitobiga karang) va Ibn Kasir uz tafsirida aytishgan. Endi «salaflar kilmadi deb tag-tugi bilan kesib tashlashni kaerdan oldik» degan savolga kuyidagilarni aytsak buladi. Kur’onda saxobalar maktalgan. Saxix xadislarda saxobalar va ular bilan birga uch avlod maktalgan. Imom Molik mashxur suzlarida aytganlarki, bu ummatning oxiri, avvali islox bulgan narsa bilangina islox buladi. Ibodat tavkifiydir. U komil din bilan vorid bulib tuxtagan. Kim yangi ibodat chikarsa, u saxix xadislar bilan rad kilingandir. Bunday odam Paygambar sollalloxu alayxi vasallamni yolgonchiga chikargan buladi. Chunki Allox Taolo «Moida» surasining 3-oyatida dinni komil kilib bulganini aytdi va Rasulullox sollalloxu alayxi vasallam dinni etkazganliklariga vidolashuv xajjida Alloxni guvox kilganlar, saxobalar buni tan olishgan. Kur’on ukib mayyitga bagishlash, ummatning boshiga tushmagan ish emas. Ya’ni salaflar bu ishni kilishga kodir edilar. Bu masala maslaxatul-mursala masalalaridan emas. Ummatning boshiga bir ish tushsa, ulamolar Kitobu Sunnatda va saxobalar ijmo’sida bu xakda biron narsa topishmasa, shunda ijtixod kilib maslaxatul-mursala koidasiga binoan xukm chikarishadi. Bu – yangi ibodat uylab topish emas. Masalan, madrasalar va kamokxonalar kurish, pul chikarish va shunga uxshash ishlarni ulamolar maslaxatul-mursala asosida chikarilgan deyishadi (buning uch sharti bor – extiyoj umumiy bulishi, extiyoj xakikiy bulishi va xukm shariatga zid bulmasligi kerak). Bizning masalamiz – ibodat masalasi bulib, Kur’on, xadislar va salaflarning ishlaru suzlari dalil bulib turibdi. Bu gaplar Kur’onni kabrdan tashkarida ukib mayyitlarga xadya kilish xakida gapirildi.Endi Kur’onni kabrlar ziyoratida ukishga kelsak, bu amalga umuman asos yuk. Oisha roziyalloxu anxo Paygambar sollalloxu alayxi vasallamning eng yaxshi kurgan odamlaridan bulganlari xolda ul zotdan kabrlar ziyoratida nimalar aytish kerakligini surganlar. Paygambar sollalloxu alayxi vasallam Oisha onamizga mayyitlarga salom berish va ularning xakkiga duo kilishni urgatdilar. Agar Kur’on ukish kabrlar ziyoratida shariatda mavjud bulganida, ul zot sollalloxu alayxi vasallam bu xakda Oisha onamizga aytgan bulardilar. Chunki usulul-fikx koidasi buyicha xojat paytida javob berishni kechiktirish yoki javobni yashirish joiz bulmagan. Rasulullox sollalloxu alayxi vasallam aytdilar: «Uylaringizni kabrlarga aylantirmangizlar, chunki shayton «Bakara» surasi ukilgan uydan kochadi». Buni Muslim (2/188), Termiziy (4/42) rivoyat kilishgan, Axmad uni saxix degan (2/284,337,378,388). Bu xadis Bayxakiy «Shu’ba»da va «Jomius-sogir»da rivoyat kilgan xadis bilan kuvvatlanadi. Rasulullox sollalloxu alayxi vasallam kabrlar Kur’on tilovati xamda (boshka saxix xadislarda) namoz ukish urni emasligini kursatdilar. Kur’onning kabrlar oldida ukish xaromligi xakidagi fikrni kupchilik salaflarimiz, jumladan Imom Abu Xanifa, Molik va boshkalar ushlashgan (Ibn Abil-Iyz Al-Xanafiyning «Taxoviy akidasi sharxi»ga karang). Ibn Taymiya «Iktido» (128-s.)da Molikning bu xakidagi fikrini keltirib, Shofi’iy xakida aytdiki: «Undan bu masalada biron gap yuk, chunki u mazkur ishni bid’at deb xisoblagan». Imom Axmad xam kabr oldida Kur’on ukilmaydi degan (Imom Axmadning shogirdi Abu Dovudning «Masoil»iga karang). Endi mayyitlar Kur’on eshitishdan foyda oladimi, yukmi degan masalada Xanafiy mazxabining olimi Ibn Abil Iyz «Akidatut-Taxoviya»ga yozgan sharxida bunday degan: «Agar kimki: mayyit kabri ustida o‘kilgan Kur’onni eshitib foydalanadi desa, uning gapi to‘gri emas. Mashxur imomlardan birortasi bu gapni aytmagan. Mayyit Kur’onni eshitishida shubxa yo‘k. Lekin eshitib foyda olmaydi. Kur’onni eshitganda uning savobini olish tiriklarga xos. Chunki bu ixtiyoriy amal». Saxobalarning kabrlari tepasida “Bakara” surasi yoki uning boshi yoki oxirisini ukishni vasiyat kilganlari xakidagi rivoyatlar saxix emas. Uning birinchisiga – Ibn Umarning rivoyatiga kelsak, uning sanadidagi Bobiliy degan roviy zaifdir. Buni Ibn Xajar Askaloniy «Takrib»da aytib utgan. Bu roviyning shayxi – Ayub ibn Naxiyk – juda zaif. Abu Xotim uni zaif degan. Abu Zur’a bu xadisni munkar (inkor kiligan) degan. Azdiy esa uning xadislari tark kilinadi (matruk) degan. Lekin taajubki, Askaloniy «Lison»da Yaxyo Bobiliyni zaif deya turib, «Fatxul-Boriy»da bu xadisni xasan (saxixdan pastrok darajada turadigan xadis) degan. Bu ishda unga Shavkoniy «Naylul-Avtor»da ergashgan (3/309). Vaxolanki, Xaysamiy xam «Majmu’»da uni zaif degan. Askaloniy va Shavkoniyga ergashganlar bu xadisning ikkinchi juda zaif roviysi – Ayub ibn Naxiyk borligini unutishadi. Shuning uchun, bu xadisning zaifligi isbotlandi.Ibn Taymiya «Ixtiyorot»da (53-s.) mayyitning ulimidan sung uning oldida Kur’on ukish bid’at, lekin kiska ukilishi bundan mustasno, chunki Yosin ukish mustaxab degan. Birok u yukorida zaifligini aytib utilgan xadisga suyangan. Ibnul-Koyyim «Kitobur-rux» (13-s.) da keltirgan rivoyatni kuraylik. Unda Axmadga Ibn Umarning kabri oldida Kur’on ukish vasiyati xakida aytilganidan sung, u Kur’onni kabr oldida ukishga ruxsat berdi, deyilgan. Bunga bir necha jixatdan javob bersa buladi. Birinchidan, bu kissaning saxixligida shubxa bor. Chunki Xasan ibn Axmal Al-Vorik – majxul roviydir, bu xakda Alboniy «Axkomul-janoiz»da aytgan. Shuningdek Alboniy, Xasan ibn Axmad Al-Vorikning shayxi bulmish Ali ibn Muso Al-Xaddodni bilmasligini aytgan (ya’ni, u - majxul roviy). Usha rivoyatning sanadida Ali ibn Muso «soduk» - «rostguy» deyilgan, lekin bu suzlarning muallifi uzi majxul bulgan Xasan ibn Axmad Al-Vorikdir! Ikkinchidan, Axmadning fikri xakidagi bu xabar Abu Dovud (yukorida) rivoyat kilgan Axmadning fikridan kura xosrok. Bundan kelib chikadigan natija – Axmad Kur’onni kabr oldida ukish xarom degan, fakatgina kumish vakti bundan mustasno. Uchinchidan, Ibn Umarning vasiyati xakidagi asari saxix emas. Chunki uning roviylaridan biri – Abdurraxmon ibn Al-Alo ibn Al-Jalloj (asl nusxada «Xalloj» deyilgan, bu notugridir) majxul roviylar xakidagi kitoblarda kayd kilingan. Bu xakda Zaxabiy «Mezon»da: «Bundan fakatgina Mubashshar rivoyat kilgan» degan. Ibn Xibbon bu roviyni ishonchli degani e’tiborga loyik emas (bu koida bulib kolgan), chunki muxaddislar orasida Ibn Xibbonning roviylarni ishonchli deyishda engilligi mashxur. Ibn Xajar «Takrib»da uni «makbul» degan, ya’ni bu roviydan boshka yullar bilan bu xadis rivoyat kilinsagina, xadis kabul buladi. Aks xolda, u zaif buladi, bizning misolimiz kabi. Buning yana bir isboti shuki, Termiziy xadisni xasan deyishda engilligi bilan mashxur bulgan xolda bu roviydan boshka xadis rivoyat kilib (2/128) uni xasan xam demagan! Turtinchidan, agar bu rivoyatning saxixligini taxmin kilsak xam, u mavkuf xadisdir. Ya’ni Paygambar sollalloxu alayxi vasallamning xadisi emas. Shuning uchun u xujjatga yaroksizdir. Bunga uxshash asarni Ibnul-Koyyim (14-s.) keltiradi: ansorlardan kimdir vafot etsa, ular mayyitning kabri oldida Kur’on ukishda musobakalashishgan, deb. Lekin Alboniy bu asarning Sha’biydan bu lafz bilan rivoyat kilinganining saxixligida shubxa bor degan. Chunki Suyutiy «Sharxus-sudur»da Ibn Abi Shaybadan va Marvaziydan kuyidagi matn bilan rivoyat kilgan: «Bakara» surasini ukishardi» deb. Keyin Suyutiy bu rivoyatni Ibn Abi Shayba kuyidagi bobda keltirgan deydi: «Ulayotgan bemor oldida aytiladigan suzlar». Vaxolanki, Ibn Abi Shaybaning «Musannaf»ida (4/74) bunday deyilgan: «Bemor xuzurida aytiladigan suzlar». Keyin Ibn Abi Shayba bu asarning sanadida Mujallid, ya’ni Ibn Sa’id bor ekanligini bayon kildi. Ibn Xajar «Takrib»da: «u kuchli emas, umrining oxirida (xadislarda adashib) uzgartirish kilgan», degan. Endi ushbu asar Kur’onning kabr oldida emas, balki bemor oldida ukilishi xakida ekani ma’lum buldi. Buning ustiga u zaifdir.Xulosa kilib kuyidagilarni aytsak buladi. Mayyitlar tiriklardan kuyidagilardan foyda oladi:1) Tiriklarning ular xakidagi duolari, xususan ularga Alloxdan istigfor surashlari.2) Mayyitning karzini utash, garchi utovchi karindosh bulmasa xam.3) Nazr ruzasini yakin karindoshlari tomonidan utab berilishi, xamda Ramazonning ruzasini uzrli sabab bilan koldirgan bulsa (xar koldirgan kunga miskin ovkati beriladi).4) Xaj, sadaka va boshka solix amallarning farzandlar tomonidan kilinishi. Buni farzandlar ota-onalariga xadya kilmasa xam, ularga foydasi etadi.5) Sadakai joriya (masjid, karvonsaroy kurish, Kur’on musxafini koldirish va xokazo) va mayyit tomonidan koldirilgan va tiriklar foydalanayotgan ilmi.bu maqolani qaysiri qismlarida hatolik bormi-yoqmi, qaysilari sahih emasligini aytib bersangiz degandim. Alloh sizdan rozi bo‘lsin! Alloh foydali ilm, solih amal va halol rizq bersin ilohim! Jazakallahu khair!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
«Muxatasari Viќoya»ning sharћida ќkyidagilar kelgan:Mayyitga savobi etadigan narsalar;1. Barcha ulamolar mayyitning duo, istiѓfor, sadaќa va ћajga o‘xshash badaniy-molyaviy ibodatlardan manfaat olishiga ittifoќ ќilganlar.2. Ulamolar namoz va Ќur’on ќiroati kabi badaniy ibodatlardan mayyit foyda olishi ћaќida bir oz ixtilof ќilganlar.Ћanafiylarning muxtor-ixtiyor ќilgan ќavllari bo‘yicha ќorilar ќabrning oldida o‘tirib ќiroat ќilsalar bo‘ladi. Boshќa erlardagi ќiroatning savobi etishi ћaќida shubћa yo‘ќ. Chunki Ќur’on ќiroati bo‘lgan erga raћmat va baraka nozil bo‘ladi. Ќur’on ќiroatidan keyingi duoning ќabul bo‘lishi oson.Ћanbaliylar ќabr oldida ќiroat ќilsa bo‘ladi, deganlar va unga «Yasin»ni o‘lganlarga o‘ќish ћaќidagi ћadislarni dalil ќilganlar.Molikiylar mayyitga uning o‘limidan keyin va ќabr oldida ќiroat ќilish makruћ. Chunki avvalgilar bundoќ ќilmagan deganlar. Ammo ularning keyingi ulamolari Ќur’on ќiroati va zikr ќilib savobini mayyitga baѓishlasa bo‘ladi va baѓishlovchiga ћam ajr bo‘ladi, deganlar.Avvalgi shofe’iylar mayyitga o‘zining amalidan boshќa amal manfaat bermaydi, deganlar.Ammo keyingi ulamolari taћќiќ ќilib «Fotiћa» va boshќa suralarning ќiroati savobi o‘lganlarga etadi, deganlar. Odamlar shunga amal ќilganlar.Shundoќ ќilib, to‘rt mazћabning barchasi Ќur’on ќiroatining savobi o‘tganlarga etishiga ittifoќ ќilganlar. Imom Jaloliddin Suyutiy o‘zlarining «Sharћis Suduri bisharћi ћolil mavta val ќuburi» nomli kitoblarida «Dafn paytida aytiladigan narsalar bobi»da jumladan ќuyidagilarni keltiradi:«Tabaroniy va Bayћaќiylar Ibn Umar mroziyalloћu anћudan riivoyat ќiladilar: «Rasululloћ salalloћu alayћi vasallamning «Ќachon biringiz vafot etsa, uni ushlab turmanglar. Uni ќabriga tezroќ eltinglar. Uning bosh tarafida «Fotiћa»ni ќiroat ќilinsin» deganlarini eshitganman», dedi».Bayћaќiyning lafzida: «Baќaraning avvalini, ikki oyoѓi tarafida «Baќara» surasining oxirini ќabriga o‘ќisin», deyilgan.Tabaroniy Abdurroћman ibn al-Alaa ibn al-Ћallojdan rivoyat ќiladi:«Otam menga «Ќachon meni laћadimga ќo‘ysang, bismillaћi va ala millati Rasulillaћi sallalloћu alayћi vasallam, degin. So‘ngra ustimga tuproќ tortgin. Keyin bosh tarafimda «Baќara» ning avvali va oxirini ќiroat ќilgin. Men Rasululloћ salalloћu alayћi vasallam shuni aytganlarini eshitganman» dedi».Yana o‘sha kitobning «Mayytiga yoki ќabrga Ќur’on ќiroat ќilish bobi»da imom Jaloliddin Suyutiy roћamatulloћi alayћi ќuyidagilarni yozadi:«Musulmonlar barcha asrlarda ћech ќanday inkorsiz jamlanib o‘liklariga ќiroat ќilib kelmoќdalar. Bas, bu narsa ijmo’ bo‘ladi. Bularning ћammasini Ћofiz Shamsiddin Abdul Voћid al-Maќdisiy al-Ћanbaliy shu masala bo‘yicha ta’lif ќilgan juzida zikr ќilgan.Ќabrga ќiroat ќilishga kelsak uning shariatda borligiga bizning asћoblarimiz va boshќalar jazm ќilganlar.Az-Za’faroniy: «Shofe’iy raћimaћulloћudan ќabr oldida ќiroat ќilish ћaќida so‘radim. Ћechќisi yo‘ќ, dedi.Imom Aћmad ibn Ћanbal buni avval inkor ќilar edi. Chunki unga biror rivoyat etmagan edi. Unga rivoyat etganda o‘z fikridan ќaytgan».Imom Jaloliddin Suyutiyning «Sharћis Suduri bisharћi ћolil mavta val ќuburi» nomli kitobida zikr ќilingan imom Aћmad Ibn Ћanbalga ќabr ustida ќiroat ќilishga ћujjat bo‘lgan rivoyatni ќandoќ etganinini shayx Abdulfattoћ Abu Ѓudda raћmatulloћi alayћi «Salasu rasoila fii istiћbobi duoi va raf’ul yadayni fiyћi ba’das salovotil maktuba» nomli kitobga yozgan muќaddimada o‘ќiymiz:«Ibn Ќayuyum «Kitobur ruћ»ning avvalida (51-betda) zikr ќiladi: «al-Xallol aytdi:«Ћasan ibn Aћmad al-Varroќdan, u Ali ibn Muso al-Ћaddoddan rivoyat ќiladi: «Aћmad ibn Ћanbal va Muћammad ibn Ќudoma al-Javћariylar bilan birga janozada edim. Mayyit dafn ќilinganida bir ko‘r kishi ќabr yonida o‘tirib ќiroat ќila boshladi. Shunda Aћmad unga:«Ey sen! Ќabrning yonida ќiroat ќilish bid’atdir!» dedi.Maќbaradan chiќќanimizda Muћammad ibn Ќudoma Aћmad ibn Ћanbalga:«Ey Abu Abdulloћ! Mubashshir al-Ћalabiy ћaќida nima deysan?» dedi.«Ishonchli odam», dedi.«Undan biror narsa yozganmisan?» dedi.«Ћa», dedi.«Mubashshir menga Abdurroћman ibn al-Alaa al-Lajlajdan, u o‘z otasidan xabar berdi. O‘sha odam dafn ќilinganidan so‘ng bosh tarafida Baќaraning avvali va oxirini o‘ќishni vasiyat ќilgan va Ibn Umarning shundoќ vasiyat ќilganini eshitganman, degan ekan», dedi.Shunda Aћmad unga:«Ќaytib borib ћaligi odamga ayt, ќiroat ќilaversin», dedi».Imom Aћmadni Alloћ raћm ќilsin. U bilan ћaќning orasida adovat yo‘ќ edi» (7-8-betlar).Ћadisi sharifda rivoyat ќilinganki, safarga chiќќan bir odam bilmasdan ќabr ustiga kapa tikib oladi. Keyin ќabr ichidagi inson «Taborak» surasini oxirigacha ќiroat ќilganini eshitib, buni Payѓambar sollalloћu alayћi vasallamga zikr ќilinganda u zot: «U (Taborak surasi) man ќiluvchidir. U najot beruvchidir. Unga ќabr azobidan najot beradi», deganlar. O‘likning ќabr ichida turib Ќur’on ќiroat ќilgani sobit bo‘lganidan keyin tiriklar ќabr ustida turib ќiroat ќilishlarini nima uchun man ќilish kerak?! Shuning uchun, bizda dafndan keyin «Taborak» surasini ќiroat ќilish odat bo‘lgan.
20 Апрел 2022, 19:27 | Савол-жавоблар | 172 | Boshqa ibodatlar