E moddalari
Assalomu alaykum! V nekotorыx produktax pitaniya ispolzuyutsya dobavki, soderjaie svinoy jir. Prejde chem pokupat produkt, tak je, kak vы proveryaete srok godnosti produktov, obratite vnimanie na sostav produktov. Mnogie komponentы dobavok soderjat svinoy jir. Smotrite nomera nekotorыx takix dobavok! E100, E101, E102, E103, E110, E
, E120, E123, E124, E126, E127, E128, E140, E141, E152, E153, E206, E210. E213, E214, E216, E234, E252, E270, E280, E325, E326, E327, E334, E335, E336. E337, E374, E420, E422, E430, E431, E432, E433, E434, E435, E436, E440, E442, E470, E471, E472, E473, E474, E475, E476, E477, E478, E480, E481, E482, E483, E488, E489, E491, E492, E493, E494, E495, E542, E550, E570, E572, E577, E591, E631, E632, E633, E635, E904. Dobavki soderjaie spirt: E637, E1510. Suestvuyut takie produktы, kotorыe daje esli i ne soderjat svinoy jir, no vrednы dlya zdorovya , vыzыvaya razlichnыe bolezni. E103, E105, E
. E227, E239. E330, E121, E125, E126, E127, E130, E152, E181, E211, E212, E213, E214, E215. Ushbu ma’lumotni Kozog‘iston saytlaridan biri minbar.kz da o‘qidim. Buni qanchalik to‘g‘riligi bilmoqchi edim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! SAVOL - Margarin, shokolad va boshqa ba’zi bir oziq-ovqat mahsulotlarining yorliq qogozida uning tarkibida E-322 moddasi borligi yoziladi. Ba’zilarning aytishiga qaraganda bu cho‘chqa yog‘i ekan. Chindan ham shundaymi? Shuningdek, bizga noma’lum bo‘lgan mana shunday mahsulotlarning halol ekanligiga qanday ishonch hosil qilish mumkin?JAVOB – Albatta, bu hozirgi kunda ko‘p takrorlanadigan savollardan hisoblanadi. Faqat E-322 emas, balki shunga o‘xshagan ramz bilan ishora qilingan ko‘pgina moddalar bor. Ana o‘sha moddalar oziq-ovqat mahsulotlarini ma’lum bir saviyada ushlab turish, yoki qandaydir bir boshqa vazifalarni bajaradigan moddalar bo‘ladi. Ular bitta cho‘chqa yogidan tashkil qilingan emas, balki bir necha qorishma narsalardan tashkil qilingan – «jalatin» yo shunga o‘xshagan turli moddalar hisoblanadi. Ularning ichida cho‘chqa yogi qo‘shib ishlatilgan bo‘lishi mumkin, yoki ko‘proq hayvonlarning suyaklari ishlatilgan bo‘ladi va o‘shaning ichida cho‘chqaning suyagi ham bo‘lishi mumkin.Mana bu masalaga avval bo‘lmaganligi uchun eski kitoblarda javobini topa olmaymiz, lekin hozirgi zamon ulamolari bu masalalarni puxta, nihoyatda diqqat bilan o‘rganishgan, mana shu oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlaydigan kishilar bilan, olimlari bilan o‘tirib, tarkiblarini, tahlillarini – hamma narsalarini ko‘pchilik bo‘lib o‘rganib chiqishgan va o‘z xulosalarini aytishgan.Bu masala bizning diyorimizda, xalqimizning orasida endi-endi surishtirib borilayotgani e’tiboridan, mo‘min-musulmonlar bunga qiziqib, hukmini o‘rganishga qiziqayotganligi e’tiboridan bu masalaga batafsil to‘xtab o‘tmoqchimiz va ana o‘sha to‘xtab o‘tishda asosan, Islom fiqhi akademiyalari, tibbiy ilmlar bo‘yicha islom tashkiloti ulamolari va bugungi kunimizda ko‘zga ko‘ringan faqihlarining majlislar o‘tkazib, maslahat va chuqur tahlil qilib o‘rganib chiqqandan keyingi xulosalarini sizlarga etkazishga harakat qilamiz.Mana shunday savol boshqa ulamolarga ham berilgan. Bizga berilgan savolda E-322 deyilgan bo‘lsa, boshqalarda, mana misol uchun «Musulmon ozchiliklar fiqhi» deb nomlangan kitobdagi savolda E-422, E-553 deb ramz qilingan moddalar haqida so‘raladi. Unda ham, bizning savolimizdagi kabi «mana shu moddalar ichiga aralashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlarini esa bo‘ladimi, bizga aytilishicha ana shu narsalarning asli cho‘chqaning yogi yoki suyagidan emish?» degan savollar berilgan.Javobga aytilyaptiki, ana o‘sha raqamlangan moddalarning hammasining ham asli cho‘chqaning suyagidan yoki yogidan bo‘lavermaydi. Ba’zi holatlarda o‘sha narsalarsiz qilingan holatlar ham bor. Lekin harom narsadan qilingan farazni e’tiborga olsak ham, fuqaholarning barcha jumhurlari qaror qilishganki, «Agar najas narsa boshqa narsalarga aralashib yo‘q bo‘lib ketsa, uning hukmi ham o‘zgaradi.Misol uchun: hamr moddasi – mast qiluvchi ichimlik o‘zi joyida turgan holida mast qiluvchi ichimlik holidan o‘tib sirkaga aylanib qolsa, halol bo‘ladi. Yoki najosat narsa kuyib kul bo‘lsa, uning ham hukmi o‘zgaradi - pokka aylanadi.Shuningdek, najosat narsa tuzning ichiga tushib, tuz uni eb yuborsa, uning ham hukmi o‘zgaradi. Misol uchun, bir hayvon, hoh u it bo‘lsin yoki cho‘chqa bo‘lsin tuz koniga qulab tushgan bo‘lsa-yu, tuz uni tamoman eb yuborsa, uning itlik yoki cho‘chqalik xususiyati tamoman yo‘qoladi, u umuman vujudda bo‘lmay yo‘qqa aylanib ketadi. Endi o‘sha erda tuzgina qoladi, ana shu paytda sifati o‘zgargan bo‘ladi va ismi ham qolmaydi, o‘zgaradi. Shunga binoan uning hukmi ham o‘zgarib najosatdan poklikka aylanadi.Mana shu gaplardan xulosa chiqarib aytamizki - biz bunday xolatlarda narsalarning asliga qarab hukm chiqarmaymiz, chunki hamrning asli o‘zi uzumdan bo‘ladi, yoki shunga o‘xshagan shariatda ruxsat berilgan muboh narsalardan bo‘ladi. Lekin, o‘sha uzum, yoki bugdoy, yoki bir narsa ishlov berish oqibatida uzumlik, bugdoylik holini o‘zgartirib, mast qiluvchi ichimlikka aylanadi. Ana shu paytda «buning asli uzum edi, ichsa bo‘laveradi» demaymiz. Chunki turgan holiga qarab hukm chiqaramiz – «bu uzum edi, hozir xamrga-hamrqa aylanibdi, harom bo‘ldi» deymiz. Ana shu hamrqa aylanib turgan narsa ma’lum bir muddat o‘tib, o‘zgarib, sirkaga aylanib qolsa, «bu asli hamr edi, endi sirka bo‘libdi, ishlatmaymiz» demaymiz, balki «bu sirka, buni ishlatsa halol, o‘zi pokdir» degan hukmni chiqaramiz.Hozirgi kundagi ba’zi bir gizo yoki davolarga cho‘chqaning biror narsasi aralashgan bo‘lsa ham, lekin o‘sha aralashgan narsa o‘zining asl xususiyatini yo‘qotgan bo‘ladi. Boshqacha ibora bilan aytganimizda, «kimyoviy o‘zgarish oqibatida butunlay boshqa bir narsaga aylanib qoladi. Endi uning nopokligi, najasligi qolmaydi va o‘sha narsada «cho‘chqaning go‘shti harom» deb aytadigan hukmga hech qanday doxil bo‘lmay qoladi.Misol uchun, o‘sha narsalardan qilingan moddalardan ba’zilari hayvonning suyagidan qilinadi, gohida o‘sha suyak cho‘chqaning suyagi ham bo‘lishi mumkin. Bu ishdan xabardor bo‘lgan, e’tiqodli odamlarning aytishicha ana o‘sha qo‘shilgan modda – cho‘chqaning yogi yoki go‘shti bo‘lgan narsa kimyoviy aralashuv oqibatida o‘zining xususiyatini batamom yo‘qotgan bo‘ladi. Ana shunday narsalardan ba’zi vaqtlarda sovun qilish mumkin, yoki tish tozalaydigan «ma’jun» - pastalar qilish mumkin va bulardan foydalanish mumkin. Chunki hali aytganimizdek, mazkur moddalar o‘zining asl mohiyatini yo‘qotgan, batamom pok-halol narsaga qo‘shilib ketgan narsalar bo‘ladi.Yana mana shu ma’noda sizlarning e’tiboringizga 1995 yil milodiy sanada, 22-24 may kunlari Kuvayt davlatida bo‘lib o‘tgan «Tibbiy ilmlarning islomiy munozzamasi» nomli tashkilotning katta ilmiy anjumanida oziq-ovqat mahsulotlari va ba’zi dori darmonlarga qo‘shiladigan asli harom bo‘lgan moddalar to‘grisida bugungi kunning ko‘zga ko‘ringan ulamolari va tib xodimlarining juda katta ilmiy anjumani va unda taqdim etilgan
2 sahifali hujjatning oxirida chiqarilgan qarorni qisqacha ma’nosi bilan ham tanishib o‘tishga ijozat bergaysiz:«G‘izo va davodagi harom qilingan va najas bo‘lgan moddalar haqidagi qaror»1.Har bir mo‘min-musulmon odam shariati islomiya hukmlarini o‘ziga lozim tutmogi vojibdur. Xususan, oziq-ovqat va davo sohasida bunga alohida e’tibor berish kerak. Chunki mo‘min-musulmon odamning eydigan narsasi pok bo‘lmogi, ichadigan narsasi pok bo‘lmogi, davolanish uchun iste’mol qiladigan dorilari pok bo‘lmogi lozimdur.Alloh subhanu va taoloning rahmati keng. O‘z bandalariga rahm qiladigan bu ulug‘ Zot o‘zining shariatiga ergashish yo‘llarini ham engillashtirib qo‘ygan va bu borada zarurat tugilganda ba’zi bir narsalarning rioyasini e’tiborga olishni shariatiga kiritgan. Ana shunday qoidalardan birida – «zarur bo‘lgan holda man qilingan narsalarga ruxsat beriladi» deyilgan.Shuningdek, «hojat tushgan paytda bu hojat zaruratning o‘rniga o‘tadi» degan qoida ham bor. Aslida barcha narsalar mubohdir, illo haromligiga e’tiborli dalil bor narsalargina harom hisoblanadi. Shuningdek, «barcha narsalar aslida o‘zi pok» deb hisoblanadi, lekin «najasligi, nopokligiga dalil ishonchli holda keltirgan narsalargina pok emas» deb hisoblanadi.1.Ajnabiy tillardagi «alkogol» so‘zi arab tilida «al-Kuhl» deb ataladi, Lekin ajnabiylar ham alkogolni «al - Kuhl»dan olishganligi ma’lum va mashhur. Ana shu alkogol narsalar shariat nuqtai-nazaridan najas hisoblanmaydi. Bu narsa «hamma narsaning asli pokdir» qoidasi asosida bo‘lgan. Xususan, o‘sha alkogol narsalar xolis o‘zi bo‘lsa ham, boshqa narsa aralashtirilgan bo‘lsa ham, yoki suvga aralashtirilgan bo‘lsa ham baribir.Shu bilan birga, «xamr», ya’ni hamr va ichib mast bo‘lish uchun tayyorlab qo‘yilgan narsalar najosat hisoblanadi. Shunga binoan, shariat nuqtai-nazaridan alkogol - ya’ni spirtli narsalar tibbiy hojat uchun ishlatiladigan qilib tayyorlangan bo‘lsa, ularni terini, yaralarni va tibbiy asbob-uskunalarni tozalash uchun, mikroblarni o‘ldirish uchun ishlatish mumkin.Shuningdek, tibbiy ma’noda va tibbiy niyatda tayyorlab qo‘yilgan spirtlarni hidi yaxshi bo‘ladigan atirlar uchun ishlatilsa bo‘ladi. Chunki, bu erdagi ba’zi bir atirga qo‘shiladigan moddalar faqat ana o‘sha spirt bilangina erishi mumkin.Shuningdek, ba’zi bir kremlarga ham mana shu narsa ishlatiladi. Bu haligi ichadigan, mast bo‘lish uchun tayyorlab qo‘yilgan xamr – hamr hukmiga kirmaydi. Ammo, alkogol narsa mast qiluvchi modda bo‘lganligi uchun uni ichmoq, tanavvul qilmoq mutlaqo haromdir.Shuningdek, mo‘min-musulmonlar qarab, o‘rganib bilib olishlari kerakki, o‘sha o‘zlari ichadigan davolarda va uning tarkibida hamr moddasi, mast qiluvchi ichimlik moddalari bo‘lmasligi kerak. Xususan, bolalar uchun, homilador ayollar uchun beriladigan narsalarda.Shuningdek, yaxshi bilib qo‘ymoq lozimki, hozirgi kunda tayyorlanayotgan ba’zi bir dorilarning tarkibida juda ham oz miqdorda alkogol moddasi bo‘lishi mumkin, bu mast qilish niyatida emas, balki dorini ushlab turish niyatida yoki ba’zi bir davolovchi moddalarni eritib yumshatish ma’nosida, suv va boshqa narsalar bilan ularni yumshatib bo‘lmasligi yuzasidan biroz qo‘shilgan bo‘ladi. Bularni iste’mol qilsa joiz, ruxsat berilgan.Shuningdek, ba’zi bir oziq-ovqat mahsulotlariga mast qiluvchi ichimlik uchun tayyorlangan narsalarni juda oz miqdorda qo‘shilgan bo‘lsa ham iste’mol qilish mutlaqo mumkin emasdir. Bunga ba’zi bir shokoladlarning, muzqaymoqning turlari va shunga o‘xshash maxsus ovqatlar kiradi. Ba’zi bir gazli ichimliklar ham bor, ana o‘sha narsalarda mast qiluvchi narsalar qo‘shilgan bo‘ladi – hamrmi, konyakmi yoki boshqa narsalar qo‘shilgan bo‘ladi – bularni ichishga mutlaqo ruxsat yo‘q. Chunki shariat qoidasi bo‘yicha, ko‘pi mast qilgan narsaning ozi ham harom bo‘ladi.Ba’zi bir oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash paytida alkogol moddasini juda ham oz miqdorda ishlatilishi bor. Bunda uning mazasi uchun emas, balki suv yoki boshqa narsalar bilan erimaydigan narsalarni eritish uchun qilingandir. Bu ko‘p tarqalgan narsa bo‘lganligi uchun va o‘sha oziq-ovqat mahsulotini tayyorlash paytida qo‘shilgan juda oz miqdordagi alkogol narsa havoga bug bo‘lib taralib ketishi e’tiboridan undan oziq-ovqatlarni iste’mol qilishga ruxsat berilgandir.6. Ba’zi bir oziq-ovqat mahsulotlari borki, uning tarkibiga cho‘chqaning yogi qo‘shiladi va u erib boshqa narsaga aylanib ketmagan bo‘ladi hamda o‘z holida mazkur oziq-ovqat mahsulotlarini tarkibida turadi. Bunga misol aytadigan bo‘lsak – ba’zi bir pishloqlarr, moylar, yoglar va shunga o‘xshagan narsalar bor. Ba’zi pechen’elarni, shokoladlarni va muzqaymoqlarni qilishda cho‘chqaning yogidan foydalaniladi. Mazkur narsalarda cho‘chqaning yogi o‘zi turadi. Bunday taomlarning barchasi haromdir. Ularni emoq mutlaqo mumkin emasdir. Chunki ahli ilmning barchasi cho‘chqaning hamma narsasi najas ekanligiga va uni eb bo‘lmasligiga ittifoq qilishgan.Yana bir qonun shuki, cho‘chqaning moddasidan tayyorlangan «insulin» dorisi. Buni qand kasalligiga giriftor bo‘lgan bemorlar uchun davo sifatida ishlatiladi va uni shar’iy qoidalarga binoan zarurat uchun iste’mol qilsa bo‘ladi.7. Agar gizo va davoga qo‘shilgan harom narsa boshqa moddalarga aralashib, o‘z xususiyatini tamoman yo‘qotib, boshqa bir holatga aylanib qolsa, ularni iste’mol qilishi muboh bo‘ladi. Mana shu qoidaga binoan, hayvonlarning suyagidan, terisidan yoki paylaridan qilingan «jalatin» moddasi halol hisoblanadi.Shuningdek, cho‘chqaning yoki o‘zi o‘lgan hayvonning yogidan qilingan sovunlar mazkur cho‘chqa yogi yoki o‘zi o‘lgan hayvonning yogi boshqa moddalarga – pok narsalarga aralashib, o‘zining xususiyatini batamom yo‘qotsa, shakli-shamoili umuman qolmasa, hech qanday alomati bo‘lmay butunlay yo‘q holga aylanib ketgan bo‘lsa, o‘shandan tayyorlangan sovunlarni ham ishlatsa bo‘ladi.Shuningdek, ba’zi bir suriladigan malhamlar, kremlar, pardoz-andoz ashyolarini tarkibida cho‘chqaning yogidan qo‘shilgan bo‘lishi mumkin, lekin ana o‘sha narsani ziynat narsa bo‘lganligi uchun ishlatib bo‘lmaydi. Faqat hali aytganimizdek, bu narsa juda oz bo‘lib, o‘sha yogni butunlay boshqa narsaga aylanib ketganligi, uning asorati umuman qolmaganligi aniq bo‘lsagina, ishlatib bo‘ladi.Shuningdek, kishining hushini yo‘qotadigan, arab tilida «muxaddir» deb ataladigan, bizda tibbiy ma’nolarda ishlatiladigan narsalar bor – nashanavand, narkotik moddalarni birortasini tanavvul qilib bo‘lmaydi. Faqat tibbiy ma’noda, muayyan bir miqdorda, muayyan bir shaklda, tabiblarni boshchiligida va ularni tayinlashi asosidagina ulardan foydalanish mumkin, xolos».(Arabchadan so‘zma – so‘z tarjima tugadi)Alohida, ta’kidlab aytib o‘tishimiz kerakki, mana bu bo‘layotgan iznlar, ruxsatlar fatvo tariqasida aytilgan narsalardir. Ya’niki, o‘rganib chiqib, «mana shu narsa joiz bo‘ladi» degan xulosa chiqarilgandir. «Buni hamma iste’mol qilishi majbur, qilmasa bo‘lmaydi» degan ma’no mutlaqo yo‘q. Kishilarning ichida taqvo yo‘lini tutib, «mana shu narsalarni o‘zim iste’mol qilmayman, nima bo‘lsa ham ichida shubhali narsa borligi ko‘nglimni xira qilyapti» degan odamlar bo‘lsa, ular albatta taqvo yo‘lini tutganlari afzal. Ko‘ngillari tortgan holatda eng shubhasiz narsalarni iste’mol qilib yurishlari o‘zlarining ishi – taqvolari.Lekin, ulamolar ruxsat berib qo‘ygan tarafni olib «ulamolar ruxsat bergan, mana shu narsalardan iste’mol qilsak joiz ekan» deb ba’zi bir odamlar iste’mol qilsa, taqvo yo‘lini tutganlar ularni malomat qilmasliklari kerak. Aksincha, fatvo yo‘lini tutib turganlar taqvo yo‘lini tutganlarni malomat qilmasliklari kerak.Har kim muftiylarning fatvo berishlari bilan birga yana o‘z qalbiga o‘zi fatvo berib, shariat hududida turgan ikki tarafdan birini olishga haqqi bor hisoblanadi.Alloh subhanu va taolo barchalarimizni oziq-ovqatimiz, dori-darmonimiz halol, pok bo‘lishini O‘zi nasib qilgan bo‘lsin, barchalarimizga O‘zi pok yurishni ta’minlagan bo‘lsin. Omiyn! Vallohu a’lam! Shayx Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh https://old.islom.uz/content/view/358/137/
22 Апрел 2022, 07:18 | Савол-жавоблар | 170 | Dolzarb savollar