Vitr Vojib namozi haqida

Janobi Shayh xazratlari,Men Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida ishlayman. Bu erda odamlar Vitr namozini:1. Jamoat bilan o‘qimaydilar, ya‘ni uylarida o‘qiydilar.2. Avval 2 rakaat o‘qib, ikki tomonga salom berishadi. Keyin alohida 1 rakaat namoz o‘qishadi, ya‘ni Fotiha va zam suralaridan keyin rukuga ketiladi, so‘ng rukudan qaytib turib Qunut duosini o‘qishadi - qo‘llarini havoga duo qilayotganday ko‘targan holda. Ular o‘qiydigan Qunut duosining so‘zlari biz o‘qiydigan Qunut duosidan boshqacha.Iltimos shu savolga oydinlik kiritsangiz.Oldindan rahmat.Sarvar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Ularning mazhablari boshqa. Bu hech ajablanadigan holat emas. Siz avval bu kabi ishlardan bexabar bo‘lganingiz uchun sizga g‘alati ko‘ringan bo‘lishi mumkin, xolos.

22 Апрел 2022, 13:27 | Савол-жавоблар | 186 | Boshqa ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar