Vitr namozini jamoat bilan birga ukish

Hurmatli Shayx hazratlari! Olloxdan sizga ikki dunyo saodatini tilagan xolda, xamda izlash bo‘limidan savolimga javob topa olmaganim tufayli murojaat etishga ruxsat bergaysiz. Hurmatli Shayx hazratlari, men ayni vaktda Rossiyaning Ximki shaxrida ishlayapman, Olloxga shukrki namozlarimni kanda kilmasdan iloji boricha xamxonam bilan birgalikda jamoat bulib ukib kelmokdamiz. Xar kun xufton namozini ukishda vitri vojibni ham jamoat bulib ukir edik. Lekin yakinda uyimizga mexmonga kelgan bir akaxon ushbu ishimiz notugri ekanligini, virt namozi fakat Ramazon oyida jamoat bulib ukilishi mumkinligi, kolgan vaktda esa alohida ukilishini aytib koldilar. Men juda ikkilanib koldim, meni uylashim buyicha jamoat bilan ukilar edi, u mexmonning gaplari tugri bulsa, endi ukilgan vitr namozlarimiz nima bo‘ladi? Yana meni uylantiradigan xolat men doimo shu paytgacha imomlikka utib ukiganmiz. Savolimga beriladigan javobingiz uchun sizga oldindan raxmat. Biz kabi ilm izlaganlar savollariga erinmasdan kimmatli vaktingiz ayamay berayotgan javoblaringiz uchun sizga Alloh uzi siz kutgandan ham ziyoda ajrlari bilan mukofotlasin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Vitr faqat tarovih namozidagina jamoat bilan o‘qiladi.

22 Апрел 2022, 13:28 | Савол-жавоблар | 161 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar