kalb zinosi
Assalamu alaykum va raxmatulloxi va barokatux. Xurmatli Shayx xazratlari uzur qimmatli vaqtizni olganim uchun. Alloxim martabezni ulug,kadrizni baland kilsin. Sizdan suramoqchi bo‘lgan iltimosim bir do‘stim gunox ish qilvotdi, mani so‘zlarim unga ta’sir qilmayabdi, lekin u sizni juda xurmat qiladi, sizni gaplariz aniq xujjatlar orqali ifoda etilgani uchun sizni aytganlarizga albatta amal qiladi. U turmushga chiqqan farzandlari bor, turmush o‘rtog‘i xam yaxshi odam. Lekin u “birnchi muxabbati” bo‘lgan bir inson u xam oilali farzandlari bor bo‘lgan odam bilan telefonda gaplashadi,sms yozishadi,internetda gaplashishadi ba’zida uchrashib kafeda yoki mashinada gaplashib xam turishadi. Unga bunaqa qilma u sanga nomaxram xisoblanadi, qalb zinosi degan narsala bor desam, u man faqat gaplashaman-u yomon ish qilmimanu devotdi shunga iltimos sizdan bu ish gunoxligi to‘g‘risida nomaxramlarga qanday munosabatda bo‘lish, eriga sadoqat to‘risida unga ta’sir qilagan qilib javob bersangiz man unga javobizni ko‘rsatardim. Shoyadki Alloxning marxamati va sizning ilmingiz ziyosi bilan u tavba qilib to‘g‘ri yo‘lga qaytsa.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Balog‘atga etgan muslima nomahram erkak bilan yolg‘iz qolishining o‘zi katta gunoh. Bunga zinhor yo‘l qo‘ymaslik kerak.Uqba ibn Omir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Ayollarning oldiga kirishdan hazir bo‘ling!» dedilar. Shunda bir odam: «Ey Allohning Rasuli, erning qarindoshiga nima deysiz?» dedi.«Erning qarindoshi o‘limdir!» dedilar u Zot».Ikki Shayx va Termiziy rivoyat qilishgan.Bu hadisi sharifda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam nomahram erkaklarni ayollar oldiga kirishdan man qilmoqdalar. Chunki bu juda ham xatarli ishdir. Hech kim yo‘q joyda bir ayol bilan bir erkakning xoli qolishiga olib keladi. Bu esa o‘z navbatida noshar’iy, harom ishga, hech demaganda shubhaga, yomon fikr tug‘ilishiga sabab bo‘ladi. Faraz qilaylik, bir ayol o‘z uyida yolg‘iz o‘tiribdi. Eshikdan bir nomahram erkak chaqirib keldi. Ichkariga kirdi. Mazkur ayoldan boshqa hech kim yo‘qligini bildi. Shu payt ikkisini ham Shayton vasvasa qilishi, zinoga boshlashi hech gap emas. Bundoq holatlar tez-tez bo‘lib turishini hamma yaxshi biladi. Zinoning ko‘pchilik holatlari ayni begona erkak va ayolning bir joyda xoli qolishlaridan boshlanishi hech kimga sir emas.Ba’zi birlar da’vo qiladigandek, xoli qolgan erkak va ayol ochiq ko‘ngillik bilan «do‘stona» gaplashib o‘tirishdi ham deylik. Nimani gaplashishadi? Shu payt xotinning eri yoxud erkakning xotini kelib qolsa, ularni do‘stona gaplashib o‘tirishibdi, deb o‘ylaydimi? Umuman boshqa bir odam, qo‘ni-qo‘shni ko‘rib qolsa-chi?Ba’zi bir kishilar erning qarindoshlari kelib-ketib turishadi, zarurat yuzasidan hech kim yo‘g‘ida xotin oldiga kirsa nima bo‘libdi, deyishadi. Sahobai kiromlar ham xuddi shu savolni Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan so‘rashgan ekan. U Zot bu ish o‘lim bilan barobarligi haqida xabar beribdilar. Ya’ni, shunchalar xatarli debdilar. Chunki bu narsa beparvolikka sabab bo‘ladi. Mazkur e’tiborsizlik oqibatida esa, harom ish sodir bo‘lishi hech gap emas. Akasining xotini bilan zinoda qo‘lga tushgan ukalar oz emas. Shunga o‘xshash, boshqa nomahram qarindoshlar ham. Shuning uchun zinhor va zinhor ushbu hadisi sharifga xilof qilmaslik kerak. Buning uchun kimningdir bu shar’iy amrni tark etgani tufayli zino qilib qo‘ygani yoki shubhaga qolib, bir oila buzilgan bo‘lishi shart emas. Shariatda bir hukm joriy bo‘lganmi, mo‘min-musulmon kishi unga qat’iy amal qilaverishi lozim.Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Eri g‘oyib ayollar oldiga kirmanglar. Chunki shayton har biringizning qon tomirida yuradi», dedilar. Biz u Zotga: «Sizda hammi?» dedik.«Menda ham. Lekin Alloh yordam berib, men salomat qolganman», dedilar».Eri g‘oyib, o‘zi yolg‘iz ayolning oldiga begona erkakning kirishi shaytonning vasvasasiga yo‘l ochishi turgan gap. Bundoq paytlarda har qanday erkak, har qanday ayol ham shaytonning vasvasasidan qutulib qolishi amri mahol. Hatto Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam ham o‘z hollaricha bu narsadan qutulmagan ekanlar. Alloh taolo u Zotga maxsus yordam berib, alohida ravishda saqlab qolgan ekan. Bu payg‘ambarlik ma’sumligidir. Alloh taolo, barcha payg‘ambarlarni, shu jumladan, Muhammad sollallohu alayhi vasallamni ham shayton vasvasasiga uchishdan, gunoh sodir etishdan O‘zi saqlagan.Shundoq bo‘lganidan keyin hech kim beparvo bo‘lishi kerak emas. Hamma, kim bo‘lishidan qat’i nazar, bu masalada o‘zini saqlashi lozim.Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bir erkak zinhor bir ayol bilan xoli qolmasin! Agar shundoq bo‘lsa, uchinchilari shayton bo‘lur», dedilar». Ikkisini Termiziy rivoyat qilgan.Ushbu hadisi sharif oldingi hadislardagi ma’noni yana ham ham ochiqroq ta’kidlab kelmoqda.
24 Апрел 2022, 14:35 | Савол-жавоблар | 212 | Oila va turmush