ismlar haqida savol?

Hazrat sizni yana bir savolim bilan ozroq vaqtingizni olayotganimdan hijolatdaman...yaqinda ota-ona farzandlariga quygan ismlari yuzasidan maxsharda javob berishlari tugrisida uqib qoldim.eng hunuk ismlar deb ayrim islar yozilgan ekan.shulardan GULNORA ismi. gul-gul, nor-duzah degan manoni anglatarmish. demakki duzah guli degani...Qizimizga ism quyishdan oldin rossa kitob uqiganman. va meni ismimga yaqin bulsin deb turmush urtogim bn kelishgan xolda DINARA deb quyganmiz. boshida hamma bu tatarcha ism deb qarshi chiqdi. Ammo kitobda arabcha ism. <tillo tangadek qiymatli guzal> degan menolarni anglatadi deb yozilgan ekan.LEKIN...yuqorida yozganlarim bilan solishtiradigan bulsam, Nor degani duzah manoda keladigan bulsa demak qizimni ismi Dinning duzahi degan manoda kelayaptiku???hazratim iltimos shu savolimga aniq javob bersangiz. Agar rostan shu manoda kelsa nima qilay qizmni ismini almashtiraymi?qulogiga azon uqilayotganida ham DINORA deb uqilgan...javobingizga mushtoqman
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Gulnora forscha ism. Ma’nosi anor gul degani. Arabchada gulni zahratun deyiladi. Bilib-bilmasdan har-xil gaplarni gapirish yaxshi emas. Diynor so‘zi arab tilida bir tillo tanga deganidir. Ammo bu so‘zning muannasi – jenskiy rodi bo‘lmaydi. Ya’ni, diynora degani bo‘lmaydi. Arablar qizlariga bu ismni qo‘ymaydilar. Sizlar o‘zingiz shu niyatni qilgan bo‘lsalaringiz o‘z ishingiz.

25 Апрел 2022, 17:24 | Савол-жавоблар | 263 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar