Xomiladorlikda momolarga islik osh qilish
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, kelinim xomilador, 3 oylik, menga buvilarimiz xar toq oylarda ya’ni 3,5,7 oyda momoga islik osh, 9 oylikda esa chuchvara berish kerak deb qo‘yishmayapti. Bu bid’at amalga kirib qolmaydimi? O‘zi xomiladorlik vaqtida qanday duolar o‘kish kerak, eson omonlik bilan sog‘lom bola tug‘ish uchun, agar savolim noo‘rin bo‘lsa oldindan kechirim surayman, javobingizni kutaman, katta rahmat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Momolarga atab narsa qilish joiz emas. Odamlar o‘zlaricha ba’zilari o‘zlaridan “xudocha” yasab olishgan, ba’zilari esa kimlarnidir “xudocha” deb e’tiqod qilishadi. Xech kim xech kimni baxtini bog‘lay olmaydi, Alloh xohlamasa biror ishni xech kim yurishtirolmaydi ham baxtini ham ocholmaydi. Kimdir “men baxt yo‘lini ochaman, ishlarini yurishtiraman, boylik beraman” desa shirk ishini qilgan bo‘ladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam عَنْ وَرَّادٍ مَوْلَى الْمُغِيرَةِ بْنِ شُعْبَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: كَتَبَ الْمُغِيرَةُ إِلَى مُعَاوِيَةَ إنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ كَانَ إِذَا فَرَغَ مِنَ صَلَاتِهِ وَسَلَّمَ قَالَ: لَا إِلَهَ إِلَّا اللهُ وَحْدَهُ لَا شَرِيكَ لَهُ، لَهُ الْمُلْكُ وَلَهُ الْحَمْدُ، وَهُوَ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ، اللَّهُمَّ لَا مَانِعَ لِمَا أَعْطَيْتَ، وَلَا مُعْطِيَ لِمَا مَنَعْتَ، وَلَا يَنْفَعُ ذَا الْجَدِّ مِنْكَ الْجَدُّ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ إِلَّا التِّرْمِذِيَّ Mug‘iyra ibn Sho‘’ba roziyallohu anhuning mavlolari Varrod roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Mug‘iyra Muoviyaga:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qachon namozlaridan forig‘ bo‘lib, salom bersalar:
«Laa ilaaha illallohu vahdahu la shariyka lahu lahul mulku va lahul hamdu va huva ala kulli shay’in qodiyr. Allohumma la mane’a lima a’toyta va la mu’tiya lima mana’ta va la yanfa’u zal jaddi minkal jaddu», der ekanlar», deb xat yozdi».
Beshovlaridan faqat Termiziy rivoyat qilmagan.
Duoning ma’nosi: «Allohdan o‘zga ibodatga sazovor Zot yo‘q. Uning O‘zi yolg‘izdir, sherigi yo‘qdir. Mulk Unikidir. Hamd Unikidir. U har bir narsaga qodirdir. Allohim, Sen bergan narsani man qiluvchi yo‘q. Sen man qilgan narsani beruvchi yo‘q. Sendan bo‘lgan iqobni qaytaruvchi yo‘q».
Ko‘pchilik kishilar ushbu nabaviy duoni yodlab olib, o‘qib yuradilar. Bilmaganlar uni yodlab olsalar, yaxshi bo‘ladi. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!
27 Апрел 2022, 04:44 | Савол-жавоблар | 168 | Oila va turmush