Safar oyida to‘y qilish
Assalomu alaykum! Xalq orasida safar oyi kirganda to‘y qilib bo‘lmaydi degan gaplar yuradi. Bu gaplar o‘rinsiz ekanligini bilsamda aniq isbotini keltirib berolmayman. Sizlardan iltimosim shuki yuqorida keltirilgan gaplar quruq cho‘pchakdan boshqa narsa emasligini isbotlovchi hadislardan misol keltirsangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Arab tilida buni sofar deyiladi. Safar oyi deb irim qilish dinimizda yo‘q.عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: لَا عَدْوَى وَلَا هَامَةَ وَلَا نَوْءَ وَلَا صَفَرَ. رَوَاهُ الثَّلَاثَةُAbu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:«Kasallik yuqishi yo‘q, boyqush yo‘q, nav’u yo‘q va sofar yo‘q», dedilar».Uchovlari rivoyat qilganlar.Sharh: Islomdan oldingi johiliyatda ham johillikning turli-tuman ko‘rinishlari mavjud edi. Jumladan, tibga oid masalalarda ham. Ushbu faslda keladigan hadisi shariflar ana o‘sha narsalarni muolaja qiladi, ularni Islom dini qanday qilib to‘g‘ri yo‘lga solganligini tushuntiradi. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan bu hadisi sharifda johiliyatning to‘rtta johilligi inkor qilinmoqda. 1. «Kasallik yuqishi yo‘q» Johiliyat ahlida «Xastaliklarda o‘ziga yarasha quvvat bor, ular bir kishidan ikkinchisiga o‘sha quvvat yordamida o‘tadi», degan e’tiqod bor edi. Hozirgi johiliyatda ham xuddi shu e’tiqod bor. «Unday bo‘lsa, xastalik yuqishi yo‘qmi?» degan savol paydo bo‘lishi turgan gap. Bunga javob shuki, xastalik Alloh iroda qilsagina yuqadi. Xuddi shu ma’no Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning ushbu hadisi shariflarida va shunga o‘xshash boshqa hadisi shariflardagi «Kasallik yuqishi yo‘q» degan gaplarida mujassam bo‘lgan. Dunyodagi har bir narsa faqatgina Alloh taoloning irodasi bilan bo‘ladi. Jumladan, xastalik yuqishi ham. Odamlardan johiliyat e’tiqodlarini ketkazish uchun shunga o‘xshash hassos narsalarga alohida e’tibor berilgan. 2. «Boyqush yo‘q» Johiliyat davrida turli narsalardan shumlanish mavjud bo‘lib, bu narsa ularning e’tiqodiga aylanib qolgan edi. Jumladan, «Qaerga boyqush qo‘nsa, o‘sha erda yomonlik bo‘ladi, o‘sha er xarobaga aylanadi», degan e’tiqod bor edi. Islom bu narsani ham inkor etdi. Birovga ko‘ngilsizlik yoki yomonlik etadigan bo‘lsa, boyqush yoki boshqa qush qo‘ngani sababli emas, Alloh taoloning irodasi ila bo‘ladi. Alloh iroda qilsa, har qanday holatda ham bandaga xastalikni oriz qilganidek, boyqush qo‘nsa ham, qo‘nmasa ham yomonlikni voqe’ qilishi, gullab, yashnab yotgan joylarni xarobaga, vayronaga aylantirishi mumkin. 3. «Nav’u yo‘q» «Nav’u» – johiliyat ahli «yomg‘ir yog‘diradi», deb e’tiqod qiladigan yulduz. Ular o‘zlaricha «Yomg‘irni o‘sha yulduz yog‘diradi», deyishar edi. Albatta, bu ham noto‘g‘ri. Yomg‘irni faqatgina Alloh taoloning O‘zi yog‘diradi. 4. «Sofar yo‘q» Johiliyat ahlining Safar oyi to‘g‘risida ham bid’at-xurofotdan iborat aqiydalari bor edi. Ular «U oyda safar qilib bo‘lmaydi, u bo‘lmaydi, bu bo‘lmaydi», deyishar edi. Islom bunday bo‘lmag‘ur e’tiqodlarni ham rad etdi. Oylarning hammasi ham Alloh taoloning oylari, kunlarning hammasi ham Alloh taoloning kunlari ekanligini e’lon qildi. Qolaversa, bu oyning ismi arab tilidagi «sod» harfi bilan yoziladi. Yo‘lga chiqish, uzoq masofaga otlanib chiqish degan ma’nodagi safar so‘zi esa «sin» harfi bilan yoziladi. Sofar oyida safar qilib bo‘lmaydi, degan gaplarning qanchalik bo‘lmag‘urligi shundan ham ko‘rinib turibdi. Ushbu hadisi sharif asosan e’tiqodga oid masalalarni, jumladan, tibga oid e’tiqod masalasini ham muolaja qilmoqda. Demak, bizlar «Kasallik o‘zi yuqmaydi, Alloh taolo iroda qilsagina yuqadi», degan e’tiqodni mahkam tutishimiz kerak ekan. Bu masala keyin keladigan hadisi shariflarni o‘rganishimiz jarayonida yana ham oydinlashib boradi.عَنْ جَابِرٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: لَا عَدْوَى وَلَا غُولَ وَلَا صَفَرَ. رَوَاهُ مُسْلِمٌ وَأَبُو دَاوُدَJobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:«Kasallik yuqishi yo‘q, g‘ul yo‘q va safar yo‘q», dedilar».Muslim va Abu Dovud rivoyat qilganlar.Sharh: Bu hadisi sharifda avvalgi bayoni kelgan narsalarga g‘ul ham yo‘qligi qo‘shilmoqda. «G‘ul» – johiliyat ahli tasavvuridagi bir jin bo‘lib, ular uni «Turli shakllarga kira oladi, odamlarni adashtirib, turli balolarga uchratadi», degan e’tiqodni qilishar edi. Islom bu noto‘g‘ri e’tiqodni ham rad etdi.عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: لَا عَدْوَى وَلَا صَفَرَ وَلَا هَامَةَ، فَقَالَ أَعْرَابِيٌّ: يَا رَسُولَ اللهِ، فَمَا بَالُ الْإِبِلِ تَكُونُ فِي الرَّمْلِ كَأَنَّهَا الظِّبَاءُ، فَيُخَالِطُهَا الْبَعِيرُ الْأَجْرَبُ فَيُجْرِبُهَا كُلَّهَا قَالَ: فَمَنْ أَعْدَى الْأَوَّلَAbu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:«Kasallik yuqishi yo‘q, safar yo‘q va boyqush yo‘q», dedilar». Shunda bir A’robiy:«Ey Allohning Rasuli, unda tuyalarga nima bo‘lgan? Qumda xuddi ohudek yurishadi. Bitta qo‘tir tuya qo‘shilib qolsa, hammasini qo‘tir qilib yuboradi?» dedi.«Birinchiga kim yuqtirgan?» dedilar u zot».Sharh: Gap shu joyda. Agar xastalikni uning yuqishi tarqatadigan bo‘lsa, uning birinchi paydo bo‘lishi haqida nima deyiladi? «Hamma narsa Alloh taoloning irodasi ila bo‘ladi», degan e’tiqodga kelinmagunicha, bu savol zanjiri uzayib boraveradi. Alloh taologa va Uning cheksiz qudratiga, hamma narsa Uning irodasi ila bo‘lishiga iymon keltirgan kishilargina «Xastalikning birinchi paydo bo‘lishi ham, uning yuqishi ham faqatgina Alloh taoloning irodasi ila bo‘ladi», dedilar.وَعَنْهَ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: لَا تُورِدُوا الْمُمْرِضَ عَلَى الْمُصِحِّ. رَوَاهُمَا الثَّلَاثَةُYana o‘sha kishidan rivoyat qilinadi:«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:«Xastani sog‘ning oldiga keltirmanglar», dedilar».Ikkisini uchovlari rivoyat qilganlar.Sharh: Bu hadisi sharif tuyalar haqida aytilgan. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam xasta tuyani olib kelib, sog‘ tuyani sug‘orayotgan joyda aralashtirib, sug‘ormaslikka amr qilmoqdalar. Chunki sog‘ tuya ham xasta bo‘lib qolsa, egasi «xastalik yuqdi», deb afsuslanib yuradi.وَعَنْهُ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: لَا عَدْوَى وَلَا طِيَرَةَ وَلَا هَامَةَ وَلَا صَفَرَ، وَفِرَّ مِنَ الْمَجْذُومِ كَمَا تَفِرُّ مِنَ الْأَسَدِ. رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ فِي الْجُذَامِYana o‘sha kishidan rivoyat qilinadi:«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:«Kasallik yuqishi yo‘q, qush bilan fol ochish yo‘q, boyqush yo‘q va safar yo‘q. Moxovdan xuddi arslondan qochganingdek qochgin», dedilar».Buxoriy «Moxov kasalligi»da rivoyat qilgan.Sharh: Ushbu hadisi sharifdagi biz «qush bilan fol ochish yo‘q» shaklida tarjima qilgan ibora arab tilida «tiyara» deyiladi. Bu ibora «toir» («qush») so‘zidan olingan. Ushbu hadisni o‘qigan kishida «Qushning fol ochishga nima daxli bor? Yoki hozirgi ba’zi folchilarga o‘xshab, qushga xatni torttirib fol ochish avvallari ham bo‘lganmi?» degan savol paydo bo‘lishi mumkin. Qush bilan fol ochish johiliyat davrida boshqacha bo‘lgan. Johiliyat ahlidan birortasi bir ishni qilish-qilmaslikda ikkilanib qolsa, qushni qo‘lida tutib turib, uchirgan. Agar qush o‘ng tomonga uchsa, o‘sha ishni qilgan. Agar chap tomonga uchsa, u ishni qilmagan. Agar qush to‘g‘riga uchsa, yana boshqa qushni uchirgan. Ular bu ishni juda ko‘p qilganlaridan fol ochishning har qanday turiga ham «tiyara» iborasi ishlatiladigan bo‘lib ketgan. Islom dini buni ham rad etdi. Bu faslning ushbu hadisi sharifgacha bo‘lgan rivoyatlarining ba’zisida kasallik yuqishi yo‘qligi, ba’zisida kasallik yuqishidan ehtiyot bo‘lish kerakligi aytilgan bo‘lsa, bu hadisi sharifda mazkur ikki masala ham zikr qilinmoqda. Bu bilan kasallikning o‘zicha yuqmasligi e’tiqod masalasi ekanligi, kasallik yuqishidan ehtiyot bo‘lish esa dinimiz bizdan amal qilishni talab qilgan narsa ekanligi ta’kidlanmoqda. Moxov xastaligi ham yuqumli ekanligi hozirda hammaga ravshan haqiqatdir. Islomda esa bu xastalikka uchragan odamdan arslondan qochgandek qochish kerakligi o‘n besh asr ilgari ta’kidlangan. O‘rni kelganda kasalning yuqishini ilmiy ravishda birinchi bor isbot qilganlar ham musulmon tabiblar ekanligini aytib o‘tish burchimiz, bu haqiqatni biz emas, g‘arbliklar e’tirof qilganlarini ta’kidlash esa vazifamizdir. Olmoniyalik mashhur olima Zigrid Xunke xonim «Allohning quyoshi Ovruponi yoritur» nomli kitobida quyidagilarni yozadi: «1348 yilda andaluslik davlat odami (arbobi) va tabib, G‘arnota sultonining vaziri Ibn al-Xatib kasallikning xasta kishi orqali yuqishi va tarqalishi haqida ilmiy-mantiqiy risola yozdi. Kasallikning yuqishini va uning xatarlarini hamda uning odamlar boshiga keltiradigan halokatlaridan saqlanish yo‘llarini kashf etish musulmonlarning yaratuvchilik fikri asosida yuzaga chiqarilgan eng buyuk kashfiyotlardan ikkitasidir. Bu bilan musulmonlar tomonidan insoniyat uchun bebaho xizmat qilingandir» (275-276-sahifalar). Boshqa bir musulmon tabib, G‘arnota (Grenada) qasrida yashagan Ibn al-Xotiyma quyidagilarni yozgan: «Mening olib borgan uzoq muddatli tajribalarim shuni ko‘rsatadiki, kim yuqumli xastalikka chalingan shaxsga aralashsa yoki uning kiyimini kiysa, o‘sha xastalikka darhol chalinadi. Avvalgi bemorda qanday alomatlar bo‘lsa, bunda ham o‘sha alomatlar paydo bo‘ladi. Birinchi bemor qon tuflasa, ikkinchisi ham qon tuflaydi. Birinchisiga yara chiqqan bo‘lsa, ikkinchisiga ham yara chiqadi». Bundan sakson yil o‘tgandan so‘ng Ovrupo birdan kasallikning yuqishini tushunib qoldi. Odamlar bemorlarni ushlashdan yoki ularga yaqinlashishdan qochadigan bo‘lishdi. O‘zlaricha tumor taqishni boshlashdi. Ular o‘zlaricha «Tumor kasallik yuqishidan saqlaydi», deb e’tiqod qilishar edi. Xuddi shu e’tiqod ila ular xushbo‘y narsalarni tutatishga o‘tdilar. (“Hads va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
27 Апрел 2022, 06:00 | Савол-жавоблар | 148 | Oila va turmush