Soch sotish va boshqa savollar

Assalomu alaykum!  Ilmingiz ziyoda bo‘lsin ustozlar. Sochini lo‘liga sotib yoki unga buyum almashtirishning hukmi qanday? Ko‘mishning iloji bo‘lmasa yoqib yoki axlatga  tashlasa bo‘ladimi?
2). Bir kishi sotish mumkin dedi. Rahima onamizming Ayyub alauhissalom uchun shunday qilgani misol dedi.
3). Mayit sovuq va qabr tayyor bo‘lmasligini hisobga olib 12 soatdan ko‘p chiqarilmasa, ruhga azob emasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Odam a’zosining birortasini hatto sochini ham sotish harom amal hisoblanadi. Ayyyub alayhissalomning ayoliga kelsak, u rivoyat sahih emas. Qolaversa avvalgi shariatlarda juda ko‘p joiz bo‘lgan ishlar shariatimizda man qilingan. 2). Zarurat yuzasidan kechiktirish mumkin. Qarindosh urug‘larini jamlanishi uchun kutish zarurat emas. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: أَسْرِعُوا بِالْجِنَازَةِ، فَإِنْ تَكُ صَالِحَةً فَخَيْرٌ تُقَدِّمُونَهَا، وَإِنْ يَكُ سِوَى ذَلِكَ فَشَرٌّ تَضَعُونَهُ عَنْ رِقَابِكُمْ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Janozani tezlatinglar. Agar u solih bo‘lsa, uni yaxshilikka tezroq olib borasiz. Agar bundan boshqacha bo‘lsa, yomonlikni elkangizdan (tezroq) qo‘yasiz», dedilar». عَنْ أَبِيهِ أَنَّهُ سَمِعَ أَبَا سَعِيدٍ الْخُدْرِيَّ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: كَانَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ: إِذَا وُضِعَتِ الْجِنَازَةُ فَاحْتَمَلَهَا الرِّجَالُ عَلَى أَعْنَاقِهِمْ، فَإِنْ كَانَتْ صَالِحَةً قَالَتْ قَدِّمُونِي. وَإِنْ كَانَتْ غَيْرَ صَالِحَةٍ قَالَتْ لِأَهْلِهَا يَا وَيْلَهَا أَيْنَ يَذْهَبُونَ بِهَا؟! يَسْمَعُ صَوْتَهَا كُلُّ شَيْءٍ إِلَّا الْإِنْسَانَ، وَلَوْ سَمِعَ الْإِنْسَانُ لَصَعِقَ Abu Sa’id Xudriy roziyallohu anhu aytadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Janoza (tobutga) solinib, erkaklar uni elkalariga olganlarida, agar u solih bo‘lsa, «Meni tezroq eltinglar!» deydi. Agar solih bo‘lmasa, ahliga: «Eh, holimga voy bo‘lsin, meni qaerga olib ketishyapti?!» deydi. Uning ovozini insondan boshqa hamma narsa eshitadi. Agar inson eshitsa, albatta behush yiqilgan bo‘lar edi», der edilar». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!

27 Апрел 2022, 06:33 | Савол-жавоблар | 165 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar