Hojatxonada sachragan suv
Assalomu alaykum! Xurmatli ustozlar, ba’zi masjid va bozorlardagi xojatxonasiga kirganda suv yig‘iladigan bachogidan tomchilab erga suv tomayotgan bo‘ladi va u suv noma’lum miqdorda kiyimga va badanga sachraydi. Shu sachragan suv kiyimni va badanni namoz o‘qish uchun nopok qilmaydimi? Taxorat olish uchun istinjo qilib avratlarni yuvayotganda paypoq va shimga sachragan suvning hukmi qanday? Javobingiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Agar tomchi suv najosat joyga tushib, piyolaning orqasi bilan teng miqdor joyga sachrasa yoki shuncha miqdorga yoyilsa yuvish shart bo‘ladi. Tahorat oladigan joylarda kiyim yoki paypoqqa sachragan suv nopok bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!
27 Апрел 2022, 07:06 | Савол-жавоблар | 157 | Dolzarb savollar