Uyquda jin bosishi

Assalomu alaykum! Uyquda jin bosish, uyquda falaj bo‘lib qolish sodir bulishidan qanday qutilish mumkin? Bunda endi uxlayman degan vaqtda oyoq qo‘llar ishlamay qoladi, ko‘z ochiq uyg‘oq holda quloqlarimga xar xil qo‘rqinchli ovoz kiradi.  Hech qimirlashga kuch qolmaydi, zo‘rg‘a barmog‘imni qimirlatsam keyin hama joyim qimrlab uyg‘onaman. Bir yilda ikki yoki uch marta shunday holat bo‘ladi, bolalik vaqtimdan beri shu holat davom etib keladi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Hamma vaqt sunnatga muvofiq yotishga odatlansangiz bu narsalar bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

27 Апрел 2022, 07:17 | Савол-жавоблар | 227 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar