Vitr va boshqa qazo namozlari

Assalomu alaykum! Izlash xizmatidan topa olmay sizlarga savol yo‘llayapman. Vitr namozini qazosi o‘qilishidan avval aloxida iqomat aytiladimi yoki qazo xuftoni uchun aytilgan iqomat bilan o‘qisa bo‘ladimi?
2). Peshin, asr va xufton uchun aytilgan azondan keyin oradagi 10 daqiqa kutilgan vaqtda ham masjidda turib qazo namoz o‘qisa bo‘ladimi? Agar mumkin bo‘lsa o‘sha aytilgan azon etadimi yoki aloxida azon aytiladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Alohida aytilmaydi. 2). Masjidda o‘qilgan qazo namozlarga azon ham takbir ham o‘qilmaydi. Vallohu a’lam!

27 Апрел 2022, 07:28 | Савол-жавоблар | 225 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar