Nikoh haqida

Assalomu alaykum! Olloh ilmingizni ziyoda qilsin. Savolim quyidagicha. Ishxonada bir opa bilan ishlaymiz. Ularni har doim bir savol qiziqtiradi. "Men  shariatga ko‘ra boshi ochiq ayolmanmi?" degan. Sababi er-xotin 5yildan beri birga yashashmaydi. Eri ichkilikka berilib ketgan. Moddiy tomondan ham ta’minlamaydi. Farzandlari bilan qiziqmaydi. Qonunan ajrashishmagan.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Talog‘ini olmagunicha boshi ochiq emas. Vallohu a’lam!

27 Апрел 2022, 07:28 | Савол-жавоблар | 171 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar