G‘aroyib xodisa xaqida
Assalomu alaykum! O‘zimning boshimdan o‘tgan bir voqia haqida so‘ramoqchi edim. Bir necha yil avval axmoqlik qilib spirtli ichimliklarga bog‘lanib qoldim. Shunday qilib meditsina tilida «belaya goryachka» boshqacha aytganda jin kirgan bo‘ldi. Qulog‘imga tovushlar eshitila boshladi. Keyin Qur’on o‘qitib yaxshi bo‘ldim. Meni xayron qoldirgan narsa quyidagicha, ular ya’ni qulog‘imga gapirayotganlar «biz uchib ketayapmiz» deyishdi. Vaqt tonggi soat to‘rtlar atrofidaedi. Ularni ko‘rish uchun tashqariga chiqdim. Men bilan birga xotinim va uyg‘onib ketgan qizim ham tashqariga chiqishdi. Buni qarangki birinchi bo‘lib qizim osmondan uchib ketayotgan yorug‘likni ko‘rib, bizga ana qaranglar dedi. Har xil ranglardagi chiroqla aylanib sekin uchib kelardi. So‘ngra birdan chiroqlar katta tezlikda aylanib guvillagan tovush chiqdiyu, birzumda ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi. Bu qanday jumboq? Agar u bo‘lmagan narsa bo‘lsa faqat meni ko‘zimga ko‘rinishi kerak ediku.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Jinlar bor, Alloh taolo ularni turli shaklga kira oladigan qobiliyatga ega qilib yaratgan. Folbin, noshar’iy dam soluvchilar “pokiza ruh, bobolarim, momolarim, odamlarim” deb da’vo qilishayotganlari ham o‘sha jinlar bo‘ladi. Buni ajablanadigan joyi yo‘q. Vallohu a’lam!
27 Апрел 2022, 09:51 | Савол-жавоблар | 152 | Dolzarb savollar