Shom vaqti
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, ancha yillardan buyon namoz o‘qiydigan tanishlarimdan eshitishimcha shom vaqti u kirganidan so‘ng 30-35 daqiqagacha ekan. Bu gap qanchalik to‘g‘riligini bilish uchun namozga doir manbalrni o‘qiganimda shom vaqti quyosh botganidan qizil shafaq yo‘qolgungacha ekan. Man Jizzax shahrida yashayman bizda quyosh uncha katta bo‘lmagan va shahardan unchalik uzoq ham bo‘lmagan tog‘ ortiga botadi va bunda rostdan ham qizillik shu vaqt oralig‘ida yo‘qoladi va baland uylarning ko‘pligi buni aniq bilishga xalaqit beradi. Man o‘qishdan qaytguncha bu qisqa muddat ayrim hollarda o‘tib ketadi va man uning qazosini o‘qiyman. Ammo bir kuni shahardan uncha uzoq bo‘lmagan keng dalaga borganimda qizillik xufton vaqti kirgungacha yo‘qolganini ko‘rdim. Namoz vaqtini ko‘rsatuvchi shom vaqti qachongacha ekanligi ko‘rsatilmagan. Iltimos manga uning aniq vaqtini linik tashlamasdan yozsangiz bu man uchun juda muhim! Qazo qilib o‘qigan namozlarim nima bo‘ladi? Javob uchun oldindan katta rahmat. Alloh ilmlaringizni ziyoda qilsin! Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shomning vaqti xuftonning avvalgi vaqti kirguncha davom etadi. Vallohu a’lam!
27 Апрел 2022, 10:02 | Савол-жавоблар | 141 | Namoz
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shomning vaqti xuftonning avvalgi vaqti kirguncha davom etadi. Vallohu a’lam!
27 Апрел 2022, 10:02 | Савол-жавоблар | 141 | Namoz