Vahima va vas-vasdan qutulish haqida
Assalomu aleykum xurmatli Shayx Xazratlari! meni bir yil oldin xomilador bo‘lib yurgan chog‘imda onajonim to‘satdan olamdan o‘tib qoldilar. Bir necha kundan so‘ng men farzand ko‘rdim. lekin rahmatli onam o‘tgan kundan to hozirga qadar har kuni rahmatli onamni tushimda ko‘raman. 5 vaqt namoz o‘qib rahmatli ota-onam haklariga duo qilardim. Qattiq tushkunlikka tushib qolgandim. Allohdan qattiq qo‘rqib, harom bilan halolni farqlay boshladim va bir necha oydan so‘ng o‘zim vas-vas bo‘lib qolgandim. Yolg‘iz qolishdan qo‘rqib qolgandim. Meni asabi charchabdi deb nevrologiya kasalxonasida davolatishdi, onam rahmatli o‘tib qolgach anchagacha ustlarida quchoqlab yotganman. Ba’zilar o‘likni yuki tushib qolganmikinam deyishdi…Chil Yosinlar o‘qitishdi va hozirgacha goh-goh tinchlantiruvchi, vahimani turgizmaydigan dorilar ichib turaman. Meni hayolim o‘lib kolishim mumkin, yaqinlarimni yo‘qotib qo‘yish yoki o‘lim haqidagi hayollar vahimaga soladi. Kechalari uxlolmay qo‘rqib qaltirab chiqaman. Nima qilay? Maslahat bering. Alloh sizdan rozi bo‘lsin, meni duo qiling iltimos!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bilgan suralarni o‘qib o‘zingizga dam solib yuring.
27 Апрел 2022, 10:02 | Савол-жавоблар | 166 | Turli savollar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bilgan suralarni o‘qib o‘zingizga dam solib yuring.
27 Апрел 2022, 10:02 | Савол-жавоблар | 166 | Turli savollar