Qaysi oyat?

Assalomu alaykum! Qur’on tilovatidan so‘ng odatda "Subhana robbika robbil ’izzati ’amma yasifuun va salamun ’alal mursalin val hamdulillahi robbil ’alamiin" o‘qiladi. Shu qaysi suradagi oyat va qanday ma’noni anglatadi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! “Soffaat” surasi. سُبْحَانَ رَبِّكَ رَبِّ الْعِزَّةِ عَمَّا يَصِفُونَ۝  وَسَلَامٌ عَلَى الْمُرْسَلِينَ۝  وَالْحَمْدُ لِلَّهِ رَبِّ الْعَالَمِينَ۝ 180. Izzat Robbi bo‘lmish Robbing ular qilgan vasfdan pokdir. 181. Va yuborilgan rasullarga salom bo‘lsin! 182. Olamlarning Robbi – Allohga hamd bo‘lsin! Imom Ibn Abu Hotim Sha’labiydan qilgan rivoyatda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Amali to‘liq o‘lchov ila o‘lchanishi kimni xursand qilsa, majlisning oxirida, turishdan oldin: «Subhana Robbika Robbil ’izzati ’amma yasifun. Va salamun ’alal mursaliyn. Val-hamdu lillahi Robbil ’alamiyn»ni o‘qisin», – deganlar. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!

27 Апрел 2022, 11:52 | Савол-жавоблар | 147 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar