Salomlashish odobi haqida

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar. Qilayotgan hayrli ishlaringiz rivojoni bersin. Meni bir savol o‘ylantirib qo‘ydi. Balki bu savolim noo‘rindir, agar shunday bo‘lsa meni ma’zur tutgaysizlar. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining «Ijtimoiy odoblar» kitobining salomlashish odoblari bandida Husayn Voiz Koshifiyning «…salomga alik oluvchining ham tahoratli, pok bo‘lishi.» degan joyini o‘qidim. Bunda tahoratli bo‘lish haqida gap boryaptimi? To‘g‘ri doim pok va tahoratli yurish yaxshi, ammo tahorat bo‘lmasa salom berish noto‘g‘ri bo‘lib qolmaydimi? Javob uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! U erda “pok holda bo‘lish odob” deb aytilgan. Shart, vojib yoki sunnat deb aytilmagan. Vallohu a’lam!

27 Апрел 2022, 12:26 | Савол-жавоблар | 170 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar