Ikkinchi ayolga uylanish uchun birinchi ayolini roziligi shartmi?

Assalamu alaykum, Shayh hazratlari!!!Sizni vaqtingizni olib sizga murojatt qilayotganim uchun uzr. Menga ajratgan oltinga teng vaqtingiz uchun rozi bo‘ling.Sizga hurmatim baland va 15-16yildan beri muhlisangizman.Shuning uchun sizga savol,iltimos va maslahat bilan murojaat qilishga qaror qildim.Iltimos:Meni 3farzandim bor. Mubashshir, Mubina va Madina.Ularni Islomga zarracha bo‘lsa ham foydalari tegadigan insonlar bo‘lishi uchun hozirda Alloh qodir qilganicha harakatdamiz. Sizdan bir iltimos meni farzandlarim haqqiga holis duoda bo‘lsangiz.Savol:Bir kishinidan bir gap eshitib qolgan edim. Unda shunday deyilgan:Erkaklar nima uchun ikkinchi turmush qurmaydilar, ayollari ruhsat bermaganlari uchunmi? Yoki ayollaridan qo‘rqishgani uchunmi? Ahir ersiz qiynalayotagn qancha muslimalar bor. Ular hamma tomondan, ham ma‘naviy ham moddiy tomondan qiynalishadi. Mo‘min mo‘min uchun mas‘ul. Ana shu qiynalayotgan muslimalar uchun ohiratda qodir bo‘lsalarda ularni o‘z qaramog‘iga olmayotgan va ular hohlasalarda bunga tish tirnoqlari bilan qarshilik qilayotgan ayollar ham jabovgarlardir".Shu gapda jon bormi?Agar erkak kishi ikkinchi ayolga uylanmoqchi bo‘lsa birinchi ayolini roziligi shart qilinganmi?Maslahat:Meni opam qizlarini dunyoga keltirib vafot etganlar.Qizlarini men onam bilan birga tarbiyalab voyaga etkazdik. Tili chiqqanidan keyin meni ona, turmush o‘rtog‘imni dada deb chaqira boshladi.(Adasi habar olmay ketganligi va uni yodidan chiqarib yuborgani uchun) Biz ham adasi bilan uni etimligini bildirmay o‘stirishga, boshqa farzandlarimizdan kam ko‘rmasdan voyaga etkazishga harakat qilyapmiz. Hozir u 11yoshda. Shu paytgacha ko‘chadagi "yahshi" insonlar harakatlari tufayli bir necha marta, meni siz tug‘maganmisiz, meni ota-onam yo‘qmi, deb savol bergan. Meni doimo rad qilganman. Har hil bahonalar tufayli uni onasi ekanlgimiga ishontirganman. Sababi uni ko‘ngli og‘rishini va ko‘zidan yosh oqishini hohlamaganim uchun. Qur‘on va namoz o‘qiganida doimo meni opam bor edi sizlarni holangiz, uni haqqiga duo qilinglar deya o‘rgatganman. Shu ishim yomon emasmi? Ya‘ni o‘z onasini holam deya duo qilishi bilan men yomon ish qilmayapmanmi? Uni onasi vafot etganini umuman bildirmasligim mumkinmi? Yoki aytishim shartmi? Agar aytishim kerak bo‘lsa necha yoshida aytishimni maslahat berardingiz?Gaplarim uzun bo‘lib ketgani uchun sizdan ming bora uzr so‘rayman. Alloh sizdan rozi bo‘lsin. Javoblaringiz uchun oldindan tashakkur!!!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. Sizga, oila a’zolaringizga, xususan, farzandlaringizga Alloћ taolo ikki dunyo saodatini bersin! O‘zi ћifzi ћimoyasida asrasin! Sizlar orzu ќilgan narsalardan afzalini bersin! Omiyn! Sizlar ћam duo ќilib turinglar2. Albatta, musulmonlar oilasiz yurmasliklari va oilasizlarni oilali bo‘lishi uchun ћarakat ќilishlari dinimiz ta’limotidir. Erkak kishi yana uylanishi uchun birinchi ayolidan rozilik olishi shart emas. Ammo adolat ќilish shart. Erkaklarni ko‘pxotinlikka majburlash yo‘ќ. 3. Mazkura ќizga o‘zingiz lozim topgan vaќtda ћaќiќatni aytishingiz lozim. Bolalar voyaga etgandan keyin orada maћramlik va boshќa shar’iy masalalar paydo bo‘ladi. Agar ќizni o‘zingiz emizgan bo‘lsangiz u sizning va turmush xrtoѓingizning emizukli ќizingiz, bolalaringizga opa yoki singiz bo‘ladi va masalani engillashtiradi. Bari bir ћaќiќatni aytish kerak.

20 Апрел 2022, 19:41 | Савол-жавоблар | 151 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar