Ne’matlarga shukur qilish
Assalomu alaykum! Ustoz meni savolim shukr kilish xakida Alloh bizga bitmas tugalmas nematlar bergan. Uyimiz but, ishimiz bor, har kungi rizq nasibamiz ortig‘i bilan bor. Biz ojiz bandalarga Alloh gunoh qilsak ham rizqni beraveradi. O‘ylab qolaman hozir Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tirilib kelsalar nima degan bo‘lardilar? Axir ularni bu dunyoda 1 burda nonga qornilari to‘ymay ummatim deb o‘tdilar, biz esa xar kuni qornimiz to‘q, nematlar ichida yashayapmiz. Erta oxiratda shu nematlarni savol-javobi qiyin bo‘lmasmikin deb qo‘rqayapman. Ustozlar, biz qanday amallar qilsak shu nematlar va rizq-nasibaga shukur qilgan bo‘lamiz? Yoki turgan o‘tirganimizda Allohga shukr deyish bilan bo‘ladimi? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Boy insonlar Alloh taoloning erdagi kassirlari hisoblanishadi. Ya’ni ularga berilgan boylik ularga omonatdir. Ishxonaning kassirlari kabi haq egalariga tarqatib berishlari kerak. Kassir ishchilarga tarqatishi kerak bo‘lgan haqlarni “bu o‘zimning shaxsiy mulkim” deb ularga tarqatmasa yoki ularning haqqlaridan urib qolsa kassir ishdan xaydalganidek, boy kishilar ham topganini o‘z egalariga etkazib, oxiratlarini obod qilishga harakat qilishlari, to‘g‘ri ishlaganlari uchun o‘zlariga ham maosh olib farovon hayot kechirishlari kerak. Vallohu a’lam!
27 Апрел 2022, 13:30 | Савол-жавоблар | 184 | Dolzarb savollar