Bu holatda joyi jannatda bo‘lsin deyish to‘g‘rimi?

Assalomu alaykum! Bugun do‘stlarim davrasida gaplashayotgan paytda Stiven Hokings(ateist) olamdan o‘tgani haqida eshitib qoldik. Shunda bir do‘stim «Joyi jannatda bo‘lsin» degan payti men nima deyishni bilmay qoldim va menda savol tug‘ildi : O‘zi shunday deyish to‘g‘rimi? Javob uchun rahmat Alloh rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh taolo esa “Niso” surasida marhamat qiladi: إِنَّ اللّهَ لاَ يَغْفِرُ أَن يُشْرَكَ بِهِ وَيَغْفِرُ مَا دُونَ ذَلِكَ لِمَن يَشَاء وَمَن يُشْرِكْ بِاللّهِ فَقَدِ افْتَرَى إِثْمًا عَظِيمًا۝ 48. Albatta, Alloh O‘ziga shirk keltirilishini kechirmas. Undan boshqani O‘zi xohlagan kishidan kechiradir. Kim Allohga shirk keltirsa, shubhasiz, ulkan gunohni to‘qibdir. Shikr keltirgan payg‘ambardek zotning otasi bo‘lsa ham farqi yo‘q. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ: عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ يَلْقَى إِبْرَاهِيمُ أَبَاهُ آزَرَ يَوْمَ الْقِيَامَةِ، وَعَلَى وَجْهِ آزَرَ قَتَرَةٌ وَغَبَرَةٌ، فَيَقُولُ لَهُ إِبْرَاهِيمُ: أَلَمْ أَقُلْ لَكَ لَا تَعْصِنِي؟ فَيَقُولُ أَبُوهُ: فَالْيَوْمَ لَا أَعْصِيكَ. فَيَقُولُ إِبْرَاهِيمُ: يَا رَبِّ، إِنَّكَ وَعَدْتَنِي أَنْ لَا تُخْزِيَنِي يَوْمَ يُبْعَثُونَ، فَأَيُّ خِزْيٍ أَخْزَى مِنْ أَبِي الْأَبْعَدِ؟! فَيَقُولُ اللهُ تَعَالَى: إِنِّي حَرَّمْتُ الْجَنَّةَ عَلَى الْكَافِرِينَ، ثُمَّ يُقَالُ: يَا إِبْرَاهِيمُ، مَا تَحْتَ رِجْلَيْكَ؟ فَيَنْظُرُ فَإِذَا هُوَ بِذِيخٍ مُلْتَطِخٍ، فَيُؤْخَذُ بِقَوَائِمِهِ فَيُلْقَى فِي النَّارِ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Qiyomat kuni Ibrohim otasi Ozarga yo‘liqadi. Ozarning yuzini zulmat va chang bosgan bo‘ladi. Ibrohim unga: «Menga osiy bo‘lmagin», demaganmidim?» deydi. Otasi: «Bugun senga osiy bo‘lmayman», deydi. Ibrohim: «Ey Robbim, qayta tiriltiriladigan kunlarida meni sharmanda qilmaslikni menga va’da qilgan eding, (rahmatingdan) yiroq otamning sharmandaligidan ham ortiq sharmandalik bormi?!» deydi. Shunda Alloh taolo: «Men jannatni kofirlarga harom qilganman», deydi. So‘ngra: «Ey Ibrohim, oyoqlaring ostidagi nima?» deyiladi. Qarasa, (qonga) belangan sirtlon turgan bo‘ladi, uni oyoqlaridan ushlab, do‘zaxga uloqtiriladi». Izoh: Alloh taolo Ibrohim alayhissalomning qalbidan Ozarga bo‘lgan achinishni ketkazish uchun uni o‘sha holatda ko‘rsatadi. (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!

27 Апрел 2022, 14:13 | Савол-жавоблар | 161 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar