ayol yoki qiz? (muhim)

Assalamu alaykum v.r.v.b!Hurmatli shayx xazratlari,avvalam bor sizni i‘yd qurbonbayrami bilan tabriklayman,ALLOH ta‘alo sizni va oilangiznio‘z panohida asrasin! Uzr ustoz, savolimni takroran beryapman, bu savolimni "takror savollar" bo‘limiga o‘tqazib qo‘yishibdi, lekin bu bo‘limdan savolimga javob topa olmaganim uchun takroran berishga majbur bo‘ldim, odobsizlik qilgan bo‘lsam uzr!...Endiijozatingiz bilan savolim bilantanishtirsam! Savolimquyidagicha: O‘zingizgama‘lumkinikoh bobida kelgan ko‘pginahadislarda qiz bolaga uylanish,juvonga uylanishdan afzaldeyilgan. Qolaversa bokiraliksalohiyat sifatlaridan biri ekanita‘kidlangan! Shunday bo‘lsadabir narsa meni qiynamoqda, agaruylanmagan yigit erdan chiqqanjuvonga uylansa shariatimizdabunga qanday qaraladi, ya‘ni qizbolaga uylanishga imkon bo‘laturib juvonga uylangani uchun uxato ish qilgan bo‘ladimi? Xozirgikunimizda o‘zingizga ma‘lumkishariatdan uzoqlashilganisababidan ko‘p masalalargajoxilona fikr bildiriladi. Shuqatorda erdan chiqqan bevaayollarga ham noma‘qulmunosabatda bo‘lishadi. Go‘yokihamma beva ayollar zinokor,foxishadek... Men ham yaqindao‘zimdan ikki yosh katta, eriningzolimligi, uni qattiq xo‘rlaganligitufay turmushi buzilib bir nechayildan buyon bevalikda yashabkelayotgan juvonning hayotibilan tanishib qoldim... Xozirdaunga kelayotgan sovchilarningko‘plari ikkinchi xotinlikka vaba‘zilari avvalgi xotini bilanajrashgani yoki ajrashishniyyatida bo‘lganligi uchunsovchi qo‘yishgan. Har ikkixolatda ham unga zulm qilinishi,adolatsizlik qilinishi mumkin.Chunki ular u qadar islomiyoilalar emas, qolaversa bittaxotinga adolatsizlik qilinayotganjamiyatda ikkita xotinga adolatqilinarmidi?!... Yana unga ko‘chako‘yda har xil kimsalartomonidan suykalishlar, yomonko‘z bilan qarashlari, unihimoyasizligini bilganimdankeyin unga juda qattiq achindim,shunday sabrli, o‘z iffatiniALLOHdan qo‘rqqanidan saqlabyurgan, nafsini jilovlab yurganayolni bunday yurishidanxovotirga tusha boshladim.Shuning uchun menda ungauylanib uni baxtli qilish, uni buxolatdan chiqishiga sababchbo‘lish istagi tug‘ildi, bir nechabor istixora o‘qidim, lekin birqarorga kela olmayapman,chunki ikkinchi tomonda hadisgamuvofiq, salohiyatli, hartomonlama haligi juvonda ustunturadigan bir qizga ham sovchiqo‘ygan edim... Endi bo‘lsa nimaqilishni bilmay qoldim, birtomonda juvonni, bir tomondaesa o‘sha qizni o‘ylabsiqilyapman, ilmim va tajribamkamligi tufayli boshim qotibqoldi. Qolaversa bu fikrimgayaqinlarim ham qarshilikqilishlarimumkin. Shuning uchun sizgamurojaat etishni lozim topdim.Iltimos ustoz, menga o‘z ilmingizva tajribangizga suyangan xoldaxolis otalardek qimmatlimaslahatlaringizni bersangiz,menu bu murakkab xolatdanchiqishimga sababchi bo‘lsangiz,ILTIMOS!... Savolim bilan sizniqimmatli vaqtlaringizni olganimuchun uzr so‘rayman, umidqilamanki meni to‘g‘ritushunasiz, javobingizniintizorlik bilan kutaman!Subhanakallohumma vabihamdik, ashhadu alla ilaha illaanta astag‘firuka va atubu ilayk!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- O‘sha nomahram ayolga bunchalik yaqin bo‘lishingizda shariat qoidasi buzilmadimi? Shariatda nomahramlar birga qolishlari mumkin emas. Siz qanday qilib uning sir asrorlaridan xabardor bo‘ldingiz? Shariatda o‘zidan katta va juvon – erdan ajragan ayolga uylanish mumkin. Bu sizning shaxsiy ishingiz. Istixora qilibsiz, o‘shanga amal qiling.

27 Апрел 2022, 14:24 | Савол-жавоблар | 144 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar