Farzand tarbiyasi

Assalomu alaykum! Ustozlar, meni to‘rtta farzandim bor. Katta farzandlarim o‘g‘lim 11 ga, qizim 10 ga to‘ldi. Qizimga 9 yoshidan boshlab namoz o‘qishini aytib o‘rgatdim. Lekin to‘liq bo‘lmagan edi. To‘liq o‘rgangunicha o‘qib turishini aytgandim. Ikkalasiga ham suralar va duolarni yodlatishga ko‘p urindim. Lekin maktablari borligi uchun qiziqish bilan yodlasholmadi. Men yodlatish maqsadida ularni namozni to‘la yod olishsa hohlagan narsasini olib berishni va’da qildim. Allohga hamd shu va’damdan keyin 6 oyda yodlatolmaganlarimni 3 kunda yod olishib menga topshirishdi. Keyin va’damni bajarish uchun ularga hohlagan narsasini olib berdim. Alhamdulillah namozlarini ham o‘zlari hohish bilan boshlashdi. Lekin ho‘jaynim bunga qarshilik qildi, noto‘g‘ri ish qilayotganimni bola biror nima evaziga shularni bajarishga o‘rganib qolishini aytib meni koyib berdi. Meni maqsadim farzandlarimni namozni tezroq o‘rganishib olishlarini va o‘qishlarini hohladim. Farzandlarni ham rag‘bantlantirib turish kerak deb eshitgan edim. Savolim: Men to‘g‘ri yo‘l tutdimmi? Javob uchun oldindan rahmat. Alloh rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shu yo‘l foyda bergan bo‘lsa, to‘g‘ri qilibsiz. Namoz kabi ibodatlarning ilmi Allohning roziligi uchun bajarilishini ham uqtirib qo‘ying. Vallohu a’lam!

27 Апрел 2022, 15:52 | Савол-жавоблар | 183 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar