Iymonimiz uchun juda muhim

Assalomu alaykum! Ustozlar, Andijon shahridagi biznes tsentrni oldidagi yunonlarni (Savdo Xudosi)  tosh xaykaliga e’tiboringizni qaratmoqchiman. Biz musulmon ahli uchun uyatli holatku. Nima  uchun 95 foiz musulmon yashaydigon yurtimizda nega shunday holatlar takrorlanaveradi? Yana farzanlarimizga maktablarimizda islom tarixini o‘rgatish o‘rniga Yunon afsonalarini  o‘rgatmoqda.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Haykaltaroshlik dinimizda qaytarilgan. عَنْ عَوْنِ بْنِ أَبِي جُحَيْفَةَ قَالَ: رَأَيْتُ أَبِي اشْتَرَى عَبْدًا حَجَّامًا، فَسَأَلْتُهُ، فَقَالَ: نَهَى النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ عَنْ ثَمَنِ الْكَلْبِ، وَثَمَنِ الدَّمِ، وَنَهَى عَنِ الْوَاشِمَةِ وَالْمَوْشُومَةِ، وَآكِلِ الرِّبَا، وَمُوكِلِهِ، وَلَعَنَ الْمُصَوِّرَ Avn ibn Abu Juhayfadan rivoyat qilinadi: «Otamning qon oluvchi qul sotib olganini ko‘rdim (Otam buyurdi, qulning qon oladigan asboblari sindirildi). Undan so‘ragan edim, u: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam itning pulidan va qonning pulidan qaytarganlar. Vashm* qilish va vashm qildirishdan, ribo eyishdan va uni edirishdan qaytarganlar hamda suratkashni la’natlaganlar», dedi». Izoh: Hadisda itning savdosi va bundan keladigan daromaddan qaytarilmoqda. Ba’zi ulamolar shunga ko‘ra itning puli mutlaqo harom, deyishgan. Ammo aksar ulamolar, jumladan, hanafiylar ovchi va qo‘riqchi itlar kabi kerakli itlarning savdosi joiz, deyishgan. Ular yuqoridagi hadisga quyidagicha javob beradilar: «Islomning avvalida it boqish, qaysi shaklda bo‘lmasin, harom qilingan edi. Shuning uchun uning savdosi ham harom edi. Keyin ov va boshqa ehtiyojlar yuzasidan it boqishga ruxsat berildi. Binobarin, uning savdosi ham halol qilindi». «Suratkash» deganda har qanday rassom emas, jonzotning suratini qo‘l bilan chizuvchi yoki haykal qilib yasovchi nazarda tutilgan. * «Vashm» deb tanaga igna yoki boshqa vosita bilan rasm yoki so‘zni o‘yib, naqsh solish (tatuirovka) tushuniladi. (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!

27 Апрел 2022, 16:02 | Савол-жавоблар | 166 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar