Telefonni magazaindan kredit asosida olsam bo‘ladimi?

Assalomu alaykum! Telefoni magazaindan kredit asosida olsam bo‘ladimi? Telefonni naqd pulga olishga sharoitim yo‘q, qimatlik qiladi. Shunda shariatimiz nima deydi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Foizli hamda kechiksa penya to‘latadigan kredit shar’an joiz emas. Naqdga boshqa nasyaga boshqa narxda olish joiz. Vallohu a’lam!

27 Апрел 2022, 16:23 | Савол-жавоблар | 160 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar