Kolgeyt(colgate) tish pastasi haqida
Assalomu alaykum! Telegram ijtimoiy tarmog‘idagi "SOF ISLOM" deb nomlanuvchi kanaldan yaqin do‘stimning telefoniga Kolgeyt(colgate) tish pastalarida cho‘chqa maxsulotlari borligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqida ko‘plab rus saytlarida avval xabar qilingan ekan mazmunidagi xabar keldi va uning ostida mazkur rus saytlardagi ma’lumotlarning linklari berilgan. Biz o‘sha linklarni ochib ko‘rdik, haqiqatan u erda shu va boshqa ma’lumotlar berilgan. Savolim shuki, mazkur ma’lumotlar haqida siz azizlarimiz ham egasizmi va bu nechog‘lik haqiqat?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Alloh taolo "Nahl" surasida shunday deb marhamat qilgan: وَلاَ تَقُولُواْ لِمَا تَصِفُ أَلْسِنَتُكُمُ الْكَذِبَ هَـذَا حَلاَلٌ وَهَـذَا حَرَامٌ لِّتَفْتَرُواْ عَلَى اللّهِ الْكَذِبَ إِنَّ الَّذِينَ يَفْتَرُونَ عَلَى اللّهِ الْكَذِبَ لاَ يُفْلِحُونَ 116. Allohga nisbatan yolg‘on to‘qish uchun tillaringiz vasf qilgan yolg‘onni gapirib: «Bu halol, bu harom», deyavermanglar. Albatta, Allohga nisbatan yolg‘on to‘quvchilar najot topmaslar.
Inson ne’matni roziq Allohdan oladi. Shuning uchun insonning halol yoki harom haqida hukm chiqarishga haqqi yo‘qdir. Kimki o‘zi haqsiz bo‘lgan narsaga aralashib, «Bu halol, bu harom», desa, Alloh taologa nisbatan yolg‘on to‘qigan bo‘ladi.
Siz aytgan tish pastasida cho‘chqa yog‘i borligi o‘z isbotini topdimi? Isbotini topmagan narsa haqida nega ishonch bilan, qat’iy gap aytilyapti?! Telegramda manba sifatida keltirilayotgan ruscha saytlar nimaga asoslanib mazkur tish pastasida cho‘chqa yog‘i bor deyapti? Ular Kolgeyt tish pastasi shirkatiga borib, mutasaddilar bilan gaplashib, mahsulotning ishlab chiqarilish jarayoni bilan bevosita tanishib ko‘rdilarmi?!
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, “falon” tish pastasida cho‘chqa yog‘i bor. Shuning uchun uni ishlatish qat’iyan harom” deyish uchun dalil-hujjatlar etarli bo‘lishi kerak. Etarli bo‘magan va isbotini topmagan "hujjatlar"ga asoslangan fatvolar esa ilzomiy kuchga ham ega emas.
Eshitishimizcha, ko‘pgina tish pastalarini O‘zbekistonga olib kiruvchi firma mahsulotlariga Malayziyadagi “Halol” standarti hamda “Tailand Markaziy Islomiy majlis”i tomonidan “Halol” sertifikati berilgan. Albatta, bu kabi sertifikatlar qattiq tekshiruvlardan keyin taqdim etiladi. Katta bir Islomiy markaz tarkibida cho‘chqa yog‘i bor bo‘lgan mahsulotga “Halol” sertifikatini berarmidi? Bu aqlga to‘g‘ri keladigan narsami?
Shariatimizda ikki narsa asosiy qoida qilib olingan.
Birinchisi: Asli harom bo‘lgan narsaning shar’iy yo‘l bilan halol qilingani sobit bo‘lmagunicha u haromligicha qoladi. Masalan, go‘shti eyiladigan hayvonlar shariatga muvofiq so‘yilmasa, ularning qoni chiqib ketmagani va Allohning ismlaridan birortasi zikr qilinmagani uchun go‘shti haromligicha qoladi. Tasmiya aytib so‘yilgani aniq bo‘lgachgina halol deb hukm qilinadi.
Ikkinchisi: Asli halol bo‘lgan narsalarning biror yo‘l bilan harom qilingani sobit bo‘lmasa, ular halolligicha qoladi.Savol: Kolgeyt(colgate) va boshqa tish pastalarini iste’moli joizmi?
Javob: Bu kabi narsalarda najosat aralashganligi shubhasi tufayli najosatga hukm qilish joiz emas. Go‘sht kabi mahsulotlardan boshqasida asl hukm ularning muboh, ya’ni halol va pok ekanligidir. Modomiki unga harom narsaning aralashgani aniq dalillar bilan isbotlanmasa, quyidagi qoida شك في وجود النجس : فالأصل بقاء الطهارة Agar najosat borligiga shak qilingan bo‘lsa, asl (qoida, najosatga hukm qilinmay) poklikning boqiy qolishidirga muvofiq najosatga hukm qilinmaydi. (al-Ashboh van nazoir). Vallohu a’lam!
27 Апрел 2022, 16:34 | Савол-жавоблар | 171 | Dolzarb savollar