Onam va men
Assalomu alaykum! Bu savolimni anchadan beri kimdan so‘rashni bilmasdan yurgandim qidirib shu saytni topib oldim buning uchun sizlarga katta rahmat. Dadam judayam yaxshilar va maniyam yaxshi kuradilar. Ayam bilan tez-tez xar xil kelishmovchiliklar sabab urushib qolamiz. Yoshligimda urib xar xil xaqorat va qarg‘ishlar bilan kamsitardilar hammasidanam haqoratlar juda xafa qilardi. U vaqtlarda xech narsa demasdan pana joyga kirib jimgina yig‘lab olardim. Mana oradan ancha vaqt o‘tdi, xozir yoshim 20da bu haqoratlar ortsa ortdiki kamaymadi. Bu orada esa man bunaqa xaqoratlarga chidab turolmaydigan bo‘lib qoldim. Haqoratlagan vaqtlari avval san-sanladim, hozirgi vaqtlarga kelib aytgan hakoratlarini “o‘zing shunaqasan” deb qaytaradigan bo‘lib qolganman. Gunoxlarim juda ko‘payib ketgan bilaman, lekin bu gaplarni o‘z xoxishim bilan aytmayamman, chidab turolmasdan majburlikdan aytaman. Bu xolatda qanday yo‘l tutishim kerek? Yana bitta savolim ona bolasini haqorat qilishda qanchalik haqqi bor? Axir bola avvalam bor Allohni bandasiku?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu holatda “seni haqqin, meni haqqim” deb talashmaslik kerak. Aksincha Allohning buyruqlarini qilib, onani haqqlarini ado qilib, Alloh bizga shuni sinovini bergan ekan deyish kerak. Ularning bu holati ham uzoqqa bormay, bir kun yaxshilanadi. Hamma narsa o‘tkinchi. Vallohu a’lam!
27 Апрел 2022, 16:45 | Савол-жавоблар | 165 | Oila va turmush