Tushunarsiz vaziyat
Assalomu alaykum! Qadrli ustozlar, qilayotgan ishlaringizdan Alloh rozi bo‘lsin. Bir tanishim bilan bo‘lgan voqea mani o‘ylantiryapti. U manga ba’zi insonda oltinchi hissiyot bo‘ladi, bu kelajakda nima bo‘lishini oldindan seza olish ekanligini aytib qoldi. Man unga bu noto‘g‘ri fikrligini, g‘aybni faqat Alloh bilishini aytdim. U esa unda nega payg‘ambarlar oldindan bo‘ladigan ishlar bashoratini bergan deb so‘radi. Ilmim ozligi tufayli aniq javob beraolmadim, lekin payg‘ambarlarga ishonishimiz kerakligini aytdim, bu masaladagi fikrim to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Payg‘ambarlarga Alloh taolo Jabroil alayhissalomni jo‘natib g‘aybdan xabarlarni etkazgan. Payg‘ambarlar vafot topganlaridan keyin bu jarayon to‘xtagan. Alloh taolo “Hud” surasida marhamat qiladi: تِلْكَ مِنْ أَنبَاء الْغَيْبِ نُوحِيهَا إِلَيْكَ مَا كُنتَ تَعْلَمُهَا أَنتَ وَلاَ قَوْمُكَ مِن قَبْلِ هَذَا فَاصْبِرْ إِنَّ الْعَاقِبَةَ لِلْمُتَّقِينَ 49. Bular g‘ayb xabarlaridan bo‘lib, ularni senga vahiy qilmoqdamiz. Bundan oldin ularni sen ham bilmas eding va sening qavming ham. Bas, sabr qil, albatta, oqibat taqvodorlarnikidir. Nuh alayhissalom va u kishining qavmlari allaqachon o‘tib ketgan. Ularning xabarini Muhammad alayhissalom ham, u kishining qavmlari – Arabiston aholisi ham bilmas edilar. «Bular g‘ayb xabarlaridan bo‘lib, ularni senga vahiy qilmoqdamiz. Bundan oldin ularni sen ham bilmas eding va sening qavming ham». Mana endi ana shu odamlarga vahiy yo‘li bilan noma’lum narsalarning xabari – Nuh alayhissalom va u zotning qavmlarining xabari keldi. Dinu diyonat, iymon-e’tiqod ishi qadimdan shunday qiyinchilik bilan ko‘chgan. Nuh alayhissalom to‘qqiz yuz ellik yil da’vat qilganlaridan so‘ng ozgina kishi, ba’zi rivoyatlarda aytilishicha, o‘n ikki kishi iymon keltirgan, xolos. Hattoki u kishining o‘g‘illari ham iymon keltirmagan. Shuning uchun «Bas, sabr qil, albatta, oqibat taqvodorlarnikidir». «Ey Muhammad sollallohu alayhi vasallam, sabr qil, sen endi o‘n yil da’vat qilding. Da’vat ishi yurishmay qolganiga siqilma, oqibatda taqvo qiluvchilar najotga erishishlari muqarrardir. Nuh alayhissalomga iymon keltirganlar, nihoyatda oz bo‘lishlariga qaramay, uzoq vaqt sabr qildilar va oqibatda najotga erishdilar. Taqvo qilmaganlar, kofirlar esa qanchalik ko‘p bo‘lmasinlar, halok bo‘ldilar». ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
27 Апрел 2022, 16:56 | Савол-жавоблар | 170 | Aqiyda