Azada taom
Assalomu alaykum! Hozir aza bo‘lgan uylarda dasturxon xuddi to‘ylardagidek dabdabali qilib yozilib, kelgan odamga birinchi ikkinchi taomlar uzatilmoqda va ayollar aytishicha bulardan qancha ko‘p esa o‘lgan odamga savob bo‘lar emish. Bularni ko‘rib to‘g‘risi xayron bo‘lib qoldim. Dasturxonda xamma narsa bo‘lmasa, masalan xuddi kelin o‘lgan qaynonasini xurmat qilmagandek ko‘rinadi. Ayollar gap so‘z qilishadi. Masalan uyning kattalari vafot topsa dasturxonni kelganlar talab qilishayotgandek narsalarni muxayyo qilishga yosh oilani qurbi etmaydiku. Keyin xam kun ko‘rishligi kerakku?. Iltimos shu haqida telegramda ham aytangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shariat ko‘rsatmalariga amal qilinmaganidan keyin shunday noqulayliklar bo‘laveradi. Gohida o‘sha vafot topganning uyiga borib odamlarning tomog‘idan qanday qilib ovqat o‘tayotganiga kishi xayron qolasan. O‘sha ehson qiluvlarning juda ko‘pi “Qilmasam odamlar ermak qilishadi, uyat bo‘ladi va men ham kimlarnidir ehsonini eganman” degan niyatda bo‘ladi. Boruvchilar esa “O‘zi vaqtim yo‘q, ish ko‘p qilmasa ham bo‘laverardi, bormasam xafa bo‘ladida” degan niyatda bo‘ladi. Ehson qiluvchining ishi kichik shirk va riyo, eb savobini bag‘ishlovchiniki esa malollanish bo‘ladi. Undan ko‘ra ehsonni muhtojga qilib, xolis savobini marhumga bag‘ishlish afzalroq emasmi. Vallohu a’lam!
27 Апрел 2022, 17:18 | Савол-жавоблар | 161 | Oila va turmush