duppi va salla sunnatdanmi yoki odatdanmi?

Assalamu alaykum va roxmatulloxi va barokatuxu!Ustoz bizning ulkalarda namozda duppi kiyish kuzatiladi. Shu narsa sunnatda bormi? (saxix xadislarda kelganmi?) , men tugrisini aytsam biror bir dalil xujjat topa olmadim va sizdan surashga jur’at kildim.Ikkinchi masala shunga uxshash. Bu "salla" xakida. Bizning masjidda fitna chikishiga sal koldi. Imom bir ikki salla kiymagani uchun odamlar taajublanib, gala govur kutarib tashlashdi, lekin "salla kiyib namoz ukish kerak" degan da’volariga xech bulmaganda zaif xadis keltirishmadi. Shu bois sizdan suramokchimanki, salla kiyib namoz ukish sunnatda bormi yoki bu urf-odatmi? Jazakalloxu Xoyron.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Nabiy alayhissalom, sahobalar, tobe’iynlar va o‘tgan barcha ulug‘lar bosh kiyim bilan namoz o‘qiganlar. Bundan boshqa yana qanday hujjat kerak?! Hujjat uni topishni biladiganlarga va ixlos qilganlarga topiladi. Bosh kiyimsiz namoz o‘qish, bosh kiyimi kiymaydiganlarga aralashilgandan keyin, yaqinda paydo bo‘ldi.- Amr ibn Hurays roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamni minbarda turganlarini ko‘rdim. Boshlarida qora salla, uning peshini kiftlari orasiga tushirib olgan edilar». Beshovlaridan faqat Buxoriy rivoyat qilmagan.Bu hadisda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam salla o‘rab, uning bir uchini orqalariga tashlab yurishlari bayon qilinmoqda. Sallaning qora rangda bo‘lishi esa shart emas. Amr ibn Hurays roziyallohu anhu ko‘rganlarida Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam ittifoqo shundoq rangda salla o‘rgan ekanlar. Boshqa ranglar ham bo‘ladi. Oq rang afzal ekanligi haqida rivoyatlar bor. Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam qachon salla o‘rasalar, peshini kiftlari orasidan tushirib olar edi- lar. Nofe’ aytadiki: «Ibn Umar ham sallasining peshini kiftlari orasiga tushirib yurar edi». Termiziy rivoyat qilgan.Bu hadis ham oldingisini tasdiqlaydi va hamda ummatning Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga bu ishda iqtido qilish kerakligini ta’kidlaydi. Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Salla bilan o‘qilgan ikki rak’at namoz sallasiz o‘qilgan etmish rak’at namozdan yaxshidir». dedilar».Daylamiy rivoyat qilgan.

27 Апрел 2022, 18:13 | Савол-жавоблар | 193 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar